Agar qarz erkin konvertirlangan valutada berilsa, foiz yuqori belgilanadi, agar u oddiy valutada berilsa, foiz nisbatan past o‘rnatiladi. Konvertirlangan pul obro‘-e’tiborli bo‘lganidan uni ishlatish oson, undan tezda yaqin daromad ko‘rish mumkin. Qarzning qan-day pul bilan berilishi Agar qarz erkin konvertirlangan valutada berilsa, foiz yuqori belgilanadi, agar u oddiy valutada berilsa, foiz nisbatan past o‘rnatiladi. Konvertirlangan pul obro‘-e’tiborli bo‘lganidan uni ishlatish oson, undan tezda yaqin daromad ko‘rish mumkin. - Qarzning qan-day pul bilan berilishi Agar qarz erkin konvertirlangan valutada berilsa, foiz yuqori belgilanadi, agar u oddiy valutada berilsa, foiz nisbatan past o‘rnatiladi. Konvertirlangan pul obro‘-e’tiborli bo‘lganidan uni ishlatish oson, undan tezda yaqin daromad ko‘rish mumkin.
- Inflatsiya darajasi Inflatsiya yuz bersa, qarzga beriladigan pul egasiga qaytib kelguncha o‘z qadrini qisman yo‘qotadi. Bunda pul egasi yutqazadi. Shu sababli foiz inflatsiyani hisobga olib o‘rnatiladi. Foiz inflatsiya shiddatiga nisbatan to‘g‘ri mutanosiblikda o‘zgaradi.
- Pulni qarzga berishdan ko‘ra boshqa yo‘sinda ishlatishdan tushadigan daromad Bunda pul egasining afzal ko‘rish tamoyili amal qiladi. Agar aksiya dividendi yuqori bo‘lsa, foiz pasayadi va aksincha. Agar aksiyaga 15 % dividend berilsa, foiz undan yuqori bo‘lishi shart. Aks holda pul egasi uni qarzga bermay, aksiya sotib olishni afzal ko‘radi.
- Qarz berishning risk darajasi Agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa, foiz past, agar bu xatarli bo‘lib, qarz qaytishi shubhali bo‘lsa, foiz yuqori bo‘ladi. Odatda moliyaviy baquvvat va nufuzli firmalar uchun foiz tayinlanadi. Yuqori va past foiz o‘rtasidagi farq pul egalari uchun ma’lum darajada qarz riskini kamaytiradi, chunki bir yerda foizning kamligi, boshqa yerda uning ortiq bo‘lishi bilan qoplanadi.
Xalqaro kredit aloqalarida foiz stavkasiga quyidagi omillar ta’sir qiladi: - qarz oluvchining mamlakatdagi valuta, moliya-kredit, iqtisodiy va siyosiy ahvol;
- loyiha riski xarakteri;
- kredit manbalari;
- kredit qiymatini tartibga solish bo‘yicha xalqaro kelishuvlar;
- foiz stavkasi turlari (suzib yuruvchi, qat’iy va aralash);
- raqobatdagi takliflarning mavjudligi;
- kredit muddati;
- inflatsiya sur’ati;
- kreditning tijorat operatsiyalariga bog‘liqligi;
- jahon va milliy bozorda ssuda kapitalining holati;
qarz oluvchi va kreditorning maqomi, nufuzi va moliyaviy holati; - qarz oluvchi va kreditorning maqomi, nufuzi va moliyaviy holati;
- kreditning ta’minot sifati;
- kredit bo‘yicha sug‘urta qoplamasinining mavjudligi;
- qarz oluvchining olingan kreditdan kelishilgan muddatda foydalanish majburiyatining mavjudligi;
- tijorat bitimlariga nisbatan kredit kelishuvi tuzilgan vaqt;
- bitim summasi;
- kredit va to‘lov valutasi;
- valuta kursi dinamikasi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |