bajardi: 205-18 guruh sa’dullayev.sh - mavzu: Magistral quvurlarning tabiiy va su’niy to’siqlardan o’tishi
Mustaqil ish
Reja: - Magistral neft quvuri.
- Magistral neft quvurlari tarixi.
- Magistral neft mahsulotlari quvurlarini sun’iy va tabiiy to‘siqlardan o’tish joylarida xavfsizlik talablari
Magistral neft quvuri. Magistral neft quvurlarining tarkibi magistral gaz quvurlariga o`xshash bo`lib – bosh inshoot, bosh nasos stantsiyasi, quvurlar tizmasi, oraliq nasos stantsiyasi turli to`siqlardan o`tish joylari, elektrokimyoviy himoya vositalari va boshqalardan tashkil topgan bo`ladi.
Magistral neft quvurlari tarixi. 1. Neft quvurlari.
2. Bosh inshoot.
3. Bosh nasos stantsiyasi.
4. Quvur.
5. Tabiiy va sun‘iy to`siqlar.
6. Oraliq nasos stantsiyasi (NS).
7. Elektrokimyoviy himoya vositalar.
8. Neftni qayta ishlash zavodi.
9. Iste‘molchi.
-Bosh inshootda quduqlardan olinayotgan neft tarkibidan suvlar, gazlar, mineral tuzlar va mexanik qo`shimchalardan tozalab iste‘molchiga tayyorlab berishdan iborat.
-Bosh nasos stantsiyasida jo`natishga tayyorlangan neftni magisral quvurga haydashdan iborat. Neftni haydash uchun porshenli va markazga intilma nasoslaridan foydalaniladi.
Magistral neft quvurlarining chiziqli bo`limiga bosh nasos stantsiyasidan neftni qayta ishlash zavodigacha bo`lgan oraliqdagi quvurlar kiradi. Bosh nasos stantsiyasidan haydalgan neftni iste‘molchiga yetkazish uchun xizmat qiladi.
Magistral neft quvurlarining to`siqlar orqali o`tgan bo`limi quvurlarni yer osti va ur ustidan, suv osti va suv ustidan o`tishiga xizmat qiladi.
Magistral neft quvuri
-Oraliq nasos stantsiyalarining vazifasi – oraliq nasos stantsiyasi idishlarida yig`ilgan neftni kerakli bosimda magistral quvurga haydashdan iborat.
Neft haydovchi stantsiyalar orasidagi masofa 50 km dan – 150 km gacha, gaz haydovchi stantsiyalar uchun bu oraliq 100 km dan – 200 km gacha. Neft va neft mahsulotlarini uzatuvchi quvurlaridagi haydovchi (nasos) stantsiyalar elektruzatuvchili markazdan kochma kuchli nasoslar bilan jihozlangan. Neft quvurining boshida ya‘ni neft konlari yaqinida yoki neft konidan chiqib keluvchi quvurlarning oxirida bosh nasos stantsiyasi joylashgan bo`lib, uning oraliq stantsiyalaridan farqi shuki uning rezervuarlar saroyining hajmi magistral quvurni bir necha sutka uzluksiz ishlashiga yetadigan miqdorda bo`lishi kerak.
Asosiy qurilmalardan tashqari har bir nasos stantsiyada yordamchi qurilmalar kompleksi mavjud. Elektruzatuvchi liniyaga uzatilayotgan tok kuchini 110 yoki 35 KV dan 6 KV gacha kamaytirish uchun transformator stantsiyalari, isitish uchun kotyol qurilmasi, bundan tashqari suv ta‘minoti, kanalizatsiya, sovutish va x.k. sistemalarida mavjud.
Magistral neft quvur inshootlari murakkab kompleks inshoot
hisoblanganli sababli ularni to‘g‘ri ishga tushirish talab etiladi.
Birinchi navbatda kondagi texnologik quvurlar va bosh nasos stan-
siya quriladi. Shu sababli ularni inshoot elemenlari ham har xil
muddatlarda bitkazilib ishga tushirilishga topshiriladi. Bu esa
magistral neft quvurini bosqichma-bosqich ishga tushishiga sabab
bo‘ladi.
Magistral neft quvurini yotqizilish shart-sharoitiga bog‘liq hol-
da qurish ketma-ketligi quyidagicha bo‘lishi mumkin.
1. Ketma-ketlik. Neft quvurining chiziqli qismi, Bosh haydash
stansiyasi (BXS) va neft quvurining oxirgi qabul qilish punkti(OKP).
2. Ketma-ketlik. Oraliq haydash stansiyalarini ishga tushirish,
rezervuarlar saroyi bilan jihozlangan, ekspluatatsion uchastkalar
bo‘yicha bo‘linadi.
3. Ketma-ketlik. Har bir uchastkada bir yoki bir nechta oraliq
xaydash stansiyalarni ishga tushirish.
4. Ketma-ketlik. Loyihadagi qurib bitkazilgan hamma hay-
dash stansiyalarini uzil-kesil ishga tushirish.
Magistral neft quvuri
Magistral neft mahsulotlari quvurlarini sun’iy va tabiiy to‘siqlardan joylarida xavfsizlik talablari
147. Magistral neft mahsuloti quvurlarining temir yo‘l va avtomobil yo‘llari bilan kesishgan joylardagi yer osti o‘tish yo‘llarini ishlatish jarayonida bir oyda bir marta quyidagilarni tekshirish zarur:
kuzatish va chetlatish quduqlarini va chetlatish kanallarining holatini;
er qoplamasining buzilishini;
neft mahsulotlari quvurlari uchun xavfli bo‘lgan gruntning cho‘kishi va ko‘tarilishini;
himoya g‘ilofi va neft mahsulotlari quvurlarining holatini hamda ularning izolatsiya ahvolini.
148. Magistral neft mahsulotlari quvurlariga uning himoya g‘iloflari orqali elektr o‘tkazuvchanlik yo‘qligini yiliga bir marta tekshirish lozim.
149. To‘sinli, osma va arka turidagi yer usti o‘tish tarmoqlarini ishlatish jarayonida, quvur va uni ko‘tarib turgan qirg‘oqli va oraliq tayanchlarning umumiy holatini, ularning cho‘kkanligini, shuningdek machta, tros va quvurning yerdan chiqqan joyidagi mahkamlangan tuproq to‘kmalarini vizual tekshirish zarur
150. Tunnellardan o‘tkazilgan magistral neft mahsulotlari quvurlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash bo‘yicha ishlarni bajarishda, bug‘ va gazlar konsentratsiyasi tekshirilishi, bunda bug‘ va gazlarning konsentratsiyasi ruxsat etilgan chegaradan oshmasligi zarur.
Tunnellar shamollatish tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi zarur.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |