Balans likvidligi tahlilini boshlamasdan oldin quyidagi savollarga javob berishimiz zarur



Download 245,79 Kb.
bet24/53
Sana11.05.2022
Hajmi245,79 Kb.
#602194
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53
Bog'liq
Korxonalarda buxgalteriya xisobi

Tayanch iboralar

Korxonalarning joriy aktivlari moddiy – tovar zaxiralar, ular ishlab chiqarishning bir siklida foydalaniladi.

Aylanma mablag‘larning aylanishi – yil, yarim yil, chorakda joriy aktivlarni qayta ishlab chiqarilish miqdori.

Mahsulotlar tannarxi – korxonalarda mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish uchun xarajatlar summasi.

Ishlab chiqarish tannarxi – mahsulot ishlab chiqarish uchun xarajatlar.

Davr xarajatlari – korxona foydasi hisobidan qoplanadigan qo‘shimcha xarajatlar.



Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar

1. Aylanma mablag‘lar – joriy aktivlar deb nimani tushunasiz?

2. Nima uchun aylanma mablag‘lar aylanishining o‘zgarishi korxonalarning moliyaviy holatiga ta’sir ko‘rsatadi?

3. Aylanma mablag‘lar aylanishining o‘zgarishi korxona moliyaviy holatiga ta’siri qanday ko‘rsatkichlar orqali tahlil etiladi va ular qanday aniqlanadi?

4. Korxona aylanma mablag‘larining aylanishini o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?

5. Tannarx deb nimani tushunasiz.

6. Korxona xarajatlarining tarkibi qanday tahlil etiladi.

7. Mahsulotlar tannarxi ko‘rsatkichlari nimalardan iborat va ular qanday tahlil etiladi?



V BOB. KORXONANING ISHCHANLIK VA BOZORGA OID

FAOLLIGI TAHLILI

5.1. Korxonalarning ishchanlik faolligi tahlili

Oldindan aytilganidek, xalq xo‘jaligini bozor munosabatlariga o‘tkazilishi korxonalar moliyaviy holatini tahlil qilish va o‘tkazishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, sobiq Ittifoq davrida korxonalar faoliyatini tahlil qilishda tahlilchilarning asosiy e’tibori korxonalar faoliyatida davlat tomonidan tasdiqlangan mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bo‘yicha rejalarni bajarishni aniqlashga safarbar etilardi. Bozor munosabatlari shart-sharoitida korxonalar faoliyatida mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish o‘rtasidagi o‘zaro nisbat, asosan, mahsulotga bo‘lgan talab va taklif bilan aniqlanadi. Demak, ishlab chiqarilgan mahsulot ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarga moslangan bo‘lib, bu mahsulotlarning iste’molchilarini aniqlash lozim.

Shu munosabat bilan korxonalar faoliyatida ishchanlik va bozorga oidlikni tashkil etish - ularni rivojlantirishni talab qiladi va bu vaziyat o‘z navbatida korxonalarning moliyaviy holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Demak, korxonalarni ishchanlik va bozorga oidligini tahlil qilishning ob’yektiv zarurligini tasdiqlaydi. Ishchanlik va bozorga oidlik korxonalarning iqtisodiy mustahkamligi, qabul qilingan rejalarni o‘z vaqtida bajarish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni bozor talablariga mosligi, raqobatdoshligi, korxonalarning asoslangan istiqboli mavjudligi bilan bog‘liq.

Korxonalarning ishchanligi quyidagi o‘zaro nisbat bog‘lanishga to‘g‘ri kelishi lozim:


Korxona foydasining dinamika indeksi


>

Mahsulot sotishning dinamika indeksi

>

Korxona mol-mulki qiymatining indeksi


Ya’ni, korxona foydasining ko‘payish sur’ati mahsulot sotishning ko‘payishi sur’atidan yuqori bo‘lishi lozim va bu oxirgi ko‘rsatkich korxona mol-mulki qiymatini ko‘payish sur’atidan yuqori bo‘lishi lozim, masalan:

120 foiz > 110 foiz > 105 foiz.

Bu o‘zaro bog‘lanish, nisbat jahon tajribasida «korxona iqtisodiyotining oltin qoidasi» deb ataladi. Bu qoidaga rioya qilish uchun korxonada ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish, mahsulotlar sifatini oshirib borish, ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini ko‘tarish talab etadi. Korxona ishchanligi uning iqtisodiy mustahkamligi va boshqa korxona, tashkilotlar bilan bo‘lgan aloqalarining intensivligi bilan aniqlanadi.

Korxona ishchanligi ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, uni tahlil qilish uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvoffaq:

1.

Korxona aktivining aylanish ko‘rsatkichi

=

Sotilgan mahsulotlar tushumi

Korxona aktivlarining o‘rtacha qiymati





2.

U‘zoq muddatli aktivlarning aylanish ko‘rsatkichi

=


Sotilgan mahsulotlar tushumi


Uzoq muddatli aktivlarning o‘rtacha qiymati





3.

Umumiy aylanma mablag‘larning aylanish ko‘rsatkichi

=


Sotilgan mahsulotlar tushumi


Umumiy aylanma mablag‘larning o‘rtacha qiymati


4.

Zaxira va xarajatlarning aylanish ko‘rsatkichi

=

Sotilgan mahsulotlar tushumi

Zaxira va xarajatlarning o‘rtacha qiymati





5.

Korxonaga tegishli kapitalning aylanish ko‘rsatkichi

=


Sotilgan mahsulotlar tushumi


Korxonaga tegishli kapitalning o‘rtacha qiymati





6.

Tayyor mahsulotning aylanish ko‘rsatkichi

=


Sotilgan mahsulotlar tushumi


Tayyor mahsulot qoldiqlarining o‘rtacha qiymati





7.

Debitorlik qarzlarning aylanish ko‘rsatkichi

=

Sotilgan mahsulotlar tushumi

Debitorlik qarzlarining o‘rtacha hajmi





8.

Debitorlik qarzlarini o‘rtacha muhlati (yillik)

=

365 kun

Debitorlik qarzlarining aylanish ko‘rsatkichi





9.

Kreditorlik qarzlarning aylanish ko‘rsatkichi

=

Sotilgan mahsulot tushumi

Kreditorlik qarzlarining o‘rtacha hajmi





10.

Kreditorlik qarzlarining o‘rtacha muhlati (yillik)

=


365 kun

Kreditorlik qarzlarining aylanish ko‘rsatkichi




11.

Pul aylanma mablag‘larning aylanish ko‘rsatkichi

=

Sotilgan mahsulotlar tushumi

Pul aylanma mablag‘larning o‘rtacha hajmi





12.

Sotilgan mahsulotlarning har bir so‘miga aylanma mablag‘lar sarfi


=

Umumiy aylanma mablag‘larning o‘rtacha qiymati

Sotilgan mahsulotlar tushumi



Yuqorida ko‘rilgan ko‘rsatkichlarni aniqlash usuli to‘g‘risida gap borar ekan, quyidagilarni e’tiborga olish kerak:

Birinchidan, agar tahlil qilinayotgan korxona qo‘shilgan qiymatga solinadigan soliqqa va aktsiz soliqqa tortilsa, sotilgan mahsulotlar tushumidan ular chiqarib tashlanishi lozim.

Ikkinchidan, ishchanlik ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘langan bo‘lishligi uchun yuqorida berilgandek, ishchanlik ko‘rsatkichlari yagona sotilgan mahsulotlar tushumiga asoslangan holda aniqlanishi lozim.

Keltirilgan ko‘rsatkichlardan ayonki, ishchanlik darajasini tahlil qilish — korxonalar umumiy aktivlari, ularning alohida elementlaridan foydalanishni ifodalaydi.Masalan, korxonalarning umumiy aktivlari aylanishi ko‘rsatkichi korxonalarda mavjud asosiy va aylanma mablag‘lardan ishlab chiqarish jarayonida qanday foydalanayotganligini ifodalaydi. Korxonalarda foydalanayotgan aktivlarning alohida elementlari har xil aylanishga ega bo‘lganligi sababli, ularning aylanishi alohida tahlil etiladi.

Ma’lumki, korxonalar o‘zlik va tashqaridan qarzga olingan mablag‘lardan foydalanadilar, Demak, ularning aylanishi alohida tahlil etilishi lozim. Ishchanlikni tahlil qilish korxonalarda aktivlardan yanada samarali foydalanish maqsadida tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatini beradi.

Hammasi bo‘lib ishchanlik ko‘rsatkichlari 12 ta bo‘lib, yuqorida ulardan 9 tasi bo‘yicha hisoblash usullari berilgan, qolganlarini aniqlash uchun 8,10, 12 va boshqa hisoblangan ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.

Quyidagi jadvalda bu ko‘rsatkichlarning amaliy materiallarda hisoblash natijalari berilgan:




/Корхоналар молиявий тахлили (mm).rtf

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti



Download 245,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish