Bajardi: mm-70 guruhi talabasi L. Mamasharipov Ilmiy rahbar



Download 0,93 Mb.
bet4/13
Sana30.12.2021
Hajmi0,93 Mb.
#192722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
DAVLAT MAQSADLI JAMG'ARMALARI

Kurs ishining tarkibi.Mazkur kurs ishi kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Shuningdek, kurs ishi 4 ta jadval va 10 ta rasmdan tashkil topgan. Umuman olganda kurs ishi 41 betdan iborat.

1. Davlat maqsadli jamg’armalarining iqtisodiy mohiyati, vazifalari,o’ziga xos xususiyatlari,tarkibi hamda tashkil etish faoliyatining huquqiy asoslari

Mamlakat miqyosida turli shakldagi moliyaviy resurslarning yetarlilik darajasi jamiyatni yanada barqaror rivojlanishida, iqtisodiy murakkabliklar va moliyaviy-iqtisodiy tanglik holatlaridan halos etuvchi manba sifatida ham namoyon bo'ladi. Bugungi kunda har qanday davlat moliya tizimi oldiga qo'yilgan muhim vazifalardan biri – shubhasiz, davlat maqsadli jamg`armalarining faoliyatidan unumli foydalanish hisoblanadi. Umuman olganda, davlat maqsadli jamg’armalari - davlatning alohida xarajatlarini moliyalashtirish uchun mamlakatning byudjet tizimi tarkibiy qismi sifatida jamlanadigan mablag`lar bo'lib, ularning maqsadli yo`naltirilishi ustidan davlat nazoratini ta'minlash maqsadida amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq shakllantirilgan jamg`armalardir. Bundan tashqari, iqtisodiy adabiyotlarda, byudjetdan tashqari jamg’larmalarda bir qator o’ziga xos ta’riflar berib o`tilgan. Bu kabi jamg’armalarning iqtisodiy mohiyatini to’laroq ochib berishda taniqli iqtisodchi olimlar o`zlarining fikrlarini bildirib o`tishgan.

Byudjetdan tashqari jamg`armalar - bu ba'zan ijtimoiy ehtiyojlarni moliya bilan ta'minlash uchun davlat tomonidan jalb qilinadigan va operativ mustaqillik asosida kompleks ravishda sarflanadigan moliya resurslarini qayta taqsimlash va foydalanish shaklidir. G`arb mamlakatlarida bundan jamg`armalar soni 30 tadan 80 tagacha yetishi mumkin2. Bunda byudjetdan tashqari jamg`armalarning hukumat ta’siridan holiligi va moliyaviy jihatdan mustaqilligiga urg`u berib o’tilgan. Biroq, bu omil davlatning iqtisodiy va siyosiy holatidan kelib chiqqan holda bir biridan farq qilinishi mumkin. Sababi, post industrial davlatlarda bozor iqtisodiyoti deyarli shakllanib bo’lgan hamda moliyaviy institutlar o`z-o`zini mustaqil idora qila oladi. Shuningdek, ular davlatning byudjet-soliq siyosatini yuritishida ham bevosita muhim ishtirokchi hisoblanadilar. Aksincha, bozor iqtisodiyoti hali to`liq shakllanmagan yoki unda davlatning ishtiroki va nazorati saqlanib qolgan davlatlarda bu kabi jamg`amalar bevosita hukumat nazorati ostida faoliyat olib boradilar. Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalari markaziy va mahalliy davlat boshqaruv organlari ixtiyoridagi qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo'lgan moliyaviy mablag'lar yig'indisidir. Ular har bir alohida davlat moliya tizimining ajralmas bo'g'ini hisoblanadi. Bu jamg'armalarni moliyaviy mablag'larining shakllanishi, taqsimlanishi va resurslardan maqsadli yo’lda foydalanishi bevosita moliyaviy me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan muvofiqlashtiriladi va tartibga solinadi. Odatda, davlat maqsadli jamg`armalari iqtisodiy kategoriya sifatida, jamlanma byudjet tushunchasiga chambarchas bog’liq holda ifoda etiladi. Sababi, byudjetdan tashqari fondlarda jamlanadigan mablag’lar, o`z o`rnida jamlanma byudjet mablag’larining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Yuqoridagi ta’riflardan kelib chiqib quyidagicha fikr bildirishimiz mumkin:

Byudjetdan tashqari jamg‘armalar – davlat organlari tomonidan milliy daromadni aholining ma’lum ijtimoiy guruhlari manfaatlarini nazarda tutgan holda qayta taqsimlashning bir usulidir.





Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish