Surxondaryo viloyati Termiz tumani 23-sonli umumta'lim maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchilarining „Oktabr - ona tili va adabiyot fani oyligi"da
bajargan ishlari
HISOBOTI Maktabning „Fan oyliklarini o'tkazish" haqidagi 21-buyrug'i chiqdi. Buyruqqa asosan 5 kishidan iborat ishchi guruhi a'zolari saylab olindi. Shu buyruqqa asosan 2- oktabr kuni ona tili va adabiyot fani metodbirlashma a'zolari yig'ilish o'tkazib oldilar. Yig'ilishda fan oyligini uyushqoqlik bilan o'tkazish maqsadida 9 qismdan iborat fan oyligida bajariladigan ishlar rejasi tuzib olindi.
haftada har bir sinfdan o'quvchilar bilimini o'rganish maqsadida kirish testlari olindi. Maktabning 5-11-sinflari bo'yicha ko'rsatkich 74,8% ni tashkil etdi.
haftada 9-10-11-sinf o'quvchilari o'rtasida „Ona tilim - iftixorim" mavzusida insholar tanlovi o'tkazildi. Tanlovda 9-sinf o'quvchisi O’ngboyeva Jasmina, 10-sinf o'quvchisi Norqo’chqorova Sevara, 11-sinf o'quvchisi Po’latova Mahbubalar faxrli 1- o'rin sohibalari bo'ldi.
Shu haftada 5-6-7-sinf o’quvchilari o'rtasida „ Kimning xati chiroyli?” tanlovi o'tkazildi. Tanlovda 5-sinf o'quvchisi Axmedova Marg’uba, 6-sinf o'quvchisi Abdug’aniyeva Aziza, 7-sinf o'quvchisi Yangiboyeva Jasminalar g’olib bo'ldilar.
Har bir ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari ochiq darslar ham tashkillashtirdi. Uzoqova N. 5-sinfda ona tili fanidan “Fe’lning orttirma nisbati ” mavzusida, Ishqobilova G. 9-sinflarda ona tili fanidan “Biriktiruv bog’lovchisi yordamida bog’langan qo’shma gap ” mavzusida, Tilovmurodova Mohichexra 10-sinfda adabiyot fanidan “Ahmad Yassaviyning hayoti va ijodi”, mavzusida Norboyeva R 8-sinfda ona tili “Aniqlovchi haqida umumiy ma’lumot” Tangirova N 8-sinfda “Fardlarni o’qib tahlil qilish” ochiq darslar tashkillashtirdilar.
Bundan tashqari har bir o'qituvchi ona tilimizni ulug'lovchi videoroliklar tayyoladi. O'quvchilar ham ota-onalari bilan birgalikda videoroliklar tayyorlashda faol ishtirok etdilar. Ayniqsa, 9-sinf o'quvchilarining videoroliklari barchaning e'tiborini qozondi.
haftada 9-10-11-sinf o'quvchilari o'rtasida „ Qadring baland bo'lsin, ona tilim!" mavzusida tuman insholar tanlovi e'lon qilindi.
7-8-sinf o'quvchilar o'rtasida sinflar kesimida 5tadan o'quvchi 3 shart asosida: 1-shart -ona tilimizni ulug'lovchi she'rni ifodali o'qish, 2-shart ona tili adabiyot fanidan tezkor savollarga javob berish, 3- shart - so'z o'yini shartlari asosida bellashdilar. „Til- dil kaliti "deb nomlangan bu bellashuvda 7-sinf o'quvchilar g'olib bo'ldilar. Fan oyligi so'ngida chiqish testlari olindi. Ko'rsatkich 76% ni tashkil etdi.
23-sonli umumta'lim maktabida fan oyligi uyushqoqlik bilan o'tkazildi.