O’tilgan mavzu yuzasidan topshiriq.
Ushbu reaksiyalarning molekulyar,ionli va qisqa ionli tenglamalarini yozing.
HgCl2+KOH=
H2SO4+Sr(OH)2=
CaS+HCl=
Quyidagi qisqa ionli tenglama bilan ifodalangan jarayonni qanday amalga oshirish mumkin.
Cu2+ +2OH- =Cu(OH)2
2H+ +2OH- = 2H2O
Yangi darsni bayoni.
Tuzlar ko’p hollarda asoslar bilan kislatalar orasida boradigan reaksiyalar natijasida hosil bo’ladi. Bu jaroyonda ishtirok etayotgan ionlar kuchli va kuchsiz elektrolitligi bilan farqlanadi. Tuzlar bilan suv o’rtasida almashinish reaksiyasi sodir bo’ladi, bu reaksiyalar gidroliz reaksiyalaridir.
Gidroliz deb - Tuzlarning dissotsiyalanishidan hosil bo’lgan ionlarni suv bilan tasirlashuvidan kuchsiz elektrolitning hosil bo’lishiga aytiladi.
Gidroliz so‘zi yunoncha "gidro"—suv, "lizis"— parchalayman degan ma’noni anglatadi.
Tuzlar tarkibidagi ionlarga ko’ra quyidagi gidroliz reaksiyalari farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |