O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
DI-11-20 GURUH TALABASINING
KOMPYUTER TASHKIL ETILISHI
FANIDAN
6-AMALIYOT ISHI
Bajardi: Akbarov G’anisher
Qabul qildi: Nazarov Sherzod
QARSHI-2022
Mavzu: Protsessor va ularning ishlash prinsiplari. Intel va AMD protsessorlari, Pentium sinfi protsessorlari va ularning asosiy farqi.
Reja:
Mikroprotsessor tarkibi.
Arifmetik-Mantiqiy Qurilma.
Intel va AMD protsessorlari.
Protsessor inglizchada „Process“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „jarayon“ — jarayonni amalga oshiruvchi, boshqaruvchi maʼnolarini bildiradi. Kompyuter Protsessori asosan kompyuterda boʻladigan jarayonlarni amalga oshirish va boshqarish vazifalarini bajaradi. Asosiy oʻlchov birligi chastota hisoblanadi. Protsessor chastotasi uning maʼlum vaqt ichida nechta amalni bajara olishini ifodalaydi.
Protsessor (lot. processus — surilish) — elektron mashinaning dastur (programma) da koʻzda tutilgan amallar; informatsiyani oʻzgartirish, barcha hisoblash jarayonlarini, xisoblash mashinasidagi boshqa qurilmalarning ishini boshqarib turish uchun moʻljallangan markaziy qurilmasi. Asosiy qismlari: arifmetikmantiqiy qurilma va boshqarish qurilmasi. Arifmetikmantiqiy qurilmada axborot arifmetika va mantiq jihatidan qayta ishlanadi. Boshqarish qurilmasi xotiradagi axborotlarni chiqarish tartibini belgilaydi, boshqaruvchi signallarni ishlab chiqadi, mashinadagi qurilmalarning ishini uygʻunlashtiradi, dasturni uzish signallarini qayta ishlaydi, xotiradagi axborotlarni muhofazalaydi, P. ishini nazorat qiladi. P. da bulardan tashqari, oʻta tezkor xotira qurilmasi va tashkiliy bloklar ham bor.
Mikroprotsessor (MP). Bu, Shahsiy Kompyuter(ShK)dagi markaziy blok bo’lib, mashinaning barcha bloklari bajaradigan ishlarni boshqarish hamda axborot bilan arifmetik va mantiqiy operatsiyalar bajarish uchun mo’ljallangan.
Mikroprotsessor tarkibiga quyidagilar kiradi:
Boshqaruv Qurilmasi (BQ) – oldin bajarilgan operatsiyalarning natijalari va ayni fursatda bajarilayotgan operatsiyadan kelib chiqadigan muayyan boshqaruv signallarini (boshqaruv impulslarini) shakllantirib, mashinaning barcha bloklariga zaruriy fursatlarda uzatib boradi, bajarilayotgan operatsiyada foydalaniladigan xotira uyalarining manzillarini shakllantirib, ularni EHMning tegishli bloklariga uzatadi, mazkur boshqaruv qurilmasi impulslarning asosiy izchilligini taktli impulslar generatoridan oladi;
Arifmetik-Mantiqiy Qurilma (AMQ) – sonli va belgili axborot bilan bajariladigan barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan (ShKning ayrim modellarida operatsiyalar ijrosini jadallashtirish uchun AMQga qo’shimcha matematik soprotsessor ulanadi);
Mikroprotsessor Xotirasi (MPX) – mashina ishining bevosita taktlarida bajarilayotgan hisob ishlarida qo’llaniladigan axborotni qisqa muddatga yozib
olish va aks ettirish (uzatish) uchun xizmat qiladi. Negaki, asosiy xotira qurilmasi (AXQ) doim ham tez ishlovchi mikroprotsessor samarali ishlashi uchun zarur bo’ladigan axborot yozish, qidirish va hisoblab chiqarish tezligini ta’minlay olmaydi;
Registrlar – uzunligi turlicha bo’la oladigan tez ishlovchi xotira uyalari (standart uzunligi 1 bayt ga teng va ish tezligi ancha past bo’lgan AXQ uyalaridan farq qiladi);
Mikroprotsessorning Interfeys Tizimi – ShKning boshqa qurilmalari bilan ulanib, aloqa bog’lashni ta’minlaydi; o’z ichiga MPning ichki interfeysi va xotirada saqlovchi bufer registrlarni hamda kiritish-chiqarish portlari (KChP) va tizim shinasini boshqarish sxemasini mujassam etadi.
Interfeys (ingl. interface) – kompyuterda mavjud qurilmalarni o’zaro ulab, ular o’rtasida aloqa bog’lash va unumli hamkorligini ta’minlash uchun mo’ljallangan vositalar majmui.
1-rasm (protsessor arxitekturasi)
Shahsiy kompyuterlar uchun ishlab chiqariladigan integrallashgan va integrallashmagan protsessorlar mavjud bo’lib, CPU (Central Processing Unit)-operatsiyalar bajarish uchun bo’lsa GPU (Graphics Processing Unit)- grafik ma’lumotlarni tashish uchun kerak bo’ladi.
Integrallashgan – CPU va GPU bitta integrallashgan platada joylashgan bo’lib yuqoridagi rasmda ham aniq ko’rinib turibdi. Misol uchun oladigan bo’lsak Intel kompaniyasining yangi Core iX turkumdagi mikroprotsessorlarida integrallashgan platadan foydalanilgan
Inntegrallashmagan – CPU va GPU kata integrallashgan platada alohida holatda joylashgan bo’ladi. Bu rasmda ham chiroyli misol tariqasida keltirilgan.
Endi ularning texnik ko’rsatkichlari haqida fikr yuritsak. Ularni qo’ldan kelgancha keltirib o’tsak
Mikroprotsessorning arhitekturasi;
Mikroprotsessorning yadrolar soni (Core);
Mikroprotsessorning chastotasi (GHz);
Mikroprotsessorning kesh xotirasi (Chache);
Mikroprotsessorning o’lchamli texnologiyasi (nm);
Mikroprotsessor shinasining chastotasi (FSB);
Mikroprotsessor controller bilan bog’lanish tezligi (QPI); va boshqalar
•
Mikroprotsessor arxitekturasi – foydalanuvchi nuqtai nazaridan qaraladigan mantiqiy tuzilish bo’lib, MP tizimini tuzish uchun zarur bo’ladigan funktsiyalarning apparatlar va dasturlar vosita amalga oshirilishiga ko’ra mikroprotsessorda joriy etiladigan imkoniyatlarni belgilab beradi. x86(x32) va x64 kabi ifodalarga ko’plab duch kelammiz va shu protsesorning arhitektusining belgisi hisoblanadi
Mikroprotsessorning yadrolar soni- parallel ravishda ma’lumotlarni qayta ishlovchi ko’rsatkichi bo’lib bu qancha ko’ sinli bo’lsa kompyuter ma’lumotlarni tezroq qayta ishlashga erishadi. Bu ikkaga karrali ravishda o’sib boradi. Masalan 1,2,4 va hokazo Mikroprotsessorning chastotasi – bu kompyuterning taktik tezligi bo’lib, hozirgi kunda GHz larda o’lchanmoqda (operatsiyalar soni / sekund ) sekundiga sodir bo’la oladigan amallar soni. Bu ko’rsatkich qancha yuqori bo’lsa ko’p funktsiyali dasturlar va o’yinlarda qo’lkeladi.Hozirgi kunda normar chastota 2.5GHz-3.6 GHz atrofida qo’llanilmoqda. Lekin odatda bu parametr uncha katta qiymatda ishlamaydi. O’rtacha 400-1000 MHz qismini ishlatiladi. Bazan esa 100 Mhz ham ishlab turaveradi.
Mikroprotsessorning kesh hotirasi – Kompyuter platasidagi yagona sinxron ishlovchi hotira qismi bo’lib operatsiyalarning ehtimolligini bashorat qiluvchi va opratsiyalarni ketma ketlik algoritmini saqlab turuvchi vazifasini o’taydi. Bu hotira hozirgi kunda 3 bosqichdan iborat bo’lib L1,L2 va L3 deb belgilanadi. Optimal variant L2 bosqich 2MB L3 bosqich esa 4-6MB bo’lib kelmoqda.
Mikroprotsessorning o’lchamli texnologiyasi – Bu bo’lim protsessorning quvvat sarflaydigan parametrini ifodalab uning mikro ko’rinishdagi holati haqida ahborot beradi.Masalan hozirgi kunda 40-9 nm lik ashyolardan foydalangan holda mikroprotsessorlarni yasab kelishmoqda.
Mikroprotsessor shinasing chastotasi – Bu protsessorni controller va RAM bilan bog’lovchi transport hisoblanadi. Ko’zga ko’ringan holatlari 1333MHz 2666 MHz. Mikroprotsessor va controller va boshqa mikrosxemalar bilan bog’lanish tezligi- Parallel polosali uzatish liniyasi bo’lib ma’lumotlarni Core-Core va CoreChipset yo’nalishda tashiydi Hozirgi kunda 5.6-25.6 GT/s normal hisoblanadi.
Intel, AMD ,Motorola kompaniyalari ozlarining turi hil mikroprotsessorlarini ishlab chiqarmoqda. Yetakchilari Intel va AMD bo’lib hozirda juda kuchli protsessorlari mavjud. Intel firmasining Celeron, Pentium, Core iX ,Xeon markali ;AMD firmasining Ryzen, Athlon, A-Series, G- Series, R-Series, Epyc va shu kabilari.
2-rasm (Intel protsessorlari)
Endi birorta Intel protsessorini ko’rib chiqsak misol uchun Intel Core i9 9900 seriyasi
10 yadroli, 3.5 GHz va max 4.4GHz lik CPU, 19.25 MB smart kesh hotira, QPI 8GT/s, Quvvati 165 W. Arxitekturasi x86 x64
AMD firmasining AMD Ryzen Threadripper 3990x markali protsessorini ko’rib chiqsak.
Yaderlar soni-64 ta, Potokar soni 128 ta, bazaviy chastota-2.9 GHz, max chastota–4.3GHz L1=4MB, L2=32MB,e’tibor bering L3=256MB(AMD EPYC 7742 da ham shunday), shina chastotasi=3200MHz, arxitekturasi x32 x64 . Bu firmaning yana bir a’zosi bo’lmish AMD EPYC 3000 bir hususiyati bilan lol qoldiradi. Uning integrallashgan tizimi yordamida e’tibor bering 4 kanalli.
(DDR4) 1TB gacha RAMni qabul qila olar ekan, bu shunchaki mo’jiza.
3-rasm (AMD EPYC 3000 protsessori)
Do'stlaringiz bilan baham: |