3.6. Hujjatlar formulyarining tarkibi va zaruriy qism (rekvizit) haqida
tushuncha
Har bir hujjat alohida unsurlardan iborat bo’lib, ular rekvizit deb yuritiladi.
Masalan: hujjat avtori, adresi, imzo, sana va boshqalar. Hujjatda joylashgan
rekvizitlar yig’indisi uning formulyarini tashkil etadi. Har qanday hujjatlar turli
rekvizitlar yig’indisidan iborat bo’lib, uning qanday hujjat ekanligini aniqlaydi.
Masalan: majlis bayoni, dalolatnoma, buyruq bir qancha rekvizitlarga ega.
49
Hujjat turini aniqlovchi formulyar namunali formulyar deyiladi. Hujjatning bir
turga keltirish tizimini yaratishda namunali-formulyari hujjatlarni BTK modeli
ishlab chiqarildi. Namunali-formulyar yig’indisi asosiy hujjatlar tarkibiga kiruvchi
hamma rekvizitlarni o’z ichiga olishi lozim. Rekvizitning doimiy axboroti uchun
bir qancha belgilar yig’indisini hisobga olgan holda va ularni yozishda qo’llash
uchun kerakli maydon ajratiladi.
Tashkiliy-farmoyish hujjatlari zaruriy qismlarining quyidagi to’liq ro’yhati
belgilangan:
1.
Respublika gerbi.
2.
Tashkilot yoki korxonaning belgisi.
3.
Korxona va tashkilotlarning xos raqami.
4.
Vazirlik yoki idoraning nomi.
5.
Tashkilot yoki firmaning nomi.
6.
Tarkibiy tarmoqning nomi.
7.
Aloqa muassasining shartli raqami, pochta va telegraf adresi, faks raqami,
telefon raqami, bankdagi hisob-kitob raqami.
8.
Hujjat turining nomi.
9.
Sana.
10.
Shartli raqam.
11.
Kirim hujjatlarning sanasi va shartli raqami havola.
12.
Tuzilgan yoki nashr qilingan joyi.
13.
Hujjatdan foydalanishni cheklovchi belgi.
14.
Hujjatni oluvchi.
15.
Tasdiqlash ustxati.
16.
Munosabat belgisi.
17.
Matn sarlavhasi.
18.
Nazorat haqida qayd.
19.
Matn.
20.
Ilova.
21.
Imzo.
50
22.
Kelishuv ustxati.
23.
Rozilik belgisi.
24.
Muhr.
25.
Nusxaning tasdiqlanishi haqidagi qayd.
26.
Ijrochining familiyasi va telefon raqami.
27.
Hujjatning bajarilganligi va hujjatlar yig’majildiga yo’naltirilganligi.
28.
Hujjatni kelib tushganligi haqidagi qayd.
Hujjatning har bir turi mazkur zaruriy qismlarining barchasini o’z ichiga
olmaydi. Hujjatning muayyan turiga muvofiq ravishda bu zaruriy qismlarning
ayrim bir turkumi huquqiy talablarni ta’minlash darajasida ko’llanadi. Zaruriy
qismlarning joylashishidagi qat’iy ketma-ketlik hujjatning huquqiy kuchini
taminlash, hujjatni zudlik bilan ishlash, bajarish, undan osonlik bilan foydalanish
uchun muhim.
Mazkur zaruriy qismlarning 10 tasi nisbatan ko’p qo’llanadi, shuning uchun
ularning zaruriy qismlar deb ham yuritiladi. Asosiy zaruriy qismlar: hujjatning
muallifi, hujjat turining nomi, sarlavxa, hujjatni oluvchi, kelishuv va rozilik
belgilari, matn tasdiqlash, imzo, muhr, ilova mavjudligi haqidagi qayd.
Hujjatlarning xajmi (format)ni hoshiyaning katta-kichikligi (o’lchovi)ni
bo’limlarining joylashishini va hujjat chegaralari (zona)ni namuna-formulyar
belgilab beradi.
Formulyar-namuna funksional vazifalar va foydalanish darajasi bilan
birlashgan ko’pgina hujjatlar orqali tashkil topadi. Hujjatlarning funksional
tizimidan eng ko’pi tashkiliy tuzilmaviy tizimlar hisoblanadi. Uning tuzilishi,
rasmiylashtirilishi va qayta ishlashi bilan boshqaruv apparatidagi xizmatchilarning
barchasi to’qnashadi. Hujjatlarni bir turga keltirishning tashkiliy tuzilmaviy
hujjatlar tizimiga kiradigan formulyar namunasi mavjud. Bundan hujjatlarga
qo’yilgan talablar hujjatlarni va hujjatlar tizimlarini rasmiylashtirishda
foydalaniladi.
Shunday qilib, xozirgi sharoitda hujjatlarni rasmiylashtirishga quyilgan asosiy
talablar XBTK tizimlariga asoslangan.
51
Do'stlaringiz bilan baham: |