4. Shuningdek, ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularni daromad manbaiga erishishini ta’minlash maqsadida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan 501,9 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-iyuldagi “Kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5204-son qaroriga muvofiq “Temir daftar”ga kiritilgan 90,8 ming oilalarning 18 yoshga to‘lmagan 195,3 ming nafar farzandlarini qishki kiyim-bosh va o‘quv qurollari bilan ta’minlash uchun 500 ming so‘mdan jami 97,6 mlrd so‘m pul mablag‘lari tarqatildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-56-son qaroriga muvofiq “Temir daftar”dagi 110,0 ming oilalarga 88,0 mlrd so‘m (har bir oilaga 800 ming so‘mdan ) moddiy yordam pullari yetkazib berildi.
XULOSA
Xulosa o`rnida biz shuni aytaolamizki,mehnat bozorini tatibga solish bu mamlakat uchun juda muhim va zarur bo`lgan ijtimoiy jarayondur,chunki barcha davlatda olib borilayotgan keng ko`lamli islohotlar va olib borilayotgan siyosatlar,qabul qilinayotgan qonunlardi asil masadi bu aholini farovonligini va ularga ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan keng shart-sharoitlar yaratishdan iborat hisoblanadi.Bunday natijalarga erishish avvalom bor mamlakatda mehnat bozoridagi mehnat resurslarini tartibga solish.Ishsiz fuqorolardi ish bilan ta`minlash ulardi bandligi oshirish,mehnat resurlari zarur tarmoqlarga ishchi kuchini yo`naltirish zarur vazifalaridan biri hisoblanadi.
Yurtimizda olib borilayotgan ishotlarda ham,mehnat bozorini tartibga solish jarayonlariga alohida etibor qaratilmoqda,Unga misol qilib.Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan 2021 yil 3-dekabrda qabul qilingan “yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risidagi” qaroriga yana bir bor to`xtalsak bu qaror asosan aholi ish bilan bandligini,ularga mos ish o`rinlari va shart-sharoitlar yaratish va ulardi daromatlari oshirish,yangi ish o`rinlarini yaratgan tadbirkorlarga moliyaviy ko`mak berilish va imtiyozli loyihalardi joriy qilinishi,bulardi barchasi,yurtmizda mehnat bozorini tartibga solish jarayonlariga yorqin misol bo`la oladi.
Undan tashqari,ushbu kurs ishimizdi uchinchi rejasida siz hozirgi kungacha,Yurtimizda mehnat bozorini tartibga solish jarayonlarini samarali va zamon talablariga mos ravishta yangi dastur va loyihalar amalga oshirilayotganini ko`rishingiz mumkin,bu esa davlatimizda aholi bandligini oshirishga alohida e`tibor qaratilganidan dalolat beradi.Fikrimizga yana shuni qo`shimcha qilib aytishim kerakki,mehnat bozorini tartibga solishda eng samarli usul bu iqtisodiy usul hisoblanadi,chunki aholi moddiy tomondan qo`llab quvvatlash ancha samarli bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |