8.3. Turizm menejmentining tamoyillari
Turistik firmaning tamoyillari boshqaruvni tashkillashtirish, tarkibi va tizimini yaratishni talab qiladi. Qisqacha izohlanganda tamoyillar boshqaruvning o‘zini mukammal dastur asosida tuzishni va tashkillashtirishni aniqlashtiradi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.
SHuning uchun ham boshqarish tamoyillarini firma rahbarining boshqaruv faoliyatlarini to‘g‘ri tashkil qilishda asosiy g‘oyalar tizimi deb tushunish to‘g‘ri bo‘ladi.
Menejment tamoyillarini tasniflash usullari ko‘plab manbalarda keltirilgan. SHulardan eng ko‘p qo‘llaniladigan tamoyil F.Teylor tamoyili hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |