2. Menejment rivojining industriallashgan davri (1800-1917) da davlat boshqaruvini takomillashtirgan A.Smit edi. U mumtoz siyosiy iqtisod nazariyasini yaratib ishlab chiqarish, mehnat taqsimotida davlat boshqaruvining ahamiyatini isbotlab berdi.
XVII asrda “sanoat inqilobi” rivojlana boshladi. Bu jarayonlarda zamonaviy turizm asoslari ham yaratila boshlandi.
Turistik sayohatni tashkiliy, rejalashtirilgan asosda birinchi bo‘lib 1841 yil Tomas Kuk amalga oshirdi. U temir yo‘lda 600 kishidan iborat sayohatchilarni tomosha qildirdi. Kuk T. 1845 yil Liverpulga sayohat uyushtirdi. 1847 yil turistik jamiyat tuzdi. U turizmdagi birinchi menejer hisoblanadi. Tomas Kukning faoliyati turizmda madaniyatli dam olish, sayohat qilishga asos yaratdi va turizmni shakllantirishdagi birinchi “Turpaketni” yuzaga keltirdi. Bundan keyin dastlab Angliyada keyinchalik Evropa davlatlarida asta-sekinlik bilan turizm industriyasi shakllana boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |