Bajardi: Ziyodullayeva Dilnoza Tekshirdi: Safoev Nuriddin Mavzu: Axborot xavfsizligi risklarini tahlil qilish


Davlat test markazi haqida shaxsiy axborotlar



Download 57,3 Kb.
bet2/2
Sana30.05.2022
Hajmi57,3 Kb.
#621093
1   2
Bog'liq
kiber

Davlat test markazi haqida shaxsiy axborotlar: Test savollari haqida malumotlar ularning javoblari.Test natijalarini tekshiradigan hodilar haqida ma’lumot.Savollarni kim tuzgani haqida ma’lumot.
Tijorat siri: Test javoblari yashirish
Maxfiy axborot: Test savollari va ularning natijalari. Ularni kim tuzganligi haqida ma’lumot.
Dtmda foydalaniladigan himoy usuli va vositalari: ELEKTR USKUNALARIDAN FOYDALANILADIGAN HIMOYA VOSITALARINI QO‘LLASH VA SINASH QOIDALARI 1. UMUMIY NIZOMLAR 1.1. Qoidalarning maqsadi va qo‘llanilishi 1.1.1. Ushbu Qoidalar “O‘zbekenergo” Davlat aksionerlik kompaniyasi qaramog‘idagi barcha qurilish-montaj tashkilotlari, trestlar, zavodlar, mexanizatsiyalashgan kolonnalar va boshqa korxona hamda tashkilotlar uchun taalluqlidir. Ushbu Qoidalarni elektr uskunalarini ta’mirlovchi, foydalanuvchi, quruvchi va montaj qiluvchi muhandis-texnik xodimlar va ishchilar egallab turgan lavozimi yoki kasbi hajmida bilishlari shart. 1.1.2. Qoidalarda himoya vositalarining tasniflari, ularga qo‘yiladigan talablar bayon qilingan, foydalanish usullari va sinov me’yorlari bo‘yicha ko‘rsatmalar keltirilgan. Mazkur Qoidalar talablariga javob bermaydigan himoya vositalarini ishlatish man qilinadi. 1.1.3. Himoya vositalari, ularni amalga tatbiq qilish xarakteriga qarab ikki turga bo‘linadi: kollektiv himoya vositalari va shaxsiy himoya vositalari (GOST 12. 4. 011-75). Elektr uskunalari konstruksiyalarining himoya vositasi funksiyasini bajaruvchi (muntazam to‘siqlar, statsionar yerga ulagich pichoqlar va hokazolar) qismlari himoya vositalari tushunchasiga kirmaydi. 1.1.4. Elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi: izolatsiyalovchi shtangalar (operativ, o‘lchov, yerga ulagichni o‘rnatish uchun), izolatsiyalovchi va elektr o‘lchovchi qisqichlar (saqlagichlar bilan ishlash operatsiyalari uchun), kuchlanish ko‘rsatgichi, fazalarni sozlash uchun kuchlanish ko‘rsatgichi va hokazolar; 1000 V dan yuqori kuchlanish ostida ta’mirlash ishlarini olib borish uchun ishlatiladigan izolatsiyalovchi vositalar va moslamalar, 1000 V gacha kuchlanish ostidagi elektr uskunalarida ish olib borish uchun ishlatiladigan izolatsiyalovchi dastakli chilangarlik-yig‘uv asboblari; dielektrik qo‘lqoplar, etiklar, kalishlar, gilamchalar, izolatsiyalovchi qoplamalar va izolatsiyalovchi tagliklar; shaxsiy ekranlovchi komplektlar; ko‘chma yerga ulagichlar; to‘siq qurilmalari va dielektrik qalpoqlar; xavfsizlik plakatlari va belgilari. Yuqorida keltirilgan elektr himoya vositalaridan tashqari, elektr uskunalarida ish olib borilganda himoya ko‘zoynagi va kaskalar, protivogazlar, qo‘lqoplar, montyorning himoya belbog‘lari va xavfsizlik arqonlari kabi shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash mumkin. 1.1.5. 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida ish bajarish mobaynida ishlatiladigan asosiy himoya vositalariga quyidagilar kiradi: izolatsiyalovchi shtangalar, izolatsiyalovchi va elektr o‘lchovchi qisqichlar, kuchlanish ko‘rsatgichlari, fazalarni sozlash uchun aniqlovchi kuchlanish ko‘rsatgichlari; elektr montyorlar havo elektr uzatish tarmoqlarida bevosita tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib turib ta’mirlash ishlarini olib borishda ko‘llaniladigan izolatsiyalovchi qurilma va asbob-uskunalar (izolatsiyalovchi narvonlar, havozalar, bevosita simlarga tegib turadigan izolatsiyalovchi tortqilar, arqonlar, teleskopik minoralar savatchasi, simlarda ishlash uchun mo‘ljallangan ko‘chma minoralar va hokazolar). 1.1.6. Asosiy himoya vositalarining izolatsiyalovchi qismi dielektrik xususiyati chidamli bo‘lgan materiallardan (chinni, qog‘ozbakllet quvurlari, ebanit, getinaks, yog‘och qatlamli plastiklar, plastik va shisha epoksid materiallar va hokazolardan) tayyorlanishi zarur. O‘ziga nam tortuvchi materiallar (qog‘ozbakelit quvurlar, yog‘och va boshqalar) namga chidamli lok bilan qoplangan va bu materiallar yorilmagan, darz ketmagan, tekis yuzali va tirnalmagan bo‘lishi kerak. 1.1.7. 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida qo‘llaniladigan qo‘shimcha elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi: dielektrik qo‘lqoplar; dielektrik etiklar; dielektrik gilamchalar; shaxsiy ekranlovchi komplektlar; izolatsiyalovchi tagliklar va qoplamalar; dielektrik qalpoqlar; ko‘chma yerga ulagichlar: to‘siq qurilmalari; xavfsizlik plakatlari va belgilari. 1.1.8. 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida qo‘llaniladigan asosiy elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi: izolatsiyalovchi shtangalar; izolatsiyalovchi va elektr o‘lchovchi qisqichlar; kuchlanish ko‘rsatgichlari; dielektrik qo‘lqoplar; izolatsiyalovchi dastakli chilangarlik-yig‘uv asboblari. 1.1.9. 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalari uchun qo‘shimcha elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi: dielektrik kalishlar; dielektrik gilamchalar; ko‘chma yerga ulagichlar; izolatsiyalovchi tagliklar va qoplamalar; to‘siq qurilmalari; xavfsizlik plakatlari va belgilari. 1.1.10. Elektr uskunalarini operativ holda almashlab ulashlarda va boshqa ishlarni bajarish uchun zarur himoya vositalarini tanlab olish mazkur Qoidalar asosida, “Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”, “Sanoat chastotasida ishlayotgan o‘zgaruvchan tokli 500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari va podstansiyalarida ish bajarish jarayonida mehnatni muhofaza qilish me’yorlari va qoidalari” hamda boshqa tegishli me’yoriy texnik hujjatlar bilan, shuningdek, mazkur hujjatlarda talab etilganidek mahalliy sharoitga qarab aniqlanadi. 1.1.11. Asosiy himoya vositalaridan foydalanilganda qo‘shimcha himoya vositalarining birini ishlatish kifoyadir, bundan faqat elektr uskunalari tokidan shikastlangan odamlarni qutqarish holati mustasnodir. Bunday hollarda qadam kuchlanishdan saqlanish uchun shuningdek, dielektrik etik yoki kalish ham ishlatiladi. 1.1.12. Himoya vositalari elektr uskunalari ishchi kuchlanishning1 eng yuqori qiymatida ishlatishga mo‘ljallangan bo‘lishi zarur (GOST 1516.1-76 va 20690-75). Himoya vositalari holatini nazorat qilish va ularning hisobini olib borish 1.2.13. Raqamlanishi zarur bo‘lmagan gilamchalar, tagliklar hamda xavfsizlik plakatlari va belgilaridan tashqari, ishlatilayotgan barcha izolatsiyalovchi himoya vositalari, himoya belbog‘lari ham raqamlangan bo‘lishi zarur. Elektrostansiya, elektr tarmoqlari va podstansiyalarda har bir himoya vositasi uchun alohida raqamlanadi. Inventar raqamlar bevosita himoya vositasiga yozib qo‘yiladi. Agar himoya vositalari bir necha bo‘laklardan iborat bo‘lsa (kuchlanish ko‘rsatgichlari, izolatsiyalovchi shtangalar va hokazolar), ushbu vosita uchun umumiy bo‘lgan raqam jami bo‘laklarga alohida yozilishi zarur. Himoya vositalarining raqami barcha bo‘laklarda bir xilda bo‘lsa, zavod raqamini ko‘llash mumkin. 1.2.14. Elekrostansiya sexlari, podstansiya (markazlashtirilgan xizmat ko‘rsatilganda bo‘lim va uchastkada), laboratoriya, qurilish-montaj tashkilotlari uchastkalari va boshqa joylarda himoya vositalarini hisobga oluvchi va holatini nazorat qiluvchi, ularning nomi va raqami qayd qilingan, saqlanish joyi ko‘rsatilgan, vaqti-vaqti bilan sinash va ko‘rikdan o‘tkazish muddati ko‘rsatilgan qayd etish jurnali olib borilishi zarur. Jurnal tavsiya qilingan shaklda (1-ilovaga qaralsin) to‘ldirilib borilishi va har 6 oyda bir marta himoya vositalari holatiga javobgar ma’muriy texnik xodim tomonidan nazorat qilib turilishi zarur. Shaxsiy foydalanishda bo‘lgan himoya vositalari ham, himoya vositalarini hisobga olish va saqlash jurnalida qayd qilinishi, ularning berilgan vaqti va xodimning vositani olganligi to‘g‘risidagi imzosi bo‘lishi zarur. 1.2.15. Himoya vositalari tayyorlangandan so‘ng har bir himoya vositasi namunasini qabul qilish va topshirish, davriy (vaqti-vaqti bilan) va namunaviy sinovlardan o‘tkazish talab qilinadi (GOST 16504-81). Ishlatilayotgan himoya vositalari davriy va navbatdan tashqari (ta’mirlashdan keyin o‘tkaziladigan) sinovlardan o‘tkazilishi lozim. 1.2.16. Izolatsiyalovchi tagliklar, dielektrik gilamchalar, ko‘chma yerga ulagichlar, to‘siqlar, plakat va belgilardan tashqari, zavodlardan yoki omborlardan ishlatish uchun olingan hamma himoya vositalari ishlatish sinovlari me’yorlari bo‘yicha sinovdan tekshirilishi shart. 1.2.17. Izolatsiyalovchi dastakli uskuna va 1000 V gacha bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatgichlaridan tashqari, sinovga bardosh bergan barcha himoya vositalariga quyidagi shakllarda keltirilgan shtamplardan biri qo‘yilishi zarur. Tahdid va zaifliklarning tahlili: DTM ga bo’ladigan tahdidlar 2 xil bo’lishi mumkin . Bular internet orqali orqali va dtm markaziga buzib kirish. Yana qoyishimcha hodimlar ichidagi ishonchsizlari DTM axborot havfsizlik tizimini takomilashtirishga qaratilgan tavsiyalar: Bular DTM ning kibrxavfsizligini takomilashtirish. Ishonchli hodimlarni olish. DTM ning binolarini qo’riqlash tizimini kuchaytirish
Download 57,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish