Panja qanotlilar (Crossopterygii) kenja sinfi. Panja qanotlilar
paleozoyning devon va karbon davrlarida keng tarqalgan, hozir deyarli
qirilib ketgan qadimgi baliqlar guruhi. Ular dastlab 1938 yilda Hind
okeanida Afrikaning janubi—sharqiy qirg'oqlari yaqinida tutilgan bo'lib,
latimeriya deb atalgan. Latimeriyalar faqat Komor orollari yaqinida
suv tubida bir necha yuz m etr chuqurlikda yashaydi, yorug'likdan
qochadi. Bu baliq yirtqich bo'lib, og'zida o'tkir tishlari bor, uzunligi
125 — 180 sm, og'irligi 25 — 80 kg ga yetadi.
Panja qanotlilaming umurtqalari yaxshi rivojlanmagan, xordasi umr
bo'yi saqlanib qoladi, bosh skeletining ko'p qismi tog'aydan iborat.
Tana bo'shlig'ida yog' bilan to'lgan, digenerasiyalashgan o'pkasi bo'ladi,
lekin ichki burun teshiklarining bo'lmasligi, ya'ni havo bilan nafas
olmasligi bilan mezozoyda yashagan panja qanotlilardan farq qiladi.
Qirilib ketgan panja qanotlilaming burun teshiklarining ochiqligi ularning
o'p k a va jabra bilan nafas olishini ko'rsatadi.
Panja qanotlilam ing suzgichlari asosan seret bo'lib, uning ichida
skeleti joylashgan. Shunday qilib, ularning muskullari boshqa baliqlar
singari faqat tanada emas, balki quruqlikda yashovchi hayvonlardagi
singari erkin harakat organlarida ham joylashgan. Ba'zi vakillarida
suzgichlarining skeleti besh barmoqli oyoqlarga o'xshab ketadi. Suzgichi
asosida saqlanib qolgan bitta bazaliya orqa suyagi, undan keyingi ikkita
bazaliya suyaklari bilak va tirsak suyaklariga, oxirgi qator nurlar
(radialiyalar) kaft suyaklariga mos keladi.
Panja qanotlilar tanasi to'garak yoki romb shaklidagi yupqa emal
qavati bilan qoplangan kosmoid (o'zgargan dentin) tangachalar bilan
qoplangan. Bunday teri suyak elementlari dastlab paydo bo'lgan suyak
kosali am fibiyalarda ham bo'lgan. Panja qanotlilam ing visseral
110
sachratqichidan (jabra yorig'i qoldig'i) am fibiyalaming o 'rta quloq
bo'shlig'i hosil bo'lgan.
Panja qanotlilar ikki xil nafas oluvchilar bilan birga bitta um umiy
ajdoddan kelib chiqqan deb hisoblanadi. Ular yozda suvi kamayib,
jabra bilan nafas olish qiyin bo'lgan suv havzalarida yashagan, kislorod
tanqis bo'lganida v a q ti—vaqti bilan suv yuzasiga ko'tarilib, atmosfera
havosidan nafas olgan. Etli suzgichlari esa suv tubiga, o'sim liklarga
tayanish uchun xizmat qilgan. Bu hoi o'z navbatida besh barmoqli
harakat organlarining paydo bo'lishiga olib kelgan. Panja qanotlilar
chuchuk suv havzalarida bo'lgan, keyinroq dengiz suvida yashashga
о ‘tgan bo 'lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |