Bajardi: Meliboyeva Sh



Download 1,33 Mb.
bet4/10
Sana24.06.2021
Hajmi1,33 Mb.
#99981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
hisobot

Olloqulixon madrasasi - Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1834—1835). Madrasa qurilishi Ichan qalʼaning yaxlit ansambl boʻlib shakllanish tarixi bilan bogʻliq. Oʻrta Osiyo meʼmorligida keng tarqalgan qoʻshmadrasa uslubida, Olloqulixon timi, Xoʻjamberdibiy madrasasi, Polvon darvoza bilan oʻzaro bogʻlangan. Olloqulixon madrasasi sunʼiy tepalik (balandligi 3 m) ustiga qurilgan, shu tufayli qoʻshni binolardan ancha baland koʻrinadi. Olloqulixon madrasasi toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (62,45x47,0 m), peshtoqi gʻarbga qaragan. Bosh tarzini miyon-saroy, masjid va darsxona hamda 2 qavatli hujralar egallagan. Eshikdagi yozuvda binoning qurilgan sanasi saqlangan. Hovli (34,6x29,4 m) tomoni oʻziga xos, undagi 2 qavatli qator hujralar Polvon darvozaning kichik gumbazlari ustiga va qisman tim gumbazlari chekkasiga joylashgan. Masjid va darsxona (4,8x4,8 m) tuzilishi bir xil. Usti yarim aylana shaklidagi pastak gumbaz bilan yopilgan. Devorlaridagi chuqur ravoqlar hisobiga xona keng koʻrinadi. Ayvon (5,5x5,5 m) Madrasa gʻarbida joylashgan, mehrobi ganchli muqarnasdan "iroqi" uslubida bezatilgan. Hujralar (99 ta)ning har birida bittadan eshik, tobadoniga panjaralar oʻrnatilgan. Ushbu 99 hujradan iborat to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli  madrasa ikki qavatli bo‘lib,   peshtog‘i g‘arb tomondagi   Qutlug‘ Murod Inoq madrasasiga «qo‘sh» qilib qurilgan. Madrasa zamonasining obro‘li o‘quv markazlaridan bo‘lib, unda turli millat vakillari o‘qigan. Bu  madrasada qozoq va turkman domlalar dars berganligiga qaraganda, ko‘pchilik talabalar ham turkman va qozoq bolalari bo‘lishgan.   Olloqulixon   talabalarini kitob bilan ta’minlaydigan bu madrasaning kutubxonasiga uning yonidagi Karvon saroy va Timdan tushadigan daromadni ham qo‘shimcha  vaqf qilib bergan.  Madrasa peshtoqidagi bitikda shunday yozilgan: “Alloh  taoloning   sharofati  bilan  bu serfayz makon, xayr va barakalar koni, Muhammad Rahim podshohi g‘oziyning (uning qabri nurli bo‘lsin) o‘g‘li hazrati ulug‘ sulton va hurmatli hoqon Abulg‘oziy Allohquli Xorazmshoh (uning davlati mangu davom  etsin) buyrug‘i  bilan  bino  etildi.  Sana 1250“.   
Madrasa peshtog‘i bo‘ylab P shaklida nihoyatda chiroyli va shuning bilan qiyin o‘qiladigan suls xati uslubidagi yozuvda Qur’oni Karimning Fath (g‘alaba) surasi yozilgan. Madrasada Hunarmandchilik uyushmasi va folklor qo‘shiqchilik ansamllari joylashgan.


Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish