Bajardi: hamidova L



Download 39,04 Kb.
bet1/6
Sana31.12.2021
Hajmi39,04 Kb.
#232494
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5289784423011585121




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI 203-GURUH TALABASI HAMIDOVA LOBARNING HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI FANIDAN TAYYORLAGAN



BAJARDI: HAMIDOVA L

TEKSHIRDI: Dotsent FAYZULLAYEV B

Jizzax 2021

MAVZU: Yordamchi so‘z turkumi. Ko‘makchilar
Reja

Kirish

I bob. Yordamchi so‘z turkumlari haqida umumiy ma’lumot

    1. Ko‘makchilar haqida umumiy ma'lumot

    2. Yordamchi so‘z turkumi haqida umumiy ma'lumot

II bob. Umumta’lim maktablarida ko‘makchini o’qitish metodikasi

2.1. Dars ishlanma

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

Kirish

  • Mavzuning dolzarbligi. Soʻz turkumlari — tildagi soʻzlarning ularda umumiy kategorial maʼnoning ( otlarda predmetlik, feʼllarda harakatholat), grammatik kategoriyalar yagona tizimining , oʻziga xos soʻz oʻzgarish, shakl va soʻz yasalish tiplarining , sintaktik vazifalar umumiyligining mavjudligiga qarab ajratiladigan guruhlari (Baʼzi adabiyotlarda "soʻzlarning leksikgrammatik kategoriyalari" deb ham ataladi). Demak, soʻzlarni guruhlarga, turkumlarga ajratishda asosan ularning sintaktik, morfologik va maʼnoviy (semantik) xususiyatlarining oʻxshashligi hisobga olinadi. So‘z turkumlari avvalo 2 asosiy guruhga boʻlinadi: mustaqil Soʻz turkumlari va mustaqil boʻlmagan so‘z turkumlari. Birinchi guruhga oʻzbek tilida mustaqil soʻzlar, ikkinchi guruhga esa yordamchi soʻzlar, undovlar, taqlid soʻzlar va modal soʻzlar kiradi. Mustaqil soʻzlar lugʻaviy maʼnoga ega, nominativ vazifa bajaradigan, yaʼni predmet, hodisa, belgi, harakat kabilarni ataydigan yoki unga ishora qiladigan va gapning mustaqil gap boʻlagi vazifasida kela oladigan soʻzlardir.

Mavzuning ilmiy yangligi. Soʻzlar jumlada egallagan pozitsiyalariga koʻra ham tasnif qilinishi mumkin. Gapda bir xil sintaktik pozitsiyada tura oladigan yoki bir xil sintaktik vazifa bajara oladigan soʻzlar bir Soʻz turkumlariga kiritiladi. Bunda sintaktik vazifalarning yigʻindisigina emas, balki ushbu vazifalardan har birining muayyan So‘z turkumiga xoslik darajasi ham muhimdir. Bu vazifalar birlamchi va ikkilamchi turlarga boʻlinadi. Masalan, oʻzbek tilida, boshqa bir qancha tillarda boʻlganidek, ot va feʼl turkumidagi soʻzlar oʻrni bilan ega vazifasida ham, kesim vazifasida ham kela oladi, lekin feʼl uchun kesimlik vazifasi birlamchi, egalik vazifasi ikkilamchi hisoblanadi. Xuddi, shuningdek, otlar uchun egalik vazifasi birlamchi, kesimlik vazifasi esa ikkilamchi hisoblanadi.

Har bir soʻz turkumi oʻziga xos grammatik kategoriyalar toʻplami bilan ajralib turadi. Bu kategoriyalar (masalan, otlardagi kelishik, egalik, son; sifatlardagi daraja; feʼllardagi shaxs son, mayl, nisbat va boshqalar) har bir Soʻz turkumlaridagi aksariyat so‘zlarga tegishli bo‘ladiki, bu narsa so‘zlarni turkumlarga ajratishning morfologik mezoni sanaladi.

Hozirgi maktab grammatikalaridagi so‘z turkumi tizimi, yaʼni so‘zlarni turkumlariga ajratish qadimgi davrlarga borib taqaladi. Milloddan avvalgi 4-asrda Aristotel So‘z turkumini 7 ga, milloddan avvalgi 5-asrda hind tilshunoslari Yaska, Panini 4 ga boʻlganlar. Keyinroq, milloddan avvalgi 2—1asrlarda aleksandriyalik filologlar Frakiyalik Dionisiy, Apolloniy Diskol, rimlik Varronlar aralash morfologik, semantik va sintaktik asoslarda 8 ga (ot, ism, feʼl, ravish, sifatdosh, artikl, olmosh, ko‘makchi, bogʻlovchi) boʻlganlar. Bunda ismlar oʻz navbatida ot, sifat va son guruhlarini qamrab olgan. Soʻz turkumlarining bu tizimi maʼlum darajada arab grammatik anʼanalariga ham taʼsir koʻrsatgan: arablar ham feʼldan boshqa mustaqil so‘zlarni "ism" termini bilan ataydilar. Keyingi davrlarda (o‘rta asrlar va 19—20-asrlarda) yevropa va rus tilshunosligida bu borada bir qancha tasniflar amalga oshirilgan bo‘lsada, ular koʻpincha aleksandriyaliklar tasnifiga tayangan holda bajarilgan. Turli tillarda So‘z turkumi soni va ayrim turkumlarning hajmi turlichadir. Masalan, So‘z turkumlar soni hozirgi rus tilida koʻpincha 10 ta deb, oʻzbek tilida esa 10—12 ta deb (turli darsliklar) ko‘rsatiladi. Bular 6 ta mustaqil (ot, sifat, son, olmosh, ravish va feʼl), 3 ta yordamchi (koʻmakchi, bogʻlovchi, yuklama) va 3 ta alohida (undovlar, taqlid soʻzlar, modal so‘zlar) so‘z turkumidir. So‘z turkumi sonining barqarorlashmaganligi kelgusida bu sohada yangi izlanishlar olib borish zarurligini ko‘satadi.


Download 39,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish