Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. O'quvchilarning biologiya o'quv fanini o'rganishi biologik obyektlarning tuzilishi, rivojlanishi va hayot faoliyati qonuniyatlarini tushunishiga olib keladi. Bu bilimlar o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va e'tiqodlari sistemasini tashkil etadi. O'quvchilarning ilmiy dunyoqarashi biologik qonuniyatlarni "tabiat-inson-jamiyat" munosabatlarining tarixiy rivojlanish nuqtayi nazaridan tushunishiga asoslanadi.
Pedagogik ensiklopediyada "ilmiy dunyoqarash — falsafiy, ilmiy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, axloqiy, estetik idealiar va e'tiqodlar yig'indisi, insonning moddiy borliq haqidagi qarashlari majmuasi hisoblanib, shular asosida inson tabiat va ijtimoiy muhitga o'z munosabatini namoyon etadi" deb ta'rif berilgan.
Botanika o'quv fani dasturidan o'rin olgan "O'simlik —yaxlit organizin'' mavzusini o'rganishda o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga asos bo'ladigan bilimlar umumlashtiriladi, tabiatni muhofaza qilishga doir ko'nikmalarni amaliyotda qo'llash imkoniyati tug'iladi. Mazkur biologik bilimlar muayyan darajada o'quvchilarning atrof-muhitga bo'lgan munosabati, xatti-harakatini belgilaydi. Shu sababli o'qituvchi ushbu mavzuni o'rganish uchun jiddiy tayyorgarlik ko'rishi, o'quvchilarning e'tiborini mazkur bilimlarga tayanib, tabiiy boyliklarning tabiat va inson
hayotidagi ahamiyatini anglagan holda ularni asrash lozimligi haqida xulosa chiqarishiga yo'naltirish lozim. Mavzuni o'rganish jarayonida o'simlikning barcha organlari o'zaro bog'liqligi, organizm bilan atrof-muhit o'rtasida uzviylik mavjudligi yoritiladi. Mazkur bilimlar o'quvchilarning o'simlikning yaxlit organizm ekanligi, biologik jarayonlarning borishida organlarning ishtiroki, biologik hodisalarning sodir bo'lishida sabab-oqibat bog'lanishlarini anglashiga yordam beradi.
O'qituvchi o'quvchilar faoliyatini o'simlik organizmining tuzilishi va funksiyasi, ko'payish usullari, yashash muhitiga moslashishi haqidagi bilimlarini umumlashtirish, ilmiy dunyoqarashga oid xulosalar chiqarishga yo'llaydi. O'quvchilarning o'simliklarning hujayraviy tuzilishi haqidagi bilimlarini umumlashtirish maqsadida hujayra, to'qima, organ, organlar sistemasi va organizm o'rtasidagi bog'lanishlarni aniqlash uchun quyidagi jadvalni to'ldirishni tavsiya etadi.
O'quvchilar darslik, ko'rgazmali vositalar va tarqatma materiallar yordamida mustaqil ishlab, hujayra, to'qima, organ, organlar sistemasi va organizm o'rtasidagi bog'lanishlarni aniqlab, muayyan xulosaqa keladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |