7-rasm. Byudjetdan tashqari jamg‘armalarni shakllantirish manbalari11
Davlat maqsadli jamg’armalari soha bo’yicha tashkil etilganligini hisobga olib, ularda shakllanadigan mablag’lar, jamg’armalarga ayni xizmat qiladigan soha bo’yicha kelib tushadigan pul mablag’lari orqali shakllanadi hamda davlat byudjetidan yo’naltiriladi.
Quyida davlat maqsadli jamg’armalarining o’tgan 2020- yil ilk choragidagi daromadlari va xarajatlarini ko’rib o’tamiz.
2-jadval
Davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari va xarajatlari bo‘yicha 2020 yil 1-chorak ijrosi,mlrd so’mda12
Jadval ma’lumotlarini tahlil qiladigan bo’lsak,2020-yilning ilk choragida davlat maqsadli jamg’armalari daromadlari ijrosi prognoz qilingan summa- 34633,2mlrd so’mning 20,2 foizini yoki 7006,4 mlrd so’mni tashkil etdi.Ushbu daromadning 881,1 mlrd so’mini yoki 12,7 foizini respublika byudjetidan transfertlar tashkil etdi.
Daromadlar hajmida eng katta ulushni Pensiya jamg’armasi tashkil etdi.Pensiya jamg’armasi daromadlari ijrosi 6327.6mlrd so’m yoki prognoz qilingan miqdorning 20,1 foizini tashkil etdi.Respublika byudjetidan transfertlar 655mlrd so’mni tashkil etdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlarbilan muloqot qilish bo’yicha “El-yurt umidi” jamg’armasi daromadlari ijrosi 1,9mlrd so’m yoki prognoz qilingan miqdorning 3,3foizini tashkil etdi.Respublika byudjetidan transfertlar 1,9mlrd so’mni tashkil etdi.
O’zbekiston Respublikasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi daromadlari ijrosi 83,6mlrd so’m yoki prognoz qilingan miqdorning 20 foizini tashkil etdi.Respublika byudjetidan transfertlar 37,5mlrd so’mni tashkil etdi.
O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg’armasi daromadlari ijrosi 45,5mlrd so’m yoki prognoz qilingan miqdorning 18,1 foizini tashkil etdi.Respublika byudjetidan transfertlar 45mlrd so’mni tashkil etdi.
O’zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “yoshlar-kelajagimiz” jamg’armasi daromadlari ijrosi 72,7mlrd so’m yoki prognoz qilingan miqdorning 17,9 foizini tashkil etdi.Respublika byudjetidan transfertlar 50mlrd so’mni tashkil etdi.
Xotin-qizlarni va oilani qo’llab-quvvatlash jamoat fondi daromadlari ijrosi 48,4 mlrd so’m yoki prognoz qilingan miqdorning 25,6 foizini tashkil etdi.Respublika byudjetidan transfertlar 30mlrd so’mni tashkil etdi.
Davlat maqsadli jamg’armalari xarajatlar qismini tahlil qilsak,2020-yilning ilk choragida davlat maqsadli jamg’armalari xarajatlari ijrosi prognoz qilingan summa- 35413,6mlrd so’mning 22.9 foizini yoki 8119,4 mlrd so’mni tashkil etdi.Xarajatlar hajmida ham eng katta ulushni Pensiya jamg’armasi tashkil etdi.Pensiya jamg’armasi xarajatlari ijrosi 7385,9mlrd so’m yoki prognoz qilingan miqdorning 23,1foizini tashkil etdi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi xarajatlari ijrosi109,2mlrd so’m yoki prognoz qilingan miqdorning 19,8foizini tashkil etdi.
O’zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “yoshlar-kelajagimiz” jamg’armasi xarajatlari ijrosi 99,2mlrd so’m yoki prognoz qilingan miqdorning 24,4 foizini tashkil etdi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya vax ususiylashtirish jamg’armasi xarajatlari ijrosi 236,5mlrd so’m yoki prognoz qilingan miqdorda oshiq 157,7 foizini tashkil etdi
O’zbekiston Respublikasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi xarajatlari ijrosi 60,4mlrd so’m yoki prognoz qilingan miqdorning 12,4foizini tashkil etdi.
O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilik rivojlantirish agentligining Uzum yetishturuvchilar va vino tayyorlovchilarni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi xarajatlari ijrosi 26,2mlrd so’m yoki prognoz qilingan miqdorning 14,5foizini tashkil etdi.
Davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari va xarajatlari ijrosiga e’tibor bersak,xarajatlar daromadlarga nisbatan ko’pligini ko’ramiz.Buning asosiy sababi sifatida koronavirus pandemiyasi vaqt6ida yuzaga kelgan holatni keltirish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti, ijtimoiy nafaqalar to‘lash, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan majburiy to‘lovlar, badallar, shuningdek boshqa manbalardan tushadigan mablag‘larni jamlaydi.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining yuqori boshqaruv organi Jamg‘armaning Kuzatuv kengashidir. Respublikamizda pensiya ta’minoti tizimidagi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha majburiy badallar to’liq yig’ilishini ko’paytirish, amaldagi boshqaruv tuzilmalarini qisqartirish hamda pensiyalar va nafaqalar to’plashga yo’naltiriladigan mablag’lardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 444-sonli «O’zbekiston Respublikasi Pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qaroriiga muvofiq, 2001 yil 1 yanvardan O’zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi O’zbekiston Respublikasining byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armaiga aylantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 21 oktyabrdagi “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi boshqaruvini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 490-sonli Qarori bilan Pensiya jamg’armasi 2005 yil 1 yanvardan boshlab, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi maqomini oldi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat Pensiya jamg’armasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
fuqarolarning ijtimoiy ta’minotga va ijtimoiy sug’urtaga bo’lgan davlat tomonidan kafolatlangan huquqlarini amalga oshirish;
davlat ijtimoiy sug’urtasiga majburiy badallar va ajratmalarni O’zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi va Toshkent shahar ijtimoiy ta’minot bo’limlarining maxsus, maqsadli, byudjetdan tashqari hisobraqamlarida jamlash;
qonun xujjatlariga muvofiq pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar, shuningdek, ijtimoiy sugurta bo’yicha nafaqalar to’lashga xarajatlarni malag’ bilan ta’minlashdan iborat.
S hu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi 2020-yil 9 oylik daromadlari va xarajatlarini ijrosini tahlil qilamiz (8 - rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |