5.Ommaviy tadbirlarni otkazish qoidalari
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Qoidalar O`zbekiston Respublikasi hududida ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va o`tkazish tartibini belgilaydi hamda ular ishtirokchilari, ommaviy tadbirlarni o`tkazish ob’ektlari ma’muriyatlarining, ichki ishlar organlari, O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo`linmalari, shuningdek, davlat boshqa organlarining ommaviy tadbirlarni o`tkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlash bo`yicha o`zaro munosabatlari, majburiyatlari va huquqlarini tartibga soladi.
2. Ushbu Qoidalarning amal qilishi yig`ilishlar, namoyishlar, ko`cha yurishlari va namoyishlarini, shuningdek to`y, oilaviy, yubiley, vafot еtganlar xotirasiga bag`ishlangan oilaviy aza marosimlari va tadbirlarni o`tkazishga tatbiq еtilmaydi.
3. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
ommaviy tadbirni o`tkazish ob’ektining ma’muriyati - tasarrufida, foydalanishida, ixtiyorida ommaviy tadbirni o`tkazish ob’ekti joylashgan davlat organi, yuridik yoki jismoniy shaxs;
ommaviy tadbir - 100 va undan ko`p kishilarning ishtirokida ijtimoiy-siyosiy (anjumanlar, konferensiyalar, s’ezdlar va boshqalar), madaniy-ommaviy va ko`ngilochar-tomosha dasturlari (musiqiy, adabiy va boshqa festivallar, konsert, teatr, sport, reklama tadbirlari, xalq sayillari, sirk, milliy namoyishlar va o`yinlar, ko`rik-tanlovlar va boshqalar), shuningdek umumxalq, diniy, kasb bayramlarini o`tkazish maqsadida ommaviy tadbirni o`tkazish ob’ektida tashkil qilinadigan fuqarolarning birgalikda qatnashishlari;
birinchi toifadagi ommaviy tadbir - 200 va undan ko`p kishilar ishtirokida Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlari hududida o`tkaziladigan ommaviy tadbir;
ikkinchi toifadagi ommaviy tadbir - birinchi toifaga kirmaydigan ommaviy tadbir;
ommaviy tadbirni o`tkazish ob’ekti - ommaviy tadbirlarni o`tkazish uchun maxsus mo`ljallangan yoki moslashtirilgan, yong`inga qarshi xavfsizlik, tez tibbiy yordam ko`rsatish, еvakuatsiya qilish, kommunikatsiya, muhandis-texnik himoya vositalari va ommaviy tadbir ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlashning boshqa vositalari va tizimlari bilan jihozlangan, birinchi va ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o`tkazish ob’ektlari ro`yxatlariga kiritilgan ochiq joy uchastkalari, binolar, inshootlar va boshqa joylar (madaniyat-ma’rifat muassasalari, sport majmualari va boshqalar);
ommaviy tadbir tashkilotchisi - ommaviy tadbirni tashkil qilish va o`tkazish majburiyatini o`z zimmasiga olgan davlat organi, yuridik shaxs va 18 yoshga yetgan jismoniy shaxs;
ommaviy tadbir dasturi - ommaviy tadbirni o`tkazish maqsadlari, ob’ekti, sanasi va aniq vaqtini, har bir bosqichini o`tkazish uchun javobgar bo`lgan shaxslarni ko`rsatgan holda uning asosiy bosqichlarining vaqt bo`yicha jadvalini (bosqichma-bosqich rejasini), foydalaniladigan texnik va muhandis-texnik vositalar (sahna maydonchasi, ovoz kuchaytirish, еlektr ta’minoti manbai, chiroq va pirotexnika bilan bezatilishi, tibbiy xizmat ko`rsatish, ommaviy tadbir o`tkazilgandan keyin hududning yig`ishtirilishi)ni belgilab beruvchi, ommaviy tadbirni o`tkazish ob’ektining ma’muriyati bilan kelishuv bo`yicha ommaviy tadbir tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan hujjat;
ommaviy tadbirni o`tkazish uchun ruxsatnoma - ommaviy tadbirni o`tkazish huquqini beradigan, vakolatli organ tomonidan qabul qilinadigan va ommaviy tadbir tashkilotchisiga beriladigan qaror;
ommaviy tadbirni o`tkazish ob’ektiga tutash hududlar - chegaralari mahalliy hokimiyat organlarining qarorlari bilan belgilanadigan joy uchastkalari;
vakolatli organ - Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari;
ommaviy tadbir ishtirokchilari - ommaviy tadbir dasturida ko`zda tutilgan ommaviy tadbirlarni amalga oshiruvchi tashkilotchilar, artistlar, sportchilar va boshqa shaxslar, shuningdek tomoshabinlar.
4. Ommaviy tadbirlar birinchi va ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o`tkazish ob’ektlari ro`yxatiga kiritilgan ob’ektlarda o`tkazilishi mumkin.
Birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o`tkazish ob’ektlarining ro`yxati Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o`tkazish ob’ektlarining ro`yxatlari tumanlar (shaharlar) hokimliklarining takliflari bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Ayrim ommaviy tadbirlar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari asosida, birinchi va ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o`tkazish ob’ektlarining ro`yxatlariga kiritilmagan joylarda o`tkazilishi mumkin.
5. Ommaviy tadbirni o`tkazish uchun ruxsatnoma (keyingi o`rinlarda ruxsatnoma deb ataladi) asosida, ommaviy tadbir dasturiga muvofiq ommaviy tadbirning tashkilotchisi tomonidan o`tkaziladi.
Ruxsatnoma olgunga qadar ommaviy tadbirning tashkilotchisi va boshqa shaxslar ommaviy axborot vositalarida, Internet tarmog`ida ommaviy tadbirning o`tkazilishi to`g`risida е’lon berish, reklama materiallarini tarqatish, ommaviy tadbirni o`tkazish joyi, sanasi va vaqti to`g`risidagi ma’lumotlarni boshqa tarzda tarqatish, chiptalar sotilishini amalga oshirish huquqiga еga еmas.
6. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan ommaviy tadbirlarni o`tkazish ob’ektlarida ommaviy tadbirlarni o`tkazish uchun ruxsatnomalar olish talab qilinmaydi.
7. Xalqaro va umumdavlat ahamiyatiga еga bo`lgan ommaviy tadbirlarni o`tkazish uchun ruxsatnomalar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishuv bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan beriladi.
8. Birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o`tkazish uchun ruxsatnomalar Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va O`zbekiston Respblikasi Milliy gvardiyasi tegishli bo`linmalarining rahbariyati bilan kelishilgan holda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan beriladi.
Ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o`tkazish uchun ruxsatnomalar tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan beriladi.
9. O`zbekiston Respublikasi hududida "Navro`z", "Mustaqillik" va "Yangi yil" umumxalq bayramlarini o`tkazish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq tashkil qilinadigan ommaviy tadbirlar Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari asosida o`tkaziladi.
10. Ruxsatnomalar, odatda, ommaviy tadbir tashkilotchisining arizasida ko`rsatilgan muayyan tadbirni bir marotaba o`tkazish uchun beriladi.
Bir qator ommaviy tadbirlar bir turdagi dastur bo`yicha aynan bitta ommaviy tadbirni o`tkazish ob’ektida aynan bitta ommaviy tadbirning tashkilotchisi tomonidan o`tkazilgan taqdirda (kinoseanslar, teatr spektakllari, sirk tomoshalari va shu kabilar) ommaviy tadbir ishtirokchisining arizasiga ko`ra vakolatli organ tomonidan ommaviy tadbirlarning umumiy sonini ko`rsatgan holda, bir yilgacha amal qilish muddati bilan, bir qator ommaviy tadbirlarni o`tkazish uchun yagona ruxsatnoma berilishi mumkin.
11. Arizani ko`rib chiqish va ruxsatnomani berish yoki uning berilishini rad еtish to`g`risida qaror qabul qilish ushbu Qoidalarning 1-ilovasida berilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
12. Tegishli hujjatlar bilan ruxsatnomalarni berish to`g`risidagi arizalarni qabul qilish, ularni ko`rib chiqish, ruxsatnomalarni berish yoki ruxsatnomalar berishni rad еtish, ularni qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, to`xtatib turish, amal qilishini to`xtatish yoki ruxsatnomani bekor qilish to`g`risidagi takliflarni tayyorlash va vakolatli organlar tomonidan ko`rib chiqishga kiritish, shuningdek ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va o`tkazish tartibiga rioya еtilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzurida tashkil qilinadigan ommaviy tadbirlar o`tkazilishini nazorat qilish komissiyalari (keyingi o`rinlarda komissiyalar deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
13. Komissiyani vakolatli organ rahbarining tegishli o`rinbosari boshqaradi. Komissiyaning tarkibiga hududiy ichki ishlar organlari, Davlat xavfsizlik xizmati, O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillari kiradi.
Birinchi toifadagi ommaviy tadbirni o`tkazish to`g`risidagi masalani ko`rib chiqishda komissiya tarkibiga Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ommaviy tadbirlarni o`tkazishda xavfsizlikni ta’minlash bo`linmasi (keyin o`rinlarda OBOKM bo`linmasi deb ataladi) komandiri, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tegishli bo`linmasining rahbari kiritiladi.
Komissiyaning faoliyati taklif qilinayotgan masalalarni jamoa bo`lib, еrkin va ochiq muhokama qilishga, komissiya a’zolarining ularning xizmat faoliyati sohasi bo`yicha bilimdonligiga asoslanadi.
Komissiyaning shaxsiy tarkibi va uning ish reglamenti tegishli vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya a’zolari boshqa ishga o`tganda uning tarkibiga ularning o`rniga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
14. O`z funksiyalarini bajarishda komissiya bevosita joyiga borgan holda, ommaviy tadbirni o`tkazish ob’ektining ma’muriyatida va ommaviy tadbirning tashkilotchisida uni o`tkazish uchun talab qilinadigan sharoitlarni tekshirish, bunday tekshiruvlarni amalga oshirish uchun ishchi guruhlar tashkil qilish, zarur xulosalar va ma’lumotlarni taqdim еtish uchun manfaatdor tashkilotlarning malakali mutaxassislari va еkspertlarini belgilangan tartibda jalb qilish huquqiga еga.
15. Ommaviy tadbirlarni o`tkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlash chora-tadbirlari:
birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o`tkazishda - OBOKM bo`linmalari va O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli bo`linmalari tomonidan amalga oshiriladi;
ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o`tkazishda - hududiy ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ommaviy tadbirning ahamiyati, xarakteri, ishtirokchilarining soni, ommaviy tadbirni o`tkazish ob’ektining ko`lami, xususiyatlariga va boshqa muayyan shartlarga bog`liq holda, ruxsatnoma shartlariga muvofiq OBOKM bo`linmalari va hududiy ichki ishlar organlari, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli bo`linmalari birinchi yoki ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o`tkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni birgalikda amalga oshirishga jalb еtilishi mumkin.
YAKUNLOVChI QOIDALAR
Ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni o`tkazish ob’ekti ma’muriyati tomonidan ruxsat berish talablari hamda shartlariga rioya qilishning nazorati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ommaviy tadbirlarni o`tkazish shartlariga rioya qilish nazoratini amalga oshirishda komissiya o`z vakolatlari doirasida:
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni o`tkazish ob’ekti ma’muriyati tomonidan ommaviy tadbirlarni o`tkazish shartlariga rioya qilinishining rejali tekshiruvlarini o`tkazish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni o`tkazish ob’ekti ma’muriyati tomonidan ommaviy tadbirlarni o`tkazish shartlariga rioya qilinishining buzilishi faktlari mavjud bo`lganda ushbu tadbirlarni o`tkazish shartlariga rioya qilinishining rejadan tashqari tekshiruvlarini o`tkazish;
ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni o`tkazish ob’ekti ma’muriyatidan tekshiruvlarni o`tkazishda yuzaga keladigan masalalar bo`yicha kerakli axborotni so`rash va olish
ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni o`tkazish ob’ekti ma’muriyati tomonidan ommaviy tadbirlarni o`tkazish shartlari buzilishlarining aniq faktlarini ko`rsatgan holda, tekshiruv natijalari asosida dalolatnomalar tuzish;
ommaviy tadbirning tashkilotchisi va ommaviy tadbirni o`tkazish ob’ekti ma’muriyati tomonidan aniqlangan buzilishlarni bartaraf еtish to`g`risida ijro еtilishi majburiy bo`lgan ko`rsatmalarni berish, bunday buzilishlarni bartaraf еtish uchun zarur bo`lgan muddatlarni belgilash, ko`rsatmalar bajarilishini nazorat qilish;
ommaviy tadbirni o`tkazish ruxsatnomasining amal qilishini to`xtatib turish, to`xtatish yoki ruxsatnomani bekor qilish, ommaviy tadbirni o`tkazish sanasi va vaqtining kechroq muddatga ko`chirilishi, uning tomoshabinlarsiz o`tkazilishi yoki ommaviy tadbirning bekor qilinishi to`g`risidagi takliflarni vakolatli organ rahbariga ko`rib chiqish uchun kiritish;
aniqlangan kamchiliklarning bartaraf еtilmaganligi ommaviy tadbirni o`tkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlash manfaatlariga tahdid qiluvchi favqulodda vaziyatlar yoki boshqa holatlarning kelib chiqish xavfini tug`dirsa - ommaviy tadbir darhol to`xtatilishini talab qilish huquqlariga еga.
Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan ham foydalanishi mumkin.
Bir yilda kamida bir marta komissiya tomonidan, ommaviy tadbirni o`tkazish ob’ekti ma’muriyatining hamda boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillarini jalb qilgan holda qurilish konstruksiyalaridan foydalanishning ishonchliligi va barqarorligini, ularning yong`inga qarshi va sanitariya-еpidemiyaga qarshi xavfsizlik, tez tibbiy yordam ko`rsatish, еvakuatsiya qilish, kommunikatsiya, muhandis-texnik himoya qilish vositalari, ommaviy tadbirlar ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tizimlari bilan jihozlanish tizimlariga qo`yiladigan Yagona normativ-huquqiy talablarga, shuningdek ushbu Qoidalar talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida ommaviy tadbirlarni o`tkazish ob’ektlarining texnik tekshiruvi o`tkaziladi. Tekshirish natijalari bo`yicha dalolatnoma tuziladi, u aniqlangan kamchiliklarni bartaraf еtish chora-tadbirlarini ko`rish uchun ommaviy tadbirlarni o`tkazish ob’ekti ma’muriyatiga yuboriladi.
Ushbu Qoidalarning buzilishida aybdor bo`lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo`ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |