Xozirgi zamon jaxon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy (sotsial) omilning, voqelikning ta’siri ostida shakllangan inson shaxsida ikkita muxim qism bo’lganligini tasdiqlovchi nazariya yuksak mavqeani egallab turibdi. Mazkur nazariyaga binoan “ichki psixik” (“endopsixik” – yunoncha “endo” ichki degan ma’noni anglatadi) qismlarga ajratiladi, degan g’oyani ilgari suriladi. Nemis psixologi V.Shternning fikricha odam ongi chaqaloqligidan to sutkali davrgacha erishishi:
chaqaloq (yangi tug’ilgan bola) xali u odam emas, balki faqat sut emizuvchi xayvondir
olti oylikdan oshgach, psixik taraqqiyot jixatidan faqat maymunlar darajsiga tenglashadi
ikki yoshida esa oddiy odam holiga keladi
besh yoshlarda ibtidoiy poda xolatidan odamlar darajasiga yetadi
maktab davridan boshlab ibtidoiy davrni boshidan kechiradi
kichik maktab yoshida o’rta asr kishilar ongiga to’g’ri keladi
sutkali davrdagina (16-18 yoshlarda) u xozirgi zamon kishilarining madaniy darajasiga erishadi
Do'stlaringiz bilan baham: |