Sifatni boshqarishda yangi strategiya.
Oxirgi yillarda sifatni boshqarishda yangi strategiya paydo bo‘ldi. Bu strategiya bir qator momentlar bilan xarakterlanadi:
- sifatni ta’minlash birorta bo‘lim orqali ishlab chiqilayotgan texnik funksiya deb tushunilmay, balki tizimli jarayon deb tushuniladi;
- sifat degan yangi tushunchaga korxonaning to‘g‘ri keluvchi tashkiliy tuzilmasi javob berishi kerak;
- sifat tayyorlovchini emas, iste’molchi talablarini qondirishga qaratilgan bo‘lishi kerak;
- sifatni oshirish hamma ishchilar qiziqib qatnashishlari orqali erishiladi va boshqa momentlar bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |