Oksidlangan va oksidlanmagan HI kisloatsi qo'shish orqali olingan perovskit quyosh elementlarida ikkala holatda ham spin qomlama tezligi oshirilganda tok kuchi oqimi zichligi (Jsc) ham proporsional ravishda ortib bormoqda. Bu natijani shunday tushuntirish mumkinki tok kuchi oqimining zichligi qiymati asosan perovskit plyonka qalingiga va sifatiga bog'liqligidir. Agar perovskit plyonkasi juda ham qalin bo'lsa u holda erkin zaryadlar katod va anod sohasiga yetib borishga ulgurmay rekombinatsiyaga uchrashi oqibatida Jsc qiymati kichkina bo'lib qoladi, yoki aksincha perovskit plyonkasi kerakli optimal qalinlikdan yupqa bo'lib qolsa ham Jsc qiymatida yo'qotishlar bo'ladi. Shu sababli tanlangan materiallar asosida optimal qalinlikda belgilab olish ham juda muhimdir. Xulosa: Olingan natijalardan shuni hulosa qilishimiz mumkinki, CsPbI3 perovskit quyosh elementlarini yasashda qo'shiladigan qo'shimchalarning qanday holatda ekanligi ham juda muhim ekan. Bir hil sharoitda sintez qilingan perovskit eritmasiga HI kislotasini qo'shish jarayonida HI kislotasining tarkibiy o'zgarishlari ham juda ahamiyatli bo'lishini ko'rsatdi. Oksidlanmagan HI kislotasi qo'shish orqali olingan CsPbI3 perovskit quyosh elementlarining EO'S miqdori eng optimali 7.53%, oksidlangan HI kislotasi qo'shish orqali olingan CsPbI3 perovskit quyosh elementlarining EO'S miqdori esa 5.43% bo'lmoqda. HI kislotasining sifati CsPbI3 perovskit plyonkasing sifatiga ham katta ta'siri borligini FF qiymatlardan ham anglash mumkin, chunki perovskit plyonkasi qanchalik sifatli nuqsonlarsiz va silliq bo'lsa FF miqdori ortib boraveradi. Foydalanilgan adabiyotlar: - Haque, Faiazul, et al. "Effects of hydroiodic acid concentration on the properties of CsPbI3 perovskite solar cells." ACS omega 3.9 (2018): 11937-11944.
- Lau, Cho Fai Jonathan, et al. "Enhanced performance via partial lead replacement with calcium for a CsPbI 3 perovskite solar cell exceeding 13% power conversion efficiency." Journal of Materials Chemistry A 6.14 (2018): 5580-5586
- Heo, Do Yeon, et al. "Role of additives on the performance of CsPbI3 solar cells." The Journal of Physical Chemistry C 122.28 (2018): 15903-15910.
- Guo, Yi, et al. "Additive Engineering Toward High-Performance CsPbI3 Perovskite Solar Cells." Solar RRL 4.12 (2020): 2000380.
- Lau, Cho Fai Jonathan, et al. "Fabrication of efficient and stable CsPbI3 perovskite solar cells through cation exchange process." Advanced Energy Materials 9.36 (2019): 1901685
Do'stlaringiz bilan baham: |