Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b


 Tashkilotda ish yuritishning mohiyati va hujjat haqida tushuncha



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/111
Sana23.01.2023
Hajmi2,11 Mb.
#901640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
Bog'liq
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta

1.3. Tashkilotda ish yuritishning mohiyati va hujjat haqida tushuncha 
Ma’lumki, davlat ishlarini tartibga solish, ichki va tashqi aloqalarni 
boshqarib turish zaruriyati maxsus tashkilot, muassasa, korxonalarni tuzilishiga 
olib keldi. Mazkur davlat muassasalari turli tarixiy davrlarda, turli siyosiy vaziyat 
va qonuniyatlar ta’sirida o’zgarib, rivojlanib bordi. O’z xususiyatlariga ko’ra 
mamlakatni boshqaruvchi davlat hokimiyati qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud 
organlari hamda ommaviy axborot vositalariga bo’linib, ular demokratik davlat 
asoslarini tashkil etadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda davlat muassasalari (idoralari) 
tushunchasini quyidagicha ta’riflash mumkin. Davlat muassasasi – davlat 
mexanizmining qonunga muvofiq ravishda o’z tuzilishi, ijtimoiy hayotining 
muayyan sohasini boshqarish bo’yicha aniq belgilangan vakolatiga ega bo’lgan va 
yahlit birlik hosil qiladigan tarkibiy qismdir. 
Davlat muassasalarining asosiy belgilari sifatida ularni maxsus qonun 
chiqarish yo’li bilan tashkil etilishini, unga yuklatilgan vazifalar doirasi 
mavjudligini, boshqaruv apparatida mustaqil o’ringa ega bo’lishini, boshqa 
idoralar bilan aloqalari va o’ziga xos tuzilish va hujjat yuritishga egaligini aytib 
o’tish mumkin. Har qanday tashkilot, muassasa, korxona o’z hujjatlariga ega bo’lar 
ekan, ularning ichida kadrlar ishini tashkil etishning asosi sanalgan shaxsiy tarkib 
bo’yicha hujjatlar muxim ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasining 2010-yil 
15-iyunda qabul qilingan «Arxiv ishi to’g’risida»gi Qonunining 3-moddasida 
shaxsiy tarkib bo’yicha hujjatlarga quyidagicha ta’rif berilgan:

Shaxsiy tarkib 
bo’yicha hujjatlar – xodimning ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarini 
aks ettiruvchi arxiv hujjatlari sanaladi. Mazkur hujjatlar tarkibini har qanday 



yuridik shaxs o’z faoliyati davomida shakllantirishi, rasmiylashtirishi va saqlovini 
ta’minlashi shart”.
Shundan kelib chiqqan holda oliy ta’limning “Kadrlar menejmenti” ta’lim 
yo’nalishi talabalariga
turli xil muassasalarda kadrlar xizmatida ish yuritishni 
o’rgatish alohida ahamiyatga ega. Mazkur firkrimiz quyidagilar bilan asoslanadi: 
1.
Tashkilot, muassasa, idora va korxonalarda faoliyat olib borayotgan har 
qanday ish yurituvchi xodim hujjat turlari, uni rasmiylashtirish tartibi hamda ish 
yuritish tizimini to’g’ri tashkil etish uchun o’zi faoliyat yuritayotgan muassasa 
to’g’risida umumiy tushunchaga ega bo’lishi va uni tashkil etilishi tarixini yaxshi 
bilishi talab etiladi. 
2.
O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq mehnat 
munosabatlarini amalga oshirish bir qancha yo’nalishlardan iborat. Shu nuqtai 
nazardan ushbu xizmatlar tarkibiga ayrim holatlarda kiritiluvchi hujjatlarning 
xususiyatlarini o’rganish ham muhim masalalardan biri sanaladi. 
3.
Kadrlar xizmati faoliyatini tashkil etishda, hujjatlarni yuritish, tartibga 
solish va ulardan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy maqsadlarda foydalanishni 
yo’lga qo’yish ko’nikmalariga ega bo’lish zarur hisoblanadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mazkur 

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish