Bakteriologik qurol, biologik qurol — odamlar, hayvonlar va oʻsimliklarda kasalliklar qoʻzgʻatuvchi, sunʼiy koʻpaytirilgan mikroorganizmlar, hasharotlardan iborat ommaviy qirgʻin vositasi. B.q. asosan kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar (bakteriya, virus, zamburugʻ va b.) yuqtirilgan pashsha, chivin, kemiruvchi hayvonlardan yoki suspenziya va kukunlardan iborat. Chet el harbiy mutaxassislari odamlarga shikast yetkazadigan bakterial vositalarga toun, chin chechak, kuydirgi, tulyaremiya, manqa, sariq, isitma, brutsellyoz, vabo va b. kasallik qoʻzgʻatuvchilarini; hayvonlarga shikast yetkazuvchi bakterial vositalarga oqsil kasalligi, oʻlat, choʻchqalarning afrika chumasi kasalligi, brutsellyoz va b.ning qoʻzgʻatuvchilarini; oʻsimliklarni zararlantiruvchi bakterial vositalarga bugʻdoy zang kasalligi, kartoshka fitoftorasi, sholi pirikulyariozi va b. kasallik qoʻzgʻatuvchilarini kiritadi.
B.q. mikroblari aviabomba, raketa, snaryad va b. qurollar orqali tarqatiladi. B.q.larning bir guruhi odamlarda, baʼzilari esa hayvonlarda yuqumli kasalliklar tarqatadi, oʻsimliklarni zaharlab quritadi. Odamlarda kasallik tarqatishda vabo, chechak, kuydirgi mikroblari, hayvonlarda esa manqa melioidoz kasalligini tarqatuvchi mikroblar va ularning zaharli moddalari qoʻllaniladi. Bu mikroblar quyosh nurlariga, kimyoviy moddalar taʼsiriga chidamli boʻlib, odamlar va hayvonlar orasida qisqa vaqt ichida kasallik tarqatadi. Tezda qarshi chora koʻrilmasa, epidemiya boshlanib, aholi va hayvonlarni nobud qilishi mumkin. Zamonaviy tibbiyot B.q.lar qoʻzgʻatadigan kasalliklarning oldini olishga qodir. Har qanday yuqumli kasallikning xususiyatlarini oʻrganib, ularga qarshi doridarmonlar tayyorlanadi. Organizmda yuqumli kasalliklarga qarshi immunitet hosil qilish uchun butun aholi ichida, harbiy qismlarda har yili emlash tadbirlari oʻtkaziladi. Yuqumli kasalliklarni davolash uchun antibiotiklar ham ishlatiladi.
Germaniya Birinchi jahon urushi (1914 — 18)da rus, fransuz frontlarida har xil kasallik mikroblarini tarqatgan edi. Xabarovskdagi sud (1949)dan maʼlum boʻlishicha, Yaponiya B.q.ni Xitoy va Mongoliya xalqlari orasida sinab koʻrgan. Amerika ham Vyetnamdagi urushi(1966 — 68)da B.Q.ning ayrim turlarini (mas, sholini quritish uchun) ishlatgan. B.q. 1925-yil Jeneva protokoli va 1972-yil BMT Konvensiyasi bilan taʼqiqlangan.
Infeksiya (lot. infi cere — yuqtirmoq, buzmoq, zaharlamoq) — patogen mikrob (yoki virus)ning odam yoki hayvon organizmiga kirishi, koʻpayishi va ayni vaqtda mikrob bilan organizm oʻrtasida oʻzaro murakkab munosabat vujudga kelishi. "I." termini baʼzan boshqa maʼnoda — kasallik yuqqan paytni, infeksion kasallikni, uning mikrobini ifodalash uchun ishlatiladi.
I. kasallik shaklida, shuningdek, bakteriya tashuvchilik shaklida namoyon boʻladi. Mikroblarning bir turi qoʻzgʻatgan kasallik oddiy infeksiya, ikki yoki bir necha turi qoʻzgʻatgan kasallik aralash infeksiya, yuqumli kasallik bilan ogʻrib oʻtgan ki-shiga takror I. yuqishi reinfeksiya, mikroblarning muayyan turi za-rar yetkazgan organizmga takror I. yuqishi superinfeksiya deb ataladi. Baʼzi mikroblar organizmda inaktiv holatda boʻladi, ammo muayyan sharoitda (kishi oʻta charchaganda, sovqotganda va b.) patogen xossalarini namoyon qila oladi (autoinfeksiya), shuning natijasida kasallik roʻy beradi.
I.ning paydo boʻlishi va oʻtishida patogen mikroorganizmlarning quyidagi xususiyatlari muhim rol oʻynay-di: 1) spetsifikligi, yaʼni muayyan biologik turning organizmda yashashi (mas, qizamiqvirusi faqat odam orga-nizmida parazitlik qiladi) va faqat oʻzi uchun harakterli infeksion kasallikni qoʻzgʻatishi; 2) virulentligi, yaʼni kasallikka nechogʻli sabab boʻla olishi (qarang Virulentlik); 3) muayyan aʼzolarda (aksari ichki aʼzolarda) joylasha olishi (mas, gonokokk siy-dik yoʻllari bilan koʻz shilliq pardasi-da;stafilakokklar va streptakokklar jinsiy a'zolarda; meningokokk miya pardalarida, dizenteriya tayoqchalari yoʻgʻon ichak de-vorida yashab koʻpayadi). I.ning paydo boʻlishi va oʻtishida makroorganizmning xususiyatlari va ijtimoiy sharoit muhim rol oʻynaydi (qarang Infeksion kasalliklar).
Odam organizmi mikrob kirishiga befarq boʻla olmaydi. Odam va hayvonlar organizmi har xil fiziologik va immunologik mexanizmlari borligi tufayli koʻp mikroblarga tabiiy chi-damli boʻladi (teri va shilliq pardalar koʻp mikroblarni oʻtkazmaydi, bezlardan ishlanib chiqadigan shilim-shiq, meʼda shirasi, oʻt, koʻz yoshi va sh. k. baʼzi bakteriyalarni, viruslarni oʻldiradi va h. k.). Odam va hayvonlar organizmi kasallik mikroblarining kirishiga javoban immunitet reaksi-yalarini rivojlantiradi (fagotsitlar mikrobga nisbatan spetsifik aktivla-shadi, antitelolar ishlana boshlaydi, allergiya vujudga keladi).
Kasallik yuqqan kishi (bemor, baʼzan sogʻlom odam) yoki hayvonlar I. manbai boʻladi (mas, ich terlamaaa bemor yoki bakteriya tashuvchi kishi, quturish kasalligida mikroblar yuqqan it va b. hayvonlar I. manbaidir).
Do'stlaringiz bilan baham: |