Chaqaloqlar ingichka ichagi uzunligi 1,2 - 2,8 m, 2-3 yoshda o'rtacha uzunligi 2,8 m. Ikkinchi bolalik davri ortalariga kelib, uning uzunligi katta odamlar ichagi uzunligiga teng bo'ladi (5 - 6 m atrofida). Ingichka ichak yorig'i kengligi hayotining birinchi yilida 16 mmni tashkil etadi. 3 yoshda 2-3.2 mm bo'ladi. - Chaqaloqlar ingichka ichagi uzunligi 1,2 - 2,8 m, 2-3 yoshda o'rtacha uzunligi 2,8 m. Ikkinchi bolalik davri ortalariga kelib, uning uzunligi katta odamlar ichagi uzunligiga teng bo'ladi (5 - 6 m atrofida). Ingichka ichak yorig'i kengligi hayotining birinchi yilida 16 mmni tashkil etadi. 3 yoshda 2-3.2 mm bo'ladi.
- Chaqaloqlar o'n ikki barmoqli ichagi halqa shaklida, egatchalari keyinroq shakllanadi.
- Chaqaloqlarda yonbosh ichak ilgagi turli xil: gorizontal va vertikal, bu charvi ildizi va ichak funksional holati bilan bog'liq. Shilliq qavat burmalari va kipriklari kuchsiz rivojlangan.
- Chaqaloqlar yo'g'on ichagi qisqa, uning o'rtacha uzunligi - 63 sm, chambarsimon ichak gaustralari va yog' o'simtalari yoq. Olti oylikda gaustralar birinchi bo'lib paydo bo'ladi, keyin bola hayotining 2-chi yilida yog' o'simtalari paydo bo'ladi. Ko'krak yoshi oxirida ingichka ichak 83 sm gacha uzayadi, 10 yoshda 118 sm ga yetadi. Chambarsimon ichak tasmalari gaustralar va yog' o'simtalari 6-7 yoshda qo'shimcha shakllanadi.
- Chaqaloqlarda jigar katta o'lchamda, qorin bo'shlig'ining yarmidan ko'proq hajmini egallaydi. Chaqaloqlarda jigar vazni -135 gr, tana og'irligining 4,0-4,5%ni tashkil qiladi (kattalarda 2-3%), jigar diafragmal yuzasi chiqib turadi, jigar chap bo’lagi o'ng bo'lagi o'lchamiga teng yoki undan katta. Jigar pastki qirrasi bukilgan, uning chap bolagi ostida chambarsimon ichak joylashgan. Jigar yuqori chegarasi o'ng o'rta o'mrov chizig'i bo'yicha V-qovurg'aga teng, chap chegarasi - VI qovurg'aga teng. Jigar chap bo'lagi chap o'rta o'mrov chizig'i bo'ylab, qovurg'alar yoyini kesib o'tadi. 3-4 oylik bolada qovurg'alar yoyini jigar chap bolagi bilan kesishgan joyi, uning o'lchami kichikligi uchun ko'krak oldi chizig'ida joylashadi. Chaqaloqlarda jigar pastki qirrasi o'ng o'rta o'mrov chizig'i bo'ylab, qovurgalar yoyidan 2.5-4,0 sm chiqib turadi, old o'rta chizig'i hanjarsimon o'sirntadan 3,5-4,0 sm pastda joylashgan. Ba'zida jigar pastki qirrasi o'ng yonbosh suyak qanotlariga yetadi. 3-7 yoshli bolalarda jigar pastki qirrasi qovurg'alar yoyidan 1,5-2,0 sm pastda o'rta o'mrov chizigida yotadi. 7 yoshdan keyin jigar pastki qirrasi qovurgalar yoyidan chiqmaydi. Jigar ostida oshqozon joylashgan.
- Chaqaloqlarda o't pufagi uzunroq (3,4 sm), ammo uning tubi jigar pastki qirrasidan chiqib turmaydi 10-12 yoshda o't pufagi uzunligi ikki martaga ortadi. O't pufagi qorin old devorida qovurg'a yoyidan pastda proeksiyalanadi, oldingi o'rta chiziqdan 2 sm o'ngda. O't pufagidan pastda o'n ikki barmokli ichak, ingichka ichak qorin qismi halqasi va ko'ndalang chambarsimon ichak joylashgan.
- Erta yoshdagi bolalarda oshqozon-ichak trakti harakat funksiyasi ham bir qancha xususiyatlarga ega. Qizilo'ngach peristaltik to'lqini va uning pastki qismini ovqat bo'laklari bilan mexanik qo zgalishi oshqozonga kirish qismida reflektor qo'zgalishni chaqiradi. Oshqozon motorikasi peristaltikadan (kardial qismidan tubigacha bo'lgan qisqarishning ritmik to'lqini) peristola (ovqatni tortuvchan ta'siriga oshqozon devori ko'rsatadigan qarama-qarshilik) va oshqozon devori tonusi to'lqinianishi bola ovqat yegandan 2-3 soatdan keyin boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |