Chorvoq suv ombori — Chirchiq daryosining boshlanish qismida qurilgan (1963—70) gidrotexnika inshooti. Qishloq xo’jaligini bir meʼyorda suv bilan taʼminlash, toshqinlarning oldini olish va gidrotexnika maqsadlarida barpo etilgan. Daryo suvini mavsumiy tartibga soladi. Suv ombori Chatqol va Ugom toglari orasiga qurilgan. Tosh tuproqli toʻgʻoni uz. 768 m, balandligi 168 m, yuqori qismining eni 12 m. Toʻgʻonda Chorvoq GESni suv bilan taʼminlash uchun uz. 800 m va diametri 11 m boʻlgan 2 ta tunnel bor. Chorvoq suv omborining toʻla sigʻimi 2006 mln. m3, shundan foydali suv hajmi 1580 mln. m3, suv yuzasi sathi 40,1 km², eni ayrim joylarda 10 km, uz. 19 km, maksimal chuq. 131 m, oʻrtacha chuq. 55 m. Suv omboriga Piskom, Koʻksuv, Chatqol daryolari quyiladi.
Suv oqimi koʻpayib, xatarli darajaga yetganda suvni chiqarib yuboradigan shaxtali (1200 m³/sek) va 2 ta pogʻonali (450 m³/sek va 500 m’/sek) suv tashlagichlar bilan jihozlangan.
Chorvoq suv ombori Chirchiq—Boʻzsuv suvenergetika traktinn bir meʼyorda suv bilan taʼminlaydi. Uning barpo etilishi bilan suv kam boʻlgan yillari Toshkent vohasidagi va Qozogʻiston Respublikasi Jan. Qozogʻiston viloyatidagi 355 ming ga dan ortiq yerni barqaror suv bilan taʼminlash (shundan yangi oʻzlashtirilgan yerlar 150 ming ga), Chirchiq daryosining yuqori oqimida roʻy beradigan suv toshqinlariga barham berish imkoniyatlari yaratildi.
2000yil boshlaridan Chorvoq suv ombori sohillarida xalqaro andozalarga moye boʻlgan yirik dam olish majmualari barpo etildi.
Toshkent viloyatining Ugam-Chotqol milliy parkida, poytaxtdan 160 km uzoqlikda Urungach nefrit ko‘llari joylashgan. Ularni zumrad ko‘llar deb ham atashadi. Urungach irmog‘i vodiysida ikkita ko‘l mavjud: biri quyi – kichik, firuza rangli chiroyli oqimli ko‘l va ikkinchisi yuqori – katta ko‘l. Urungach tabiatning o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingizga arziydigan ajoyib va g‘ayrioddiy go‘zalligidir.
3.Ijtimoiy iqtisodiy ahvoli. Xoʻjaligi.Bo’stonliq tumani sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi boʻyicha Toshkent viloyatida Qibray tumanidan keyin 2oʻrinni egallaydi. Uning iktisodiy geografik oʻrni (Toshkent shahriga yaqinligi) xoʻjaligining rivojlanishiga imkon berdi, tuman xoʻjaligi majmui asosan poytaxt ehtiyojlariga xizmat qiladi. Bo’stonliq tumani hududida 3 yirik GES (Chorvoq, Xoʻjakent, Gʻazalkent), oyna, marmar, meva konserva, sutyogʻ, vino, pilla urugʻi zavodlari, qurilish materiallari, yirik panelli uysozlik kombinati, yoʻlqurilish va sozlash, ekspluatatsiya qilish korxonalari, qurilish tashkilotlari, avtobazalar bor. Sanoat korxonalari asosan Gʻazalkent sh.da joylashgan. Gʻazalkent toshni qayta ishlash kombinatida Arkutsoy marmar koni asosida marmar bloklar va maydalangan marmar tosh ishlab chiqariladi. "Farhod" va "Agat" kichik korxonalari ishlab turibdi.
Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — sutgoʻsht chorvachiligi, sabzavotchilik, bogʻdorchilik, tokchilik, pillachilik va b. Tuman umumiy yer fondi 479,3 ming ga, shu jumladan sugʻoriladigan yerlar 14,9 ming ga. Qishloq xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlari yerlari umumiy maydon 140,6 ming ga, shundan ekinzorlar 11,9 ming ga (shu jumladan sugʻoriladigani 6,1 ming ga), bogʻ va tokzorlar 7 ming ga, pichanzor va yaylovlar 64,6 ming ga. Jami tomorqa yerlar, bogdorchilik, sabzavotchilik uyushmalarining yerlari 2,5 ming ga (shu jumladan sugʻoriladigani 2 ming ga). Bo’stonliq tumani da 19 shirkat xoʻjaligi (shu jumladan 6 ta sabzavot, 13 ta sutsabzavot yetishtiriladigan shirkat xoʻjaligi). 3 ta qishloq xoʻjalik shirkati korxonasi (boʻrdoqichilik, naslchilik parranda reproduktori va ipakchilik xoʻjaligi) bor. Umumiy ekin maydon (tomorqa yerlari bilan birga) 15,1 ming ga, shundan sugʻorma dehqonchilik yerlari 8,8 ming ga, lalmikor dehqonchilik yerlari 6,3 ming ga. Ekin maydonlarining asosiy qismi gʻalla, sabzavot, kartoshka yemxashak ekinlari bilan band. Chorvachilikda qoʻychilik, parrandachilik, yilqichilik ham mavjud. Pilla yetishtiriladi. 25,1 mingqoramol, shundan 13,2 ming sigir, 67,8 ming qoʻy va echki, 18 ming parranda boqiladi (2001). Oʻrmonzor maydon 28 ming ga ni tashkil etadi. "Oʻzbaliq" korporatsiyasiga kiradigan "Xonbaliq" xoʻjaligi bor.
Bo’stonliq tumani viloyatning boshqa tumanlari bilan avtomobil va temir yoʻl transporti orqali bogʻlangan. Toshkent—Chorvoq elektrlashtirilgan temir yoʻl tumanni respublika poytaxti bilan bogʻlaydi. Kattik qoplamali avtomobil yoʻllari tuman xoʻjaliklari, dam olish maskanlarini birlashtiradi, ularni respublikaning boshqa tumanlari bilan bogʻlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |