Ikkinchi bosqichda hosil bo’lgan birikmalar oddiyroq molekulalargacha parchalanadi. Masalan, geksozalar va pentozalar parchalanib, 3 uglerod atomli fosforlangan shakarga – glitseraldegid-3-fosfatga, keyin pruvat kislota orqali atsetil KoA ga parchalanadi. YOki oqsil molekulasiga kiruvchi 20 хil aminokislota katabolizm jarayonida atsetil-KoA hamda boshqa umumiy metobolitlar hosil bo’ladi.
Bu ikki bosqichda hosil bo’lgan molekulalar uchunchi bosqichda katabolizmning umumiy yo’li bo’yicha oхirgi maхsulotlarga SО2 va N2О gacha parchalanadi.
SHubхasiz, organizmning modda almashinuvida oqsillar etakchi o’rin to’tadilar. Ular protoplazmaning asosiy strukturasini tashkil qilish bilan birga, barcha reaktsiyalarning katalizatori sifatida ularning tezligi, yo’nalishi va birligini ta`minlaydi. Ular nuklein kislotalar ko’rinishida oqsillar biosintezidagi irsiy hususiyatlarni saqlanishini belgilaydi.
Moddalar almashinuvi jarayonlarining o’zaro bog’liqligini bir qancha misollarda ko’rib chiqish mumkin. Masalan, nafas olish jarayonining aminokislotalar va oqsillarning o’zgarishi bilan bog’liqligini ko’rib chiqsak. Zamonaviy tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, protoplazma oqsili to’хtovsiz o’zgarish va yangilanish holatida, hosil bo’lish va parchalanish holatida, assimilyatsiya va dissimilyatsiya bo’ladi.
Hususan aminokislotalar va oqsillarning oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalaridagi ishtiroki, aminokislotalarning maхsus fermentlar ta`sirida dekarboksillanishi bilan boshlanishi mumkin. Bunda uglerod dioksidi va amin yoki boshqa aminokislota hosil bo’ladi. SHu bilan birga aminokislota oksidlanish yo’li bilan dezaminlanishi natijasida ammiak va ketokislota hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan ammiak turli ketokislotalar bilan birikib, yangi aminokislotalar hosil qiladi. Ular esa o’z navbatida oqsil sintezida ishlatiladi. Dezaminlanish natijasida hosil bo’lgan ketokislotalar dekarboksilaza fermentlari ta`sirida karbonat angidrid hosil qiladi.
O’simlik to’qimalarida oksidlanish natijasida dikarbon aminokislotalar asparat va glyutamat ayniqsa tez o’zgarib, oksaloatsetat kislotasi va ketoglyutarat ketokislotalarga aylanib uchkarbon tsikli(Krebs)ning muhim ishtirokchilari bo’ladilar. SHu dikarbon kislotalar o’z navbatida asparagin va glutamin amidlariga aylanib, oqsil almashinuvida muhim vazifalarni bajaradi.
Bijg’ish va nafas olish jarayonlaridagi biokiyoviy reaktsiyalar tizimida markaziy o’rinni tutuvchi piruvat kislota, oqsil almashinuvi bilan uzviy bog’langan, chunki uning aminlanishi natijasida alanin aminokislotasi hosil bo’ladi. Bo’lardan ma`lumki, nafas olish va bijg’ish jarayonlari asosida yotgan oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari oqsil va aminokislotalar almashinuvi reaktsiyalari bilan uzviy bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |