Aylanma pechni alohida uchastkalarini ta’mirlash usuli.
Ma’lumki yuritmani ta’mirlash yoki tirgaklardan birida g’ildirakni almashtirish pechni aylanishiga yo’l qo’ymaydi va shu bilan payvandlash va futerovka ishlarini to’xtatib qo’yadi. Bu kamchilik aylanma pechning alohida uchastkalarini alohida ta’mirlansa bartaraf qilinadi. SHunday qilib zanjir zonasini tirgaklar orasidagi nuqsoni bor uchastkani qirqish yoki olib tashlash yo’li bilan erishish mumkin.
Paydo bo’lgan teshikdan eng qisqa vaqt ichida tushib ketgan qoplamani, zanjir zonasidagi zanjirlar va segmentlarni olib tashlash mumkin. SHunday qilib birdaniga aylanma pechning 2 – 3 uchastkasini himoyalash va ta’mirlash mumkin.
Ta’mirlash ishlarini mexanizatsiyalash va segmentlarning o’rnatilishini tezlashtirish, betonlash va zanjirlarni osish uchun pech korpusining zanjirli zonasini vaqti – vaqti bilan maxsus moslama yordamida aylantirib turadi. Moslama ikkita gidravlik domkratdan iborat. Domkratlarning yuk ko’taruvchanligi 200N (ularning parametrlarini yurishi 500 mm), bitta moy sistemasiga ulangan: Nasos stantsiyasi va moy bloki quvurlar va jumraklar tizimi.
SHdrodomkran porshenlari bandajning ikkala tomonidan 800 mm oralig’i bilan pech korpusiga payvandlangan kranshteynga tiranib stantsiya ulanganda pech
korpusini aylantiradi. Pech korpusining aylanish vaqtini qisqartirish uchun ikkita domkrat o’rnatiladi, kranlar sistemasini birin – ketin ishga tushiradi. Aylanma pechlarni ta’mirlashda shunday usul qo’llanganda ta’mirlash ishlari fronti kengayib, ta’mirlash vaqti qisqaradi.
Aylanma pechlarni tezkor ta’mirlashda uzellik usulini qo’llash kerak, chunki bu usul birdaniga yeyilgan yuritma uzellarini yoki avvaldan tayyorlab qo’yilgan yoki ta’mirlangan sektsiyalarni almashtirish ko’zda tutadi. Pech korpusida nuqsonli uchastkalarni massasi 120 g bo’lgan bloklar bilan almashtirish uchun kuchli yuk ko’taruvchi vositalar qo’llash ko’zda tutiladi, bunda ta’mirlash ishlarning ko’p qismi agregatni to’xtashdan oldin bajariladi.
Pechning foydalanish holatini aniqlab ta’mirlash usulini tanlagandan keyin texnik xujjatlarni ishlab chiqishga kirishadi.
Texnik xujjatlar tuzilganda yo’riqnoma va tavsifnomalardan foydalanish
lozim.
Texnik xujjatlar tarkibiga quyidagilar kiradi: nuqson va komplektlovchi
qaydnomalar, tayyorlov ishlari jadvali, ishlar loyihasi (IL) – bunda tayyorgarlik va asosiy ishlar texnologiyasi ishlab chiqiladi.
Texnik xujjatlar ishlab chiqilgandan keyin tayyorlov ishlari osib boriladi.
Tayyorlov ishlar jadval bo’yicha olib boriladi. Jadvalga shaxobcha yo’llar tayyorlash va uzellarni eltib beruvchi vositalar, yuk ko’taruvchi transport va ko’tarib turadigan qurilmalarni o’rnatish elementlarni yiriklashtirib yig’ilishini tashkil etilishi kiradi.
Pechni ta’mirlash ishlarini olib borish uchun (gardishlar, g’ildirakchalar va boshqa qismlar almashtirish massasi 20 t dan ko’p) xartumli yuk ko’targichlar (60
– 100 t), to’rt ustunli ko’targichlar, peshtoqlar quriladi; zanjirli qoplama va issiqlik almashtirgichlarni almashtirish uchun – avtomabil va xartumli ko’targichlar (yuk ko’taruvchanligi 16-25t) va boshqa yuk ko’taruvchi mexanizmlar, g’ildiraklar, bandajlar va gardishlarni tashish uchun – yuk ko’taruvchanligi 40 t lik traylerlar, shatok mashinalar va traktorlar (yig’iladigan bloklar uchun). Pechni ta’mirlaganda
yuk ko’taruvchanligi 600 t gacha gidravlik diametrlar, chig’irlar, chervyakli va dastakli chig’irlar, bloklar (estakadalar, turli inventar havozalar) qo’llanadi.
Katta quvvatga ega bo’lgan aylanma pechlarni ta’mirlash uchun yuk ko’taruvchanligi 120 g KMK – 120 chorpoyaga krandan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Aylanma pechlarni kapital ta’mirlashda va qayta tiklashda yuk ko’taruvchi va ko’tarib turadigan moslamalarningsh sxemasini, ta’sir etish doirasini ko’rstaib ishlab chiqiladi.
Ko’tarish – tashish mexanizmlardan tashqari ta’mirlash ishlarini olib borish uchun quyidagilar kerak:
Gardishlarni yig’ish uchun murvatli domkrati bor tayanch qurilmasi, halqali choklarni avtomatik payvandlash uchun moslama, PGS – 500 va AS – 600 ta’minlovchi manbali A 537 PDPG – 500, A – 1197 payvandlovchi avtomatlar, gaz bilan payvandlovchi apparat, keskichlar va boshqalar.
TSement pechlar ta’mirlanganda turli tipdagi inventar havzalar qo’llaniladi. Yig’ma – ajratma qurilmaga ega bo’lgan metall (payvandlangan) havozalar
sirpang’ich va qismlarga ajratiladigan bo’limlardan iborat: tepa to’sinlarning 2,0 m balandlik sektsiyalar; 3 – 0,8mm, 4-0,4m, 5-0,2m payvandlangan, bo’laklarga (qismlarga) bo’linmaydigan; 2-3 sektsiyalar esa – qismlarga (bo’laklarga) ajratiladigan, bir – biri bilan boltda qiya sinchlar bilan ulangan ikkita payvandlagan panellar.
Baland inventar hazalarni tortqilar bilan tortib qo’yiladi yoki mahkamlashning boshqa uzellari qo’lanadi (aylanma pechning poydevorlar tayanchiga payvandlash, qiyaliklar o’rnatish va h.k.).
Do'stlaringiz bilan baham: |