Olinadigan hisobvaraqlar“ schoti. Bu schotda xaridor va buyurtmachilar bilan tovarlar, tayyor mahsulot, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha qarzdorlari ko‘rsatiladi.
„Foyda va zararlar“ schoti. Bu schot bevosita korxona moliyaviy holatini ko‘rsatuvchi asoslar qatoriga kiradi. Yillik faoliyat bo‘yicha korxonaning foyda yoki zararini ko‘rsatadi. Korxona xo‘jalik faoliyati bo‘yicha foyda yoki zarar ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish, bajarilgan ish xizmatlarini sifatli topshirish hisobiga olingan daromadlar yig‘indisidan iboratdir.
Korxona bo‘yicha foyda va zararlar holatiga shartnoma shartlarini bajarmaslik oqibatida olinadigan yoki to‘langan jarima, ustamalar ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
„Foyda va zararlar“ schotining kredit tomonida hisobot oxiriga bo‘lgan qoldiq, foydaning debet tomonidagi qoldiq esa zararni ko‘rsatadi.
Korxona foydasi hisobot davrining oxiriga kelib amaldagi tartibga asosan tegishli to‘lovlar bo‘yicha belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Hisobning memorial-order shakli, asosan, bir turli xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olishda ishlatiladi. Bu formada yozuvlar sintetik hisoblar bo‘yicha maxsus kitoblarda, analitik hisob ko‘rsatmalar esa maxsus kartochkalarda olib boriladi, ya’ni memorial-order shaklida kitob-kartochka registrlari birgalikda yuritiladi. Amalga oshiriladigan bir turli xo‘jalik operatsiyalari guruhlash vedomostlarida umumlashtiriladi va ularga taalluqli hujjatlar biriktirilib qo‘yiladi.
Buxgalteriya hisobining memorial-order shaklida hujjatlarni rasmiylashtirish qayta ishlash tartibi hamda sintetik va analitik registrlarga yozishlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Memorial-orderlarning hamma xo‘jalik operatsiyalariga boshlang‘ich asosida yoki guruhlangan va jamlangan vedomostlarga muvofiq provodkalar beriladi.
Buxgalteriya hisob shakllarida korxona va muassasalarida amalga oshirilgan har xil xo‘jalik operatsiyalari o‘z vaqtida izchillik bilan hisob registrlarida ma’lum belgilangan tartibda olib borilishi ta’minlanadi.
1928—1930- yillarda buxgalteriya hisobining memorial-order shakli yuzaga keldi. Bu shaklning mohiyati shundaki, unda dastlabki hujjatlar asosida memorialorderlar tuzilib, ularda xo‘jalik operatsiyalarining korrespondensiyalanuvchi schotlar ko‘rsatiladi. Buxgalteriya hisobining memorial-order shaklida buxgalteriya yozuvlari uchun asos bo‘lgan hujjatlar orderga biriktiriladi.
Bu shaklda birinchi bo‘lib amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari ro‘yxatga olinib, keyin orderda ko‘rsatiladi. Ro‘yxatga olish vedomostining tuzilishi quyidagicha:
M emorial-orderning tartib raqami
|
Orderlar sanasi
|
Summasi
|
1
2
3
va h. k.
Oy bo‘yicha jami:
|
2
4
5
va h. k.
|
15000 12000
7000
— — —
|
Memorial-orderlar ro‘yxatga olingandan keyin operatsiyalarni bosh kitobga yozish uchun asos yaratiladi.
Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli uzoq yillardan beri ishlatilishiga sabab, uning oddiyligidir. U kichik va o‘rta biznes korxonalarida, ko‘proq bir turli xo‘jalik operatsiyalari bajariladigan tarmoqlarda ishlatilmoqda, chunki bu tarmoqlarda analitik schotlarning kamroq ishlatilishi, sintetik schotlardan foydalanishda ularning soni 25—30 tadan oshmasligidir.
1928—1930- yillarda hisobning memorial-order (nazorat-shaxmat) shakli ishlab chiqildi. Memorial-order shaklini ishlab chiqishda shu davrgacha ishlatilib keltirgan hisob turlaridan foydalanilgan.
M emorial-orderni to‘ldirish uchun asos bo‘lgan hamma hujjatlar memorial-orderga biriktiriladi va ularda korrespondensiyalanuvchi hisoblarning ma’lumotlari va oboroti yoziladi.
Memorial-orderda tuzilgan hujjatlarda shu orderning nomeri va tuzilgan vaqti yozma ravishda ko‘rsatib boriladi. Har bir memorial-order tashkilot bosh hisobchisi tomonidan tekshirilganligi to‘g‘risida imzolanadi.
Memorial-order tuzilgandan keyin ular xronologik tartibda maxsus ro‘yxatga olish daftariga yoziladi. Ro‘yxatga olish daftari memorial-orderlarning saqlanish ustidan va tartib bilan nomerlanishini nazorat qilib turish uchun yil va oy davomida bajarilgan xo‘jalik operatsiyalarining umumiy summasini aniqlash uchun, shuningdek, sintetik hisob bo‘yicha sxematik registrda aks ettirilsa, xo‘jalik operatsiyalarining to‘laligini tekshirish uchun ham xizmat qiladi.
Bunday tekshirish ro‘yxatga olish daftari bilan sintetik hisoblarda umumiy summalarini bir-biri bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatga olingan memorialorderdan sintetik hisoblar bo‘yicha sistematik registr bosh daftarga operatsiyalarni yozish uchun foydalaniladi. Bosh daftarda provodka nomeri, to‘ldirilgan sana, xo‘jalik operatsiyalarining summasi ko‘rsatiladi.
Bosh daftarda operatsiyalar shaxmat usulida yoziladi, shuning uchun yuqorida aytib o‘tganimizdek, buxgalteriya hisobining bu shakli shaxmat shakli deb yuritiladi. Asosan, kartochkalar xo‘jalik mablag‘larining butunligini to‘la ta’minlash ustidan joriy nazorat shaklida olib borishda alohida e’tiborga egadir. Analitik hisoblar bo‘yicha oy oxiriga tuzilgan oborot vedomostlari tegishli sintetik hisoblar yakuni bilan taqqoslab boriladi.
Jurnal-order shaklining bir qator korxonalarda qo‘llanilishi va yaxshi natijalar berganligini hisobga olib, 1949yilda sobiq Ittifoq Moliya vazirligi ilg‘or korxonalarning natijalarini umumlashtirib, jurnal-order shaklining namunali registrlarini ishlab chiqdi va bu shaklni xalq xo‘jaligida keng joriy qilish tadbirlarini belgiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |