Ishdan maqsad talabalarda jismoniy faollikning yurak-qon tomirlar tizimi faoliyatiga ta’sirini adabiyotlar asosida о‘rganish va ilmiy jihatdan tahlil qilish bо‘lib hisoblanadi.
Shundan kelib chiqqan holda ishning oldiga qо‘yiladigan asosiy vazifalar esa quyidagicha:
Talabalarning jismoniy faollik darajasi va uning organizmga ta’sirini adabiyotlar asosida о‘rganish;
Talabalarda yurak-qon tomirlar tizimining о‘ziga xos xususiyatlarini adabiyotlar asosida о‘rganish va tahlil qilish;
Talabalarda jismoniy mashqlarning yurak-qon tomirlar tizimiga ta’sirini adabiyotlar asosida о‘rganish va ilmiy jihatdan tahlil qilish;
Talabalarda jismoniy mashqlarning yurak-qon tomirlar tizimiga kо‘rsatadigan salbiy ta’sirini adabiyotlar asosida о‘rganish va shuning natijasida yuzaga keladigan kasalliklarning oldini olish borasida tegishli tavsiyalar ishlab chiqish.