o'quvchilar guruhlarga bo'linadi:
1-guruh
«Saxovat»
2-guruh
«Ezgulik»
3-guruh
«Oqil»
4-guruh
«Odob».
II.O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Nima uchun vatanni onaga qiyoslashadi?
Ona haqida yana qanday she’rlarni bilasiz?
Onam she’rini yoddan ayting!
4
|
9
|
6
|
1
|
7
|
8
|
5
|
3
|
2
|
bo
|
zur
|
el
|
o
|
ga
|
man
|
la
|
li
|
dob
|
Guruhlarga topshiriq.
l-topshiriq. O'qituvchi guruhlarga boshqotirma beradi.
Boshqo-tirmaning yechilish yo'li o'quvchilarga tushuntiriladi.
Uni hal etish uchun o'quvchilar jadvaldagi raqamlarga qarab bo'g'inlardan so'zlar
va so'zlardan maqol hosil qiladilar. Guruhlar boshqotirmani yechish orqali maqolni topishadi.
1-guruh boshqotirmasi:
(Javob: Odobli bola elga manzur.)
3
|
6
|
9
|
1
|
5
|
7
|
8
|
4
|
2
|
Bil
|
pa
|
mas
|
qa
|
ni
|
ri
|
bil
|
gan
|
ri
|
2-guruh boshqotirmasi:
(Javob: Qari bilganni pari bilmas.)
3
|
9
|
7
|
4
|
10
|
1
|
6
|
8
|
5
|
2
|
va
|
lo
|
bi
|
bo
|
la
|
0
|
gul
|
lan
|
la
|
na
|
3-guruh boshqotirmasi:
(Javob: Ona bilan bola, gul bilan lola.)
5
|
2
|
7
|
1
|
4
|
6
|
3
|
Du
|
tin
|
ol
|
ol
|
ma
|
O
|
ol
|
4-guruh boshqotirmasi:
(Javob: Oltin olma, duo ol.)
Taqdimot. Har guruhdan bir o'quvchi chiqib, boshqotirma javobini aytadi va javobni topish usulini tushuntirib beradi.
O'qituvchi o'quvchilarga o'tgan darsda o'tilgan mavzuni o'qitib, mazmunini qayta hikoya qildiradi, uyga berilgan topshiriq so'raladi. O'quvchilarga qo'shimcha savollar beriladi.
Onam she’rini mustahkamlash.
1.Onaga ta’rif bering!
2.Men onamga yordamchi.
3.Nima qilsam oyim hursand bo’ladilar?
Bahorda tabiat o’zgarishlari haqida “daraxt gullaganda” didaktik o’yini o’ynaladi. Bu o’yinda o’quvchilarga gullar, barglarda yozilgan trqatmali savollar tarqatiladi. O’quvchilar savollarga og’zaki javob berib tarqatmalarni daraxt shoxlariga yopishtiradilar. Hamma savollarga javob bergach daraxtimiz gullaydi.
III.Yangi mavzu bayoni.
21-mart bahoriy tengkunlik, tun va kun tenglashgan palla. Ajdodlarimiz bu kunni qadim-qadimdan tabiatning uyg’onishi, ayoz qish tugab, iliq mavsumning boshlanishi sifatidanishonlab kelishgan.
Navro’z – tabiat tantanasi, ekologik bayram, mehr-oqibat, mehnat va tinchlik ayyomidir. Yurtimizda har yili Navro’z bayrami arafasida umumxalq hashari o’tkaziladi. Katta-yu kichik ko’chaga chiqib, ariqlarni tozlayadi, atrofni supurib-sidiradi, daraxtlarni oqlab, xilma-xil gullar ekadi.
Yurtimizda Navro’z qadimdan bayram qilib kelingan. Navro’z yilning boshlanish kuni hisoblangan.
Qadimgi Xitoy yilnomalarida ajdodlarimiz har bahor qir-adirlarda katta tantana bilan yangi yilni kutib olishi to’g’risida ma’laumotlar bor. Navro’z bayramida milliy o’yinlar o’ynalgan. Xalq kuy-qo’shiqlari ijro etilgan. Bayram shod-u xurramlik bilan o’tkazilib butun yil yaxshi kelishi umid qilingan.
Darslik bilan ishlash:
● O’quvchilar matnni ifodali o’qiydilar
● O’quvchilardan “Navro’z”da qilinadigan ishlar haqida so’raladi:
Navro’zda sumalak qilinadi. Ko’chalar tozalanadi. Daraxtlar oqlanadi. Navro’zda uylar ko’tariladi.
● Navro’z taomlari haqida so’raladi.
● Navro’z urf-odatlari haqida so’zlaydilar.
Harakatli dam olish daqiqasi o’tkaziladi.
Bog’imizga ko’chat ekdik
Ko’chatni biz sug’ordik,
Ko’chatim o’sib ketdi
Bo’yi osmonga yetdi.
IV. Mustahkamlash.
2-topshiriq:
Savollar:
- Siz navro’z saylida qatnashganmisiz?
- Navro’z bayrami haqida og’zaki hikoya tuzing!
- Matndan qanday yangiliklarni bilib oldingiz?
Navro’z
Navro’z yangi kun degani.
Yasharish-yangilanish degani.
Gina qudratlar yo’qoladi. Arazlashganlar yarashadi.
Keksalar holidan habar olinadi.
3-topshiriq.
• GURUHLAR NAVRO’Z HAQIDA BERILGAN MAVZULAR BO’YICHA SO’ZLAB BERADILAR
- Navro’z so’zining ma’nosi.
- Navro’z taomlari.
- Navro’z urf-odatlari
- Navro’zda qilinadigan ishlar.
V. Dars yakuni. Guruhlar taqdimotidan keyin, ular to’plagan ballar e’lon qilinadi. G’olib guruh rag’batlantiriladi. O’quvchilar baholanadi
VI. Uyga vazifa: Matnni o’qish va so’zlab berishga tayyorgarlik ko’rish
Do'stlaringiz bilan baham: |