Odam jamiyatida turli guruxlar faoliyatida qatnashar ekan, ko’pincha, ularda har xil vazifalarni (funksiyalarni) bajaradi, o’zaro xech bir o’xshamagan rollarni ijro etadi. Masalan, ota-onaning, oilaning “egovi”, injiq, “zo’ravon” bola o’z tengqurlari davrasida extiyotkorona xarakat qilib, o’zini tamoman boshqacha tutadi. Shuningdek, jiddiy, talabchan va xizmat vaqtida boshqalarga qo’shilmaydigan sayohat davrida, mehnat faoliyatida, hashar va hamkorlikda, ulfatchilikda xazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |