Bakteriofaglar, antibiotiklar, mikroorganizimlarni infeksiyadan saqlanishda normal mikrofloraning ahamiyati


Yuqori darajali o‘simliklardan olinadigan antibiotik moddalar



Download 45,98 Kb.
bet11/15
Sana01.03.2022
Hajmi45,98 Kb.
#476557
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2 5193209957352215182

Yuqori darajali o‘simliklardan olinadigan antibiotik moddalar. 1928- yilda T.P. Tokin yuqori darajali o‘simliklaming ko‘pchiligi uchib ketadigan mikroblarga antimikroblar ta’sir ko‘rsatish xossasiga ega bo‘lgan moddalarni hosil qilishlarini aniqlagan.
Fitotsidlar — uchuvchi efir moylari bo‘lib,juda chidamsiz. Ularni sof holda ajratib olish o‘ta murakkab. Fitotsidlar — piyoz, sarimsoq, evkalipt va lishaynik barglaridan, sariqchoy o‘tlaridan ajratib olinadi. Shuningdek, rediska, aloe, xren o‘simligi va boshqa o‘simliklarda ham aniqlangan. Tibbiyot amaliyotida fitotsidlarning qo‘llanilishi chega- ralangandir, chunki yaxshi tozalangan, kam zaharli va chidamli pre- paratlarni tayyorlashning iloji topilmagan.
Mikroorganizmlarning antibiotikka nisbatan chidamliligi. Ko‘pgina antibiotiklar bilan davolanganda, antibiotikka sezuvchan mikroorga- nizmlaming chidamli shaklda aylanishi sodir bo‘ladi. Bakteriyalaming antibiotik orttirilgan chidamliligi yangi tug‘iladigan bakteriya hujayrasiga nasldan naslga o‘tadi.
Chidamlilikning hosil bo‘lish mexanizmi turlichadir. Ko‘p hol- larda chidamlilik bakteriyalaming fermentlami sintezlashiga, ma’lum antibiotik moddalarning parchalanish xossasiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, stafilokokklarning penitsillinga chidamliligi, ularning antibiotik parchalovchi penitsillinaza fermentini hosil qilish xususiyati bilan asoslanadi. Ichak tayoqchasi, proteriyava boshqa ichakbakteriyalari oilasiga penitsillinaza konstitutiv (doimiy) ferment hisoblanadi, ular­ning penitsillinga tabiiy ravishda chidamliligini yaratib beradi.
Bakteriyalaming ko‘pgina dorilarga chidamliligi aniqlangan, ya’ni bakteriya hujayrasi bir qancha antibiotiklarga chidamlilik xossasiga ega bo‘lishi mumkin. Antibiotik ta’sirida bakteriyaning morfologik, kultural, biologik xossalari o‘zgaradi, ya’ni bakteriyaning «L» shakli yuzaga keladi. Antibiotikoterapiyaning sifati bakteriyalaming qo‘llani- layotgan preparatning sezuvchanlik darajasiga bog‘liq. Shuning uchun davolashda, avval mikroblarning antibiotikka sezuvchanligi aniqlanadi.
Mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezuvchanligini o‘rganish
Klinik amaliyotda mikroorganizmlarga bakteriotsid va bakteriostatik ta’sir ko‘rsata oladigan antibiotiklargina qo‘llaniladi. Har qanday laboratoriya tekshiruvchilarida mikroorganizmning antibiotik sezuv­chanlik mezoni bo‘lib, tajribada kasallik minimal konsentratsiyasi hisoblanadi. Dorilaming sezuvchanligini aniqlash uchun qo‘zg‘atuv- chining sof kulturasidan foydalaniladi. Sezuvchanlikka tekshirish uchun bemomi antibiotiklar bilan davolashdan oldin organizmdan mikrob kulturasini ajratib olishimiz lozim, chunki ular ta’sirida kasallik qo‘z- g‘atuvchilarini to‘liq yo‘qotish mumkin.
Mikroorganizmlarning antibiotik sezuvchanligi agar-agarda standart disklar yordamida diffuz usuli yoki suyuq oziqa muhitida seriyalab suyultirish usulida aniqlanadi. Bunda penitsillin va streptomitsinga chidamlilik yaqqol namoyon bo‘ladi. Antibiotik terapiyaning sama- raliligi, asosan, bakteriyaning qo‘llanilayotganpreparatlarga chidam­lilik darajasiga bog‘liqligi bilan aniqlanadi. Shuning uchun bemor organizmidan ajratib olingan mikroorganizm kulturasining davolash uchun qo‘llaniladigan turli xil antibiotiklarga sezuvchanligi aniqlanadi.
Antibiotiklaming ta’sir etishjarayonida bakteriyalarning morfo­logik, kultural, biologik xossalari o‘zgarishi, yangi shakldagi bakte­riyalar hosil bo‘lishi mumkin.

Download 45,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish