Baliqchilik asoslari



Download 7,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/152
Sana26.03.2022
Hajmi7,01 Mb.
#510811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152
Bog'liq
pU4n1szOyjGzyXFBcaVKO4crJPnzmEvEZJKo3RoP

2.2. Baliqlar biologiyasi
Suv — baliqlarning yashash muhitidir. Baliq uchun suv ha-
yotdir. Suvda suzadigan baliqlarning tanasi cho‘ziq, suyri shak-
lida bo‘lganidan suvning qarshiligiga kamroq uchraydi. Sekin
suzadigan baliqlarning tanasi yapaloq va jag‘lari yaxshi rivojlangan
bo‘ladi. Filippin orollari yaqinida tarqalgan pandaka balig‘ining
tana uzunligi 1—1,5 sm, og‘irligi 1,5 g bo‘lsa, eng yirik kit aku-
lasining uzunligi 15—20 m ga, vazni 12—14 tonnagacha yetadi.
Baliqlarning biologiyasini o‘rganganda uning yoshi tangacha-
lari va ba’zi suyaklardagi yillik halqachalariga qarab aniqlanadi.
Baliqlar 1—2 yildan (tez suzarlar) 100—120 yilgacha (oq bakra)
umr ko‘radi.
Amudaryo va Sirdaryoda tarqalgan laqqabaliq 50—60 yil
yashaydi. Oziqlanishiga ko‘ra baliqlar faqat jag‘larida emas, til,
tanglay va halqumida ham tishlari bo‘ladi (cho‘rtan, tovonbaliq).
Baliqlarning harorati beqaror, sovuqqon jonivordir. Òana harorati
deyarli suv haroratiga yaqin, serharakat, oziqlanish usuliga ko‘ra
plantofaglar, bentofaglar, detritofaglar, fitofaglar va yirtqichlarga
bo‘linadi. Ko‘payishiga binoan uvuldiriq tashlovchi, tug‘uvchilarga,
yashash muhitiga ko‘ra dengiz va chuchuk suv baliqlariga, hayot
kechirish xususiyatiga binoan o‘tkinchi va o‘troq baliqlarga ajra-
tiladi. Ko‘pgina baliqlar (losossimonlar, bakra, daryo ugari) ha-
yotining bir qismini dengizda, boshqa qismini daryoda o‘tkazadi.
Hovuz, suv ombori, ko‘l, daryo, dengiz, sho‘r, chuchuk suv-
larda uning tubidagi tuproq qatlami tarkibidagi bakteriyalar, o‘sim-
liklar baliqlarning nafas olishi, oziqlanishi, qon aylanishi, nerv
faoliyati, urchitilishi, o‘sishi va rivojlanishi kabi barcha jarayonlarda
baliqlarni me’yor asosida saqlansa ijobiy natijalarga olib keladi.
Suvda ularning hayoti uchun zarur bo‘lgan erigan holdagi
kislorod, organik va anorganik moddalardan iborat oziqa mavjud.
Dissimilatsiya jarayonida hosil bo‘lgan qattiq, suyuq va gaz holi-


17
dagi qoldiq moddalarni ham baliq suvga ajratadi. U million-mil-
lion yillar mobaynida suvning gaz, tuz kabi kimyoviy tarkibiga,
bosim, tig‘izlik, harorat kabi fizik xossalariga ko‘nikib, suvda
yashash uchun bir qancha foydali xususiyatlar kasb etgan. Ba-
liqlarning bosh, tana va dumdan iborat gavdasi ko‘pincha moki
shaklida bo‘ladi. Lentasimon (qilichbaliq), yapaloq (kambala),
ilonsimon (ugor) va boshqa shakldagi baliqlar ham uchraydi.
Barcha baliqlarning terisida birtalay bir hujayrali shilimshiq bez-
lari, ba’zilarida esa zahar bezlari bor, ayrimlarida yoritish organi
ham bezdan iborat. Òerisi yo plakoid (akulasimonlar), yo ganoid
(ko‘p qanotlilar), yoki suyak tangachalar (suyakli baliqlarning
ko‘pchiligi) bilan qoplangan. Laqqa kabi tangachasiz baliqlar
ham bor. Baliqlarning rangi terisining ostki qavatidagi pigment-
larga bog‘liq, bu yashaydigan joyiga moslanishdir, chunonchi,
ochiq suvlarda yashaydigan baliqlarning usti ko‘k, qorni ku-
mushrang, ular dushman ko‘ziga pastdan ham, tepadan ham
yaxshi ko‘rinmaydi; suvo‘tlari orasida yashaydigan baliqlar ta-
nasida ko‘ndalang yo‘llar bo‘lib, ular o‘tlar orasida ko‘zga ilin-
maydi. Baliqlar suzgich qanotlari yordamida harakatlanadi.
Ko‘krak hamda qorin juft suzgich qanotlari burilish va gavdani
muallaq tutish, dum suzgich qanoti esa rullik va oldinga hara-
katlanish vazifasini bajaradi, toq suzgich qanotlari faol hara-
katda kam ishtirok etib, ko‘proq muvozanat saqlab turishga qat-
nashadi. Erkak akulada qorin suzgich qanoti juftlashish (ko-
pulatsiya) organi vazifasini ham bajaradi. Dum suzgich qanot-
lari shaklan turlicha: ko‘pchilik suyakli baliqlarniki — gomotser-
kal, akulasimonlar va bakralarniki — geterotserkal, ikki xil nafas
oluvchilarniki — difitserkal shaklda bo‘ladi.
Akulasimonlarning umurtqa pog‘onasi tog‘ay umurtqalari-
dan, suyakdor baliqlarniki esa suyak umurtqalaridan tashkil top-
gan. Umurtqalarning soni 16—400 gacha va undan ham ortiq. Bosh
skeletining yuz bo‘limi yaxshi taraqqiy etgan, unda jag‘, tilosti
yoyi va kamida beshta jabra yoyidan iborat jag‘ apparati bor. Ba-
liqlarda u turlicha taraqqiy topgan, chunonchi, akulalarda oldingi
miya, miyacha va hidlov bo‘limi yaxshi rivojlangan. Òa’m bilish
va eshituv (ichki quloq) organlari ham yaxshi taraqqiy etgan.
Ular tovush va ultratovush to‘lqinlarini yaxshi eshitadi, ayniqsa,
urchish vaqtida suzgich pufak mushaklari yordamida o‘zlari ham


18
maxsus tovush chiqaradi. Bu tovush signali baliqlar hayotida katta
rol o‘ynaydi. Ko‘zlari 1 m dan 12 m gacha masofani ko‘rishga
moslangan. Gavdasining ikki yonida teshikchalardan iborat yon
chiziq organi bor. Kosali cho‘rtan va loyqabaliq suzgich pufagi
orqali havodan nafas oladi. Ilonbosh, anabas kabi baliqlar jabra
labirintlarining qiltomirlari orqali nafas oladi. Baliqlarning yuragi
ikki kamerali — bitta qorincha va bitta bo‘lmadan iborat. Qon
aylanish doirasi bor.

Download 7,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish