Bakalavr bitiruv ishi


Bob. Hayot faoliyati xavfsizligi va ekologiya………………………………….72



Download 0,81 Mb.
bet3/55
Sana25.01.2022
Hajmi0,81 Mb.
#410011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
BMI Baxtinur Karimov

Bob. Hayot faoliyati xavfsizligi va ekologiya………………………………….72

  1. Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini yoritishga qo’yilgan umumiy talablar……………………………………………………………………...72

  2. Tuproq maxsuldorligining kamayishi……………………………………...76

  3. Kompyuter xonalarida ish joyini tashkil etish……………………………...78

Xulosa………………………………………………………………………….…84

Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………85

Kirish

Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi va ularning inson faoliyatining turli sohalariga kirishi tufayli axborot xavfsizligi masalasi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Davlat va jamiyat manfaatlari bilan bog'liq muhim ma'lumotlarni almashish hamda tahlil qilishda tez va ishonchli ma'lumot almashinuvi talab etiladigan tizimlarda axborot muhofazasi masalalari muhim hisoblanadi.



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 – yil 7 – fevraldagi PF 4947-sonli “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g‘risida” gi farmoni bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” da “Axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o’z vaqtida va munosib qarshilik ko’rsatish” bo’yicha ustuvor vazifalarni bajarish belgilangan[1].

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yilning 29 avgust kuni “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyihalarni boshqarish tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi qarorni imzoladi. Qarorga ko'ra, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligini ta`minlash markazining nomi "Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta`minlashga ko'maklashish markazi"ga o'zgartirildi va uning oldiga quyidagi vazifalar qo'yildi:

  • axborot xavfsizligining zamonaviy tahdidlari bo'yicha ma`lumotlarni to'plash, tahlil qilish va jamlash, davlat organlari axborot tizimlari, resurslari va ma`lumotlar bazalariga noqonuniy kirishni bartaraf qilish, tashkiliy va texnik himoyalashni ta`minlaydigan tavsiya va takliflarni ishlab chiqish.

  • ma’lumotlar uzatish, telekommunikatsiya tarmoqlari, teleradioefir hamda axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashni takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini yuritish.

  • axborot xavfsizligiga oid qonunchilik va me’yoriy – huquqiy hujjatlarining yaratilishini tashkil qilish va bunda ishtirok etish.

  • axborot tizimlari komplekslari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini ta’minlash.

  • telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari va provayderlari, huquqni muhofaza qilish organlari bilan axborot makonidagi buzg'unchi xatti-harakatlarni aniqlash yuzasidan tahlillar o'tkazish va qonunbuzarlarni aniqlash, ularga qarshi kurashish usullari hamda vositalarini ishlab chiqishda hamkorlik qilish.

Shuni ham takidlab o’tish kerakki, 2018 – yil 9 – yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda “O‘zbektelekom” kompaniyasining ishlash samaradorligini oshirish, telekommunikatsiya tarmoqlari orqali xalqaro telefon so‘zlashuvini noqonuniy amalga oshirayotgan subyektlarga nisbatan moliyaviy jazo choralarini qo‘llash, xalqaro tajriba asosida pochta tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqib, yanada rivojlantirish, axborot xavfsizligi konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Bitiruv ishining bajarilishidan maqsad kompyuter tarmoqlarida anomaliyalarni o’rganish va trafikni maxsus filtrlash qoidalari asosida tarmoq trafigi asosida anomaliyalari algoritmini amalga oshirishdan iborat.

Ko’zlagan maqsadni amalga oshirish uchun bitiruv ishini bajarishda quyidagi vazifalar qo’yiladi:

  • Tarmoqqa yo’naltirilgan hujumlarning sinflanishi va ularni o’rganish;

  • Kompyuter tarmoqlarida tarmoq trafigini himoyalash muammolarining tahlilini o’rganish;

  • Siklik tahlil asosida anomal tarmoq trafigini aniqlash vositalarini o’rganish;

  • Trafikni maxsus filtrlash asosida tarmoq trafigi anomaliyalarini amalga oshirish.

Bitiruv ishining natijasi kompyuter tarmoqlarida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan hujumlar va anomal holatlarni o’rganish usul va vositalarini dasturiy ta’minot ishlab chiqishda foydalanilishi mumkinligi bilan ahamiyatlidir.


Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish