Tiklanish qiymati bo‘yicha - asosiy fondlar yoki ularning biron-bir qismini (binolar, qurilmalar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalari va hokazo) hozirgi paytdagi inflyasiya va boshqa omillarni hisobga olgan holda baholash. Baholashning bu usuli obektning hozirgi paytdagi qayta ishlab chiqarish davrida qancha turishini ko‘rsatadi. Korxona asosiy fondlarining tiklanish qiymati, taftish va inventarizasiya paytida, mamlakat miqyosida va davlat chora-tadbiri sifatida esa, asosiy fondlarni qayta baholash paytida amalga oshiriladi.
Korxona asosiy fondlarini baholashning turlarini quyidagi chizma ko‘rinishda aks ettirish mumkin (2.2.-chizma)
Do'stlaringiz bilan baham: |