Balans likvidligi tahlilini boshlamasdan oldin quyidagi savollarga javob berishimiz zarur


Korxonaning ishchanlik ko‘rsatkichlari (ming so‘m)



Download 245,79 Kb.
bet25/53
Sana11.05.2022
Hajmi245,79 Kb.
#602194
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53
Bog'liq
Korxonalarda buxgalteriya xisobi

Korxonaning ishchanlik ko‘rsatkichlari (ming so‘m)

Ma’lumotlar bazasi (ming.so‘m)


Joriy davr


O‘tgan davr


Dinamika, foiz


1. Sotilgan mahsulotlar tushumi


76330

72500

105,6

2. Korxona aktivlarining o‘rtacha qiymati

30550

27868

109,6

3. Korxona kapitalining o‘rtacha qiymati

20120

18500

108,7

4. Uzoq muddatli aktivlarning o‘rtacha qiymati

8500

7800

108,9

5. Umumiy aylanma mablag‘larning o‘rtacha qiymati

22050

19968

110,4

6. Zaxira va xarajatlarning o‘rtacha qiymati

18500

16600

111,4

7. Pul aylayama mablag‘larining o‘rtacha qiymati

3550

3367

105,4

3. Tayyor mahsulotning o‘rtacha qiymati

9300

7500

124,0

9. Debitorllk qarzlarining o‘rtacha qiymati

2500

2000

125,0

10. Kreditor qarzlarning o‘rtacha qiymati

4500

4000

112,5

Ko‘rsatkichlar (marta hisobida)







1. Korxona aktivlarining aylanishi


2,5

2,6

96,1

2. O‘zoq muddatli aktivlarning aylanishi

8,9

9,3

95,7

3. Umumiy aylanma mablag‘larning aylanishi

3,5

3,6

97,2

4. Zaxira va xarajatlarning aylanishi

4,1

4,4

93,2

5. Korxona kapitalining aylanishi

3,5

3,5

97,4

6. Tayyor mahsulotning aylanishi

8,2

9,7

84,5

7. Debitorlik qarzlarning aylanishi

30,5

36,2

84,3

8. Debitorlik qazlarining o‘rtacha muhlati (kunlar)

12

10

120

9. Kreditorlik qarzlarning aylanishi

16,9

13,1

93,3

10. Kreditorlik qarzlarning o‘rtacha muhlati (kunlar)

19,9

18,1

109,9

1. Pul mablag‘larining aylanishi

21,5

21,6

99,5

12. Sotilgan mahsulotlar har so‘miga aylanma mablag‘lar sarfi (tiyin)

28,0

27,5

101,8


Ko‘rinib turibdiki, o‘tgan davrda korxonada ishchanlik faolligi susaygan. Buni sotilgan mahsulotlarning o‘sish sur’ati korxona aktivlarini o‘sish sur’atidan kamchiligi ko‘rsatib turibdi. Boshqa korxonalar bilan aloqalar ham murakkablashgan. Jadval ma’lumotlariga ko‘ra quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

- korxona moliyaviy resurslaridan foydalanish darajasi pasaydi;

- korxona aktivlarining deyarli hamma elementlari aylanishi sekinlashdi;

- operatsion sikl muxlati uzunlashdi.

Demak, korxonada hali foydalanilmagan imkoniyatlar ko‘p.Korxona aktivlarining alohida elementlari aylanishi to‘g‘risida gap borar ekan, ularning hammasi bo‘yicha bir aylanish uchun sarf qilingan kalendar kunlar va bu aylanishning o‘zgarishi natijasida aktivlarning alohida elementlariga nisbatan ularni tejalganligi yoki to‘ldirilganligi to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlarni tahlil qilishimiz mumkin.

Bu ko‘rsatkichlar korxonalarning ishchanlik aktivligini yanada chuqurroq tahlil etib, kelgusida korxona ishchanligini ko‘tarish uchun kerakli tadbirlarni ishlab chiqib, ularni amalga oshirishni yengillashtiradi.


5.2. Korxonalarning bozorga oidligi tahlili

Korxonalar bozor munosabatlari shart-sharoitida ishchanlik darajasini ko‘tarish bilan birga, bozorga oidlik darajasini ham ko‘tarib turishi lozim. Iqtisodiy adabiyotda korxonalarning bozorga oidligini ularning aktsiyalarini jozibadorlik ko‘rsatkichlari bilan bog‘lashadi. Fikrimizcha, korxonalarning bozorga oidligi aktsiyalarni jozibadorligiga qaraganda keng mazmunda bo‘lib, ulardan tashqari yana korxonalarning pul mablag‘lari harakati va ulardan oqilona foylalanishni ham o‘z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan korxonlarning bozorga oidligini quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida tahlil qilish lozim:



1. Korxonalarning aktsiyalarini jozibadorlik ko‘rsatkichlari. Bu ko‘rsatkichlar korxonalarni bozor iqtisodiyotiga kirishini, bozor tizilmalarida qatnashishini, tashqaridan investorlarni, aktsiya oluvchilarni o‘z faoliyatiga jalb qilinishini ifodalaydi. Buning uchun korxonalar o‘z aktsiyalariga divident berish qobiliyatiga ega bo‘lishlari lozim. Undan tashqari korxona aktsiyalarining bozor narxi ularning nominal narxidan baland bo‘lishini ta’minlash kerak. Bularning hammasini e’tiborga olish uchun quyidagi bozorga oidlik ko‘rsatkichlarini tahlil etish maqsadga muvofiq


1.

Bitta aktsiyaning potentsial, daromadliligi

=

Korxonaning bir aktsiyasiga sof foyda

Bitta aktsiyaning bozor narxi



2.

Bitta aktsiyaning haqiqiy daromadliligi

=

Bitta aktsiyaga dividend summasi

Bitta aktsiyaning nominal narxi



3.

Bitta aktsiya kurs bahosining o‘zgarish koeffitsienti

=

Aktsiyaning sotuv bahosi – Aktsiyaning sotib olish bahosi

Bitta aktsiyaning nominal narxi



4.

Aktsiyalar bo‘yicha to‘langan dividendlarning salmog‘i

=

Barcha to‘langan dividendlar summasi

Korxonaning sof foydasi



Aktsiya egalari korxonaning sof foydasidan dividendlar uchun ajratilgan qismi, aktsiyalarning biror bahosini oshib borishi, dividend stavkalari bilan qiziqadilar. Bu savollarni hammasiga yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar to‘liq javob beradi. Bu ko‘rsatkichlarning darajasi va ularning o‘zgarishi 18-jadvalda berilgan.

Ko‘rinib turibdiki, korxona aktsiyalari jozibadorligi yuqori darajada. Korxona 100 ming so‘mlik aktsiyalarni chiqargan. Bitta aktsiyaning ham potentsial, ham haqiqiy daromadlilik darajasi va aktsiyalarning bozordagi bahosi oshib bormoqda, taqsimlash uchun ajratilgan foyda ko‘paymoqda.

Demak, korxona aktsiyalarining jozibadorligi uning moliyaviy holatni yaxshilashda asosiy omillardan biriga aylangan. Korxonalarda ishlab chiqarish to‘g‘ri tashkil qilinsa, yuqorida ko‘rilgan ko‘rsatkichlarning hammasi oshib boradi. Lekin amaliyotda ular yoki oshadi, yoki kamayadi, ba’zi birlari oshsa, boshqalari kamayadi. Shu sababli korxona aktsiyalarining jozibadorligi tahlil etilganda, asosiy vazifa bu ko‘rsatkichlarni o‘zgarishida umumiy yo‘nalishni aniqlashdan iborat va shunga qarab bu ko‘rsatkichlarni kelgusida ko‘tarish yo‘llarini aniqlash kerak.




Download 245,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish