Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati - Talabalarda jismoniy faollikning yurak-qon tomirlar tizimiga ta’sirini о‘rganish ularning sihat-salomatligini mustahkamlashda, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshirishda, qolaversa, talabalar uchun jismoniy mashqlarni meyorlashtirishda, og‘ir jismoniy mashqlar ta’sirida yurak-qon tomirlar tizimida yuzaga keladigan salbiy о‘zgarishlarning oldini olishda va bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
- Ushbu muammoni bizning issiq iqlimli mintaqamiz shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda о‘rganish va bu borada tegishli tadbirlarni ishlab chiqish talabalar faoliyatini yanada yaxshilashda muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |