Nerv sistemasi – baliqlarning bosh miyasi umuman kichik bo’ladi. Oldingi miyasi yuqori sinflarning miyasiga nisbatan kam takomillashgan. Oraliq miyada epifizning kam takomil etganligi bilan birga pastki bo’laklar va bezli xaltacha bo’lishi baliqlar uchun xarakterlidir. O’rta miya boshqa bo’laklarga nisbatan juda katta, chunki ovqat topishda ko’z katta rol o’ynaydi. Uning ko’ruv bo’lmalari katta bo’ladi.
Yon chiziq organlari - umuman baliqlarda yon chiziq organlari juda yaxshi taraqqiy etgan. Odatda bu organlar dum bilan tana bo’limi bo’ylab ketgan bir yoki bir necha chiziq holida bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |