Gaz generatori (gaz... va lot. generator — hosil qiluvchi) — 1) aso-san qattiq va suyuq yoqilgʻilardan yonuvchi gaz hosil qiladigan apparat. G.g .ning transport va muqim (statsionar) turlari bor. Transport G.g .da oʻtin, pistakoʻmir, antratsit va torf kabi qattiq yoqilgʻilardan avtomobil va traktorlarning dvigatellari uchun yonuvchi gaz olinadi. Muqim G.g . qizitish, pishirish va eritish pechlari oʻrnatilgan sanoat korxonalari uchun gaz ishlab chiqaradi. G.g . koʻpincha ichki devorlari oʻtga chidamli gʻishtdan teriladigan shaxtadan iborat boʻladi. Bu shaxtaga yuqoridan yoqilgʻi solib turiladi, pastdan havo yuboriladi, yoqilgʻi qatlamini kolosnikli panjara koʻtarib turadi. G.g .ning ishi yonilgʻini yuqori temperaturalarda havoda oksidlashga va suv bugʻida oksidlashga asoslangan. Bosim ostida va bugʻkislorod aralashmasidan foydalangan holda koʻmirdan tarkibida 15% gacha metan boʻlgan shahar gazi hosil boʻladi; 2) suyuqlikli raketa dvigateli generator i — yoqilgʻi yoki uning komponentlari yonishi yoki parchalanishi (termik, katalitik va h.k.) hisobiga qaynoq gaz (temperaturasi 200—900°) ishlab chiqariladigan apparat. Bunday gaz turbonasos ag-regatini harakatga keltirish uchun ish jismi hisoblanadi. Bunday G.g .ning asosiy ish organlari — aralashtirish kallagi va kallak.
Bu asosan metan (tarkibida 50 dan 85% gacha), karbonat angidrid (tarkibida 15 dan 50% gacha) va boshqa gazlardan ancha past foizda tashkil topgan gaz aralashmasi. Biogaz biomassada oziqlanadigan uch turdagi bakteriyalar guruhi tomonidan ishlab chiqariladi - kislota hosil qiluvchi bakteriyalar uchun oziq-ovqat ishlab chiqaradigan gidroliz bakteriyalari, bu esa o'z navbatida biogaz hosil qiluvchi metan ishlab chiqaradigan bakteriyalar uchun oziq-ovqat etkazib beradi.
Gaz kondensatlari - tabiiy gazning yoʻlakay, rangsiz, tiniq, harakatchan turli uglevodorodlar aralashmasi; metan qatori (alifatik), aromatik (atsiklik) va naftenin (alitsiklik) tizimli tarkibga ega. Tabiiy gaz konlarining deyarli 60— 70% i G. k. boʻlib, ularning tizim tar-kiblari konning parametrlariga (T, R va b.) bogʻliq. Gaz konlarining chuqurligi (150–5500 m), gaz harakati, bosimi, mazkur konning holatiga qarab G. k. uglevodorodlari ushbu kon gazi bilan turli nisbatda fazaviy muvozanatda boʻladi. Demak, G. k. gaz quduqlaridan gazga nisbatan turli miqdorda erigan holda (50—800 g/m3) ishlab chiqariladi.
G. k. koʻproq gaz-neft havzalaridan gaz i. ch. jarayonida normal sharoitda gazda erigan uglevodorodlar majmuasini kondensatlab (suyultirib) olinadi. Zero tabiiy gazni baʼzi yoʻlakay qoʻshimcha suv, turli zaharli gazlar va b.dan tozalamasdan isteʼmolchilarga (G. k. uzatish quvurlariga) berib boʻlmaydi. Shuning uchun gazni qayta ishlash sanoatining mukammal ratsional va xavfsiz i. ch. tizimi shakllantiriladi. Oʻzbekistonning Muborak, Shoʻrtan, Uchqir, Gazli, Zevardi, Koʻkdumaloq va b. gazni qayta ishlash zavodlari yiliga 50 mlrd/m3 gazning deyarli 90% ini tozalab isteʼmolchilarga yetkazib beradi. G. k. maxsus qurilmalarda maqbulholga keltirilib, neftni qayta ishlash korxonalarida neft bilan birga benzin, kerosin va dizel yonilgʻisi olish uchun ishlatiladi. Buxoro neftni qayta ishlash korxonasi faqat Koʻkdumaloq G. k. dan yonilgʻi oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |