Yosh baliqchalarning (molod) yashab qolish sharoiti
Hammaga ma’lutnki, baliqlar katta miqdorda uvildiriq qo'yadi. Bun-
day yuqori darajali serpushtlik embrionlarning haddan tashqari ko'p
miqdorda nobud bo'lishi bilan bog'liq bo'lib, uvildiriqlar rivojlanmay no
bud bo'ladi. Boshqalari esa ko'pincha uvildiriq yoki chavaqlik stadiyasida
nobud bo'ladi. Qo'yilgan uvildiriqlardan biryoshgacha faqat ma’lum foizi
30S
yashab qoladi. Masalan, Volga deltalarida karplarning qo‘yilgan uvildi-
riqlaridan 2,35 % segoletka yoshigacha yetadi, leshning qo'yilgan liar
100,000 uvildirig‘idan bor-yo'g'i 16 dan to 45 tagachasi tavoyaga yetadi,
vobla uvildiriqlaridan esa 5 ta dan 23 tagachasi voyaga yetadi. Sudakning
liar 500 ming uvildirig'idan 0,1 dan to 9 ta gacha voyaga yetadi. Yuqorida
nomi ko'rsatilgan baliqlardan eng serpushti sudak — 180 000 dan to 900
000 gacha uvildiriq qo'yadi, lekin bor-yo‘g‘i 9 % voyaga yetadi.
Ko‘pchilik baliqlar shu jumladan, sudak o'z uvildiriqini qo'ygandan
keyin nerest joyini tashlab ketadi. Nasi uchun g'amxo'rlik yo'q. Ammo
ba’zi bir baliq turlari o‘z nasli yoki avlodi uchun g'amxo'rlik qilish in-
stinktiga ega. Masalan, keta, ship, ilonbaliq, laqqa kabi baliq turlari o'z
uvildiriq va chavoqlarini himoyalash xususiyatiga ega. Demak, nasi uc
hun g'amxo'rlik instinkti qanchalik kam shakllangan bo'lsa, shunchalik
serpushtlik yuqori bo'ladi (qo‘yiladigan uvildiriq soni ko'p bo'ladi).
Baliqlar serpushtligini va ularning yashovchanlik darajasini o'rganish
baliqchilikda va baliq ovini tashkil qilishda katta ahamivatga ega. Ov-
lash darajasiga yoki voyaga yetish darajasiga yetib kelgan baliqlar soniga
ovlash yashovchanligi deb aytiladi. Baliq zaxirasi to'g'risida tushunchaga
ega bo'lishi uchun ovlash yashovchanlik darajasini bilish kerak. Baliq
serpushtligi absolyut, nisbiy va ishchi bo'ladi. Baliq gonadasidagi yoki
yastukidagi uvildiriqlarning umumiy soniga absolyut serpushtligi de-
yiladi. Bir turga tegishli bo'lgan baliqlarda uvildiriqlar soni baliqning
yoshiga va og'irligiga bogiiq bo'ladi. Baliqning og'irlik birligiga nis-
batan to'g'ri keladigan uvildiriqlar soniga nisbiy serpushtlik deyiladi.
Masalan, baliq og'irligi 1,0 kg bo'lsa, uning umumiy uvildiriqlar soni
baliq og'irligiga bo'linadi. Sex sharoitida bir ona baliqdan olinadigan
uvildiriqlar soniga ishchi serpushtlik deyiladi. Karp, zog'ora kabi tur-
larida o'rtacha ishchi serpushtlik 200 ming, sudakda — 250 ming do-
nani tashkil qiladi. Absolyut serpushtlik qanchalik katta bo'lsa, ishchi
serpushtlik ham shunchalik katta bo'ladi. Bu holat nasi beruvchi zotlarni
tanlashda katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |