Qurilish fakulteti 13-20 MKQ guruh talabasi Mashiraboyev N.falsafa tayorlagan taqdimot loyihasi Bajardi: Mashiraboyev N. Qabul qildi: Abdurahmonov G’ - Diniy tashkilot - diniy ehtiyojlarni birgalikda qondirish yoki qondirishga koʻmaklashish maqsadida tuziladigan va diniy marosimlarni ado etish asosida ish koʻradigan ixtiyoriy, teng huquqli va oʻz-oʻzini boshqaruvchi uyushma. Ayni vaqtda u fuqarolarning vijdon erkinligini kafolatlovchi tuzilmalardan hisoblanadi. D.t.larning taʼlimoti, tarixiy anʼanalari, diniy uyushmalar tuzilishida tutgan oʻrni va roli turli-tuman boʻlishi mumkin.
Diniy tashkilot - Fuqaroning D.t.ga aʼzoligi uning huquqiy maqomini, jumladan boshqa shaxslar bilan tengligini cheklab koʻya olmaydi. D.t.larning eng muhim belgisi — ularning oʻz-oʻzini boshqarishidir, yaʼni, ular maʼmuriy jihatdan davlat i
- doralaridan ajratilgan. D.t.larning faoliyati qonunlarga zid kelmasa, davlat ularning ichki aqidaviy ishlariga aralashmaydi. Ular oʻz ustav (nizom)lariga muvofiq tashkil topish va ish yuritish, xodimlarni tanlash, tayinlash va almashtirish huquqiga egadirlar.
Diniy tashkilot - D. t.larning ustavlari ularning tuzilishi, diniy taʼlim va faoliyatning boshqa masalalarini belgilab beradi. Baʼzi D.t.lar iyerarxiya tizimida tashkil topgan. Mas, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Rus pravoslav cherkovining Toshkent va Oʻrta Osiyo Yeparxiyasi masjidlar, cherkovlar, oʻquv yurtlari, mahalliy tashkilotlar va oʻz boshqaruv organlariga ega.
Diniy tashkilot - Oʻzbekistan Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi (1998) qonunida taʼkidlanganidek, Oʻzbekistan Respublikasi fuqarolarining dinga eʼtiqod qilish, ibodat, rasm-rusum va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan koʻngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy oʻquv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va b.) D.t.lar deb eʼtirof etiladi. Tegishli ustav (nizom) asosida faoliyat yurituvchi respublika diniy uyushmalari Oʻzbekistan Respublikasining Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olinadi. Viloyat, tuman va shahar, shaharcha va qishloq hududida boʻlgan D.t.lar tegishli viloyatlar, shuningdek, Toshkent sh. hokimligi adliya boshqarmalari tomonidan roʻyxatga olinadi. D.t. roʻyxatga olingandan sung u yuridik shaxsga aylanadi.
Diniy tashkilot - D.t. yuridik shaxs sifatida qonunlarga va oʻz nizomiga muvofiq holda huquqlardan foydalanadi hamda majburiyatlarni oʻtaydi. D.t. rahbarining tashkilot ustavini roʻyxatdan oʻtkazishdan boʻyin tovlashi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi. Roʻyxatdan oʻtmagan D.t.larning faoliyat koʻrsatishiga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar. D.t.lar faoliyati ikki holda: ular oʻz nizomlariga muvofiq tugatilganda va "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻtrisida"gi qonun qoidalari yoki boshqa qonun hujjatlariga rioya qilinmaganda toʻxtatiladi.
Diniy tashkilot - D.t. faoliyatini toʻxtatish haqidagi qaror Oʻzbekistan Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent sh. hokimligining adliya boshqarmalari tomonidan qabul qilinadi. D.t.lar qabul qilingan qaror ustidan xalq sudiga shikoyat qilish huquqiga ega, shikoyat fuqarolik ishlarini yurituvchi sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Diniy tashkilot - D.t.lar tasarrufida binolar (masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, kirxalar, monastirlar, ibodatxonalar va b. inshootlar), i.ch. korxonalari (bosmaxonalar, fermalar, badiiy-tikuv sexlari va h.k.), ijtimoiy va xayriya obʼyektlari (yetimxonalar, qariyalar uylari va h.k.), diniy anjomlar (diniy kitoblar, ikonalar, shamlar va h.k.), ular faoliyatini taʼminlash uchun zarur transport vositalari, pul va b. mulklar boʻlishi mumkin. D.t.larning mulkiy huquqi qonun tomonidan himoya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |