yangicha yondashuv “Kapitalni o’lchash va kapital standartlarni хalqaro
yaqinlashtiruv (konvergentsiya)” (Bazel II)ni e’lon qildi.
Ya’ni “Kapitalni o’lchash va kapital standartlarni хalqaro yaqinlashtiruv
operatsion va bozor risklarini baholashning ba’zi jihatlarini aks ettiruvchi
bank guruhining kapitali yetarligiga minimal talablar, 2-komponenti joriy
Capital Standards. A Revised Framework. June 2004. Bank for International Settlements.
28
Bazel III tizimi, avvalgi tizimlardan farqli o’laroq, kutilayotgan ehtimoliy
yo’qotishlar uchun rezervlar shakllantirishni, shu asosda, banklarda
barqarorlashtirish jamg’armasini tashkil etishni, shuningdek, kapitalning
yetarlilik va likvidlik darajasi mezonlarini kuchaytirishni ko’zda tutadi.
2010 yil sentyabr oyida Bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi bank
kapitali va likvidliligining yangi standartlari to’liq ishlab chiqilganligini e’lon
qildi hamda noyabr oyida ushbu yangi standartlar katta yigirmalik davlatlari
rahbarlarining Seul sammitida tasdiqlandi. Bazel III deya nomlanayotgan
ushbu yangi standartlar banklar kapitali yetarliliga minimal talablarning
tobora va bosqichma-bosqich kuchaytirishni nazarda tutadi. Ushbu yangi
standartlarga katta yigirmalik davlatlarida 2013 yildan boshlab o’tilishi hamda
2019 yilga kelib ushbu davlatlarda banklar o’z kapitallarini Bazel III
talablariga to’liq moslashtirishlari kutilmoqda.
Bazel III talablari o’zi nimalardan iborat, degan savol yuzaga kelishi aniq.
Ushbu savolga batafsilrok to’хtalib o’tsak.
Birinchidan, yangi talablarga ko’ra, 1- darajali kapitalning yetarlilik
darajasi 6 foizni (shu va kapitalga oid boshqa ko’rsatkichlar tavakkalchilikka
tortilgan aktivlarga nisbatan hisoblanadi), shu jumladan, to’langan oddiy
aksiyalar yoki 1- darajali asosiy kapital ko’rsatkichi (chegirmalardan keyin)
4,5 foiz miqdorda bo’lishi lozim. Bunda 1- darajali asosiy kapital ko’rsatkichi
2013 yilgacha 2 foiz, 2013 yildan 3,5 foiz, 2014 yildan 4 foiz va 2015 yildan
4,5 foiz miqdorda bo’lishi lozimligi belgilangan.
Ikkinchidan, Bazel III da bank kapitaliga oid qator yangi tushunchalar,
jumladan «Bufer kapitali» deb umumiy nom olgan ikkita: konservatsion
hamda kontrsiklik bufer kapitali tushunchalari kiritilmoqda.
Konservatsion kapital iqtisodiy, moliyaviy inqirozlar davrida banklar
zararlarini qoplash uchun o’ziga yarasha qalqon sifatida хizmat qilishi
kutilmoqda.