Bakalavr bosqichi 2



Download 260,89 Kb.
bet90/91
Sana23.08.2021
Hajmi260,89 Kb.
#154562
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91
Bog'liq
Badiiy matnning lingvistik tahlili

Oddiy sifatlashlar;

Badiiy sifatlashlar.

Oddiy sifatlashlarda obrazlilik, ekspressivlik kuchli emas. Sifatlashlarning bu turida narsa- hodisalarning biror tomoni hammaga ma’lum bo‘lgan belgi asosida ko‘rsatiladi. Shuning uchun bunday epitetlar aniqlovchilarga yaqin turadi. Masalan, pokiza ayol ( E xudo, mana shunday mehribon, pokiza ayollar ham bor-a dunyoda!), serbaraka bog‘ ( Har zamonda serbaraka bog‘ni aynalib, meva –cheva terib, maynayu chumchuqlar bilan o‘ynashib keladi), befayz odam ( Ana shunday beg‘ubor, fayzli kunlarning birida, nihoyat, ko‘pdan buyon kutilgan, ammo befayz odamning o‘zi poydo bo‘ldi), saxiy amaki ( Bolalar esa bu ma’mur bog‘dan, saxiy amakining yonidan jilgisi yo‘q). (“Yozuvchi” E.A’zam) kabi sifatlashlarda predmetlardagi hammaga ma’lum belgisini ta’riflab ko‘rsatish vazifasini bajargan. Shuning uchun bunday epitetlar kishida favqulotda his-tuyg‘u qo‘zg‘atmaydi.

Badiiy sifatlashlar ko‘pincha individual qo‘llanishga xos bo‘lib, ifoda jarayonida emotsional–ekspressivlikni kuchaytirish uchun imkon yaratadi. Natijada tasvirlanayotgan voqea- hodisa kishi hayolida obrazli gavdalanadi. Badiiy sifatlashlar nutqqa pardoz berish, predmetlarning xarakterli tomonlarini badiiy bo‘yoqdor holda ko‘rsatish bilan xarakterlanadi. Sifatlashlarning bu turi emotsional obrazlilikning kuchliligi bilan farqlanadi. Badiiy sifatlashlar asarda individual xususiyatlarni, xarakterlarni ochib berish maqsadida foydalaniladi. Jumladan, asar qahramonlarini ruhiy holatini, ichki kechinmalarini aniqlashda sifatlashlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Yozuvchi Erkin A’zamning (“Suv yoqalab”) qissasida asar qahramoni Bolta Mardonning voqelikdan g‘azablanishini ko‘rsatish uchun epitetni qo‘llagan: Ha balli bu yerda suvga navbat turilibdi! Bu tevarak- javonibda birdan-bir suv quviri mana shu, Muzdek chashma suvi, chuchuk suv, zilol suv, ichaman desangiz- kepqoling! Buni ham yelimshishalarga solib, birir shovvoz biznes boshlab yubormaguncha qonib-qonib ichib qoling! Bir lahza shu manzaraga ma’lum boqib turgan Bolta Mardon otining sag‘risiga achchiq qamchi soladi. Keltirilgan matnda “achchiq qamchi” sifatlashi tarkibidagi achchiq so‘zi sifat kurkumiga oid so‘z bo‘lib, predmetning ta’m, mazzasini bildirish uchun qo‘llaniladi. Achchiq qalampir, achchiq piyoz va boshqalar. Lekin bu matnda achchiq so‘zi predmetning ta’m yoki mazzasini bildirish uchun qo‘llanilmagan. Matn tarkibida qamchi so‘ziga nisbatan achchiq so‘zini sifatlash bo‘lib kelishini asosiy sababi yozuvchining fikrni obrazli ifodalash maqsadi o‘laroq yuzaga kelgan. Ya’ni achchiq va qamchi so‘zlari birikib voqelikdan g‘azablanish, nafratlanish ma’nosini kuchaytirish vazifasini bajargan. Bundan tashqari, matndagi chuchuk va zilol so‘zlari ham suv so‘ziga nisbatan sifatlash bo‘lib kelgan.




Download 260,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish