Bolalarning muskul tizimi rivojlanishi. Chaqaloqlar va emizikli yoshdagi bolalarning muskul tizimi zaifroq rivojlangan bo'lib, tana vaznining 23-25 % ni tashkil qiladi(kattalarda esa 40—45 %). Bolalarning muskul to'qimasining tolalari nozik, nafis tuzilishga ega, yosh ulg'ayishi barobarida u yo'g'onlashadi va shuning natijasida muskul tizimining tanadagi ulushi ham ortadi. Hayotining dastlabki oylarida bolalar muskul tizimida fiziologik gipertenziya (bukuvchi muskullarning yozuvchi muskullarga nisbatan tonusining ortiqcha bo'lishi) kuzatiladi, shuning uchun emizikli bolalar yo'rgakdan
yechilganda qo'l va oyoqlarini bukib, ona qomidagi holatini egallab oladi. Bu gipertenziya asta-sekin yo'qolib ketadi. Muskullarning kuchi va tonusi bolalarda bo'shroq bo'ladi. Muskullarning harakat layoqati awaliga bo'yin va gavda muskullarida, keyinchalik qo'l va oyoqlarda paydo bo'ladi. Muskul kuchi ham bola ulg'aygan sayin ortib boradi.
Unutmang! Muskullar kuchi va harakatlarda qatnashuvini takomillashtirish uchun bolaning dastlabki rivojlanish davrlaridanoq turli xil gimnastik mashqlar qildirish tavsiya etiladi.
Bolada normal rivojlanish bo'lganda statik va lokomotor faoliyat ham asta-sekin yoshiga mos ravishda shakllanib boradi. Bu o'zgarishlar quyidagi asosiy ma'lumotlar bilan ta'riflanadi
Statik va lokomotor funksiyalarning oylar bo'yicha rivojlanib borishi.
I. Statik funksiyalarning rivojlanishi A. Bolaning o'tirish malakalarining rivojlanishi.
1-oy - boshini tik tutolmaydi.
2-3-oylar - boshini tik tuta oladi.
4-oy - qo'llaridan ushlab turilganda o'tira oladi.
5-6-oylar - bir qo'lidan ushlab turilganda o'tira oladi.
7-8-oylar - hech qanday tayanchsiz o'tira oladi.
8-9-oylar - yotgan holatidan o'zi turib o'tira oladi.
B. Tik turish malakalarining rivojlanishi.
3-3,5 oylik - qo'ltiq tagidan ushlab turilganda oyoqlarini yerga
tirab 30-60 soniyagacha tura oladi.
5-5,5 oylik - ikki qo'lidan ushlab turilganda uzoqroq vaqt davomida
tik turadi.
8-oy - tizzalarini yerga tiragan holda biror narsani ushlab o'zi
mustaqil tura oladi.
9-oy - biror narsaga tayanib o'zi mustaqil tik turadi.
9-10 oylik - bir qo'lidan ushlab turilganda tik turadi.
11-oy - hech qanday tayanchsiz tik turadi.
12-oy - hech narsaga tayanmagan holda o'zi turib o'tiradi,
gavdasini rostlaydi.