I Bob Pedagogik tarbiya jarayonidagi ziddiyatlar va harakatlantiruvchi kuchlar
- Pedagogik tarbiyadagi ziddiyatlarning sabab va oqibatlari
Tarbiya jarayoni faqat o‘qituvchi va tarbiyachi rahbarligida amalga oshirilmaydi. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning o‘zlari ham ishtirok etdilar, ya‘ni ular o‘zlarini-o‘zlari tarbiyalaydilar. O‘z-o‘zini tarbiyalash insonning o‘zida ma‘lum fazilatlarni ustirishga qaratilgan ongli intilish va iroda kuchidir. "O‘z-o‘zini tarbiyalashga undovchi tarbiya ishonchim komilki, bu haqiqiy tarbiyadir‖. V.A.Suxomlinsxiy "Tarbiya to‘g‘risida Har bir shaxs ijtimoiy muhit ta‘sirida, jamiyat ta‘sirida bir qator sifatlarni orttiradi.
1.2. Pedagogik nizolar va ularning turlari nazariy asoslari
Nizo - qarama-qarshi, bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan kuchlar to‘qnashuvi, ikki yoki
undan ko‘p taraflar orasida o‘zaro kelishuvning yo‘qligini, manfaatlar to‘qnashuvini ifodalovchi ziddiyat.
Pedagogik nizo bu - pedagog va talaba, ota-ona, hamkasblar
yoki rahbariyat o‘rtasida pedagogik jarayonda yuzaga kelgan
manfaatlar to‘qnashuvi, o‘zaro qarama-qarshilik o‘qituvchi
bilan o‘quvchi o‘rtasidagi kelishmovchilik, tortishuv va mojarodir.
II Bob. Pеdagogik qarama-qarshilik – tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar shaxsini takomillashtirish manbai sifatida
2.1. Pedagogik qarama-qarshilik tarbiyachining shaxsini shakilanishida o’rni
Nizoning kelib chiqishi va to’qnashishning sodir bo’lishi bir butun jarayon bo’lib, bu jarayon quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi .
Nizoning yettita funksional oqibati ma’lum. Bu oqibatlar nizoni boshqarishning ijobiy samara berganligini ifodalaydi. Masalan birinchi oqibat:
* nizoni hal qilishda har ikkala tomon uchun ma’qul qaror qabul qilinishida namoyon bo’ladi. Qarama – qarshi tomonlar nizo yechimiga teng manfaat nuqtai nazaridan yondashilganda mamnun qoladigan.
2.2. Pedagogik qarama-qarshilik tarbiyalanuvchining shaxsini takomillashuvidagi o’rni
Agar bola e’tiborni talab etsa quyidagi usullarni qo‘llash mumkin:
1. E’tiborni kamaytirish:
-ko‘p hollarda bolaning namoyishkorona xulq-atvorini to‘xtatishning eng samarali usuli – unga ahamiyat bermaslikdir;
-ko‘zlar orqali aloqa o‘rnating. O‘quvchiga razm solib qarab turing-ko‘z qarashlaringiz orqali o‘quvchi sizni uning xatti-harakatidan norozi bo‘layotganingizni tushunadi;
-hech qanday qarashlarsiz va so‘zlarsiz uning yoniga kelib turing. Bolalar nimanidir noto‘g‘ri qilayotganlarini tushunadilar va ularni oldiga yaqinlashishingiz zahotiyoq nojo‘ya harakatlarini to‘xtatadilar;
-dars davomida intizomni buzmoqchi bo‘lgan bolaning ismini dars mavzusiga bog‘lab aytib o‘ting. U tinchlanish kerakligini tushunadi;
Xulosa
Ichki qaramaqarshiliklar, masalan: o‘quvchiga qo‘yiladigan talablar bilan uning yetukliligi, boodobliligi o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar yoki tashqi ta‘sirlar bilan tarbiyalanuvchining ichki pozisiyasi, ya‘ni uning bu ta‘sirlarga bo‘lgan munosabati o‘rtasidagi qarama-qarshilik tarbiya jarayonining manbai, harakatlantiruvchi kuchi bo‘ladi.
Masalan: agar tarbiyachi bolalarga yangi faoliyat turini tavsiya qilgan taqdirda uning odobliligi, bu ishga kirishib ketishga tayyorgarligini hisobga olmagan bo‘lsa, u qanchalik ko‘p harakat qilmasin, tarbiyalanuvchilar passiv bo‘ladilar, shuning uchun bu ishning o‘quvchilarga ta‘sir etish darajasi samarali bo‘l-maydi. Tarbiya jarayonining dialektikasi uning ziddiyatli ekanligida namoyon bo‘ladi. Aslida bu narsa tarbiyalanuvchilarga nisbatan qo‘yiladigan talablar bilan ularning tayyorgarlik darajasi, rivojla-nish darajasi o‘rtasidagi qarama-qarshilikni hal etishga qaratilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |