Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini olish mumkin.
Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali ERI kalitlarini ro‘yxatga olish va ERI kalitlari sertifikatlarini berish “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni ta’minlaydigan ERI kalitlarini ro‘yxatga olish va ERI kalitlari sertifikatlarini berish” davlat xizmatlari sifatida ko‘rsatiladi.
Asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ERI — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini ERIning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda ERI ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va ERI yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
ERIning yopiq kaliti — ERI vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning o‘ziga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda ERI yaratish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;
ERIning ochiq kaliti — ERI vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, ERI yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi ERI haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;
ERI kalitining sertifikati — ERIning ochiq kaliti ERIning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va ERI yopiq kalitining egasiga vakolatli organ tomonidan berilgan elektron yoki qog‘oz shaklidagi hujjat;
ERI yopiq kalitining paroli — ERIning yopiq kalitidan ruxsatsiz tarzda foydalanishdan himoya qilish uchun mo‘ljallangan shartli belgilar ketma-ketligi;
ERIning yopiq kaliti egasi — ERIni yaratgan (elektron hujjatga imzo qo‘ygan) va vakolatli organ tomonidan uning nomiga ERI kaliti sertifikati berilgan jismoniy shaxs;
ERI kalitining sertifikatini boshqarish — ERI kalitining sertifikati amal qilishini to‘xtatib turish yoki qayta tiklash yoxud uni bekor qilish;
E-KALIT katta boʼlmagan gabaritlarga ega USB-brelok boʼlib, foydalanuvchining shaxsiy kriptografik parametrlarini muhofazalangan ishonchli muhitda saqlanishini taʼminlaydi.
E-KALIT quyidagi imkoniyatlarni beradi:
identifikatsion maʼlumotlar (login va parolь)ni bilish asosida qurilma xotirasi tarkibidan foydalanish uchun foydalanuvchini xavfsiz avtorizatsiya qilish;
berilgan marta parollarni tanlashga urinishda qurilma xotirasidan foydalana olishni blokirovka qilish;
shaxsiy kompьyuter tomonidan soʼrov berilganida elektron raqamli imzo ochiq kalitining sertifikatini berish;
foydalanuvchining shaxsiy kompьyuterdagi kriptografik kalitlari va sertifikatlarini yuklash (masalan, ERI kalitlarini roʼyxatga olish markazining dasturidan)
tasodifiy sonni xeshlash asosida foydalanuvchining identifikatsion maʼlumotlarini qurilmaga xavfsiz uzatish.
Qurilma va shaxsiy kompьyuter oʼrtasida axborot bilan almashuv maxsus kriptografik protokol boʼyicha amalga oshiriladi, bu USB shinasi ushlab olingan holda foydalanuvchining kriptografik kalitlari va identifikatsion maʼlumotlaridan ruxsatsiz foydalana olish imkoniyatini istisno etadi. Qurilma bilan komplektda Windows XP operatsion tizimi uchun maxsus drayver yetkazib beriladi.
Raqamli imzo kalitlar quyidagilar uchun moʼljallangan:
elektron hujjatlar va axborot resurslarining yaxlitligini nazorat qilish;