O‘zlashtirish
bahosi
Talabaning bilimi va faoliyatiga qo‘yiladigan
talablar
5
A‘lo
Hulosa va qaror qabul qilish;
Ijodiy fikrlay olish;
Mustaqil mushohada yurita olish;
Olgan bilimlarini amalda qo‗llay olish;
Mohiyatini to‗la tushunish;
Bilish, tushuntirib berish, isbotlash;
4
Yaxshi
Mustaqil mushohada yurita olish;
Olgan bilimlarini amalda qo‗llay olish;
Mohiyatini tushunish;
Bilish, tushuntirib berish;
Tasavvurga ega bo‗lish;
3
Qoniqarli
Mohiyatini asosan tushunish;
Bilish, tushuntirib berish;
Muayyan tasavvurga ega bo‗lish;
2
Qoniqarsiz
Aniq tasavvurga ega bo‗lmaslik;
Javoblarda xatoliklarga yo‗l qo‗yilganlik;
Bilmaslik.
2) Test. Nazoratning bu shaklida standart va nostandart test topshiriqlaridan
foydalanish maqsadga muvofiq. Talabalar egallagan bilim, ko‘nikma va
malakalarni baholashda Blum taksonomiyasi asosidagi nostandart test
topshiriqlari muhim ahamiyatga ega. Chunki, bunday nostandart testlar
talabalar o‘quv maqsadlari ya‘ni bilish, tushunish, amaliyotga qo‘llash, tahlil,
sintez, hulosalash darajasini aniqroq baholash imkoniyatini yaratadi. Shu
maqsadda oraliq nazoratning test shakli 25 ta test topshiriqlaridan iborat bo‘lib,
ulardan 15 tasi standart yana 10 tasi esa nostandart test topshiriqlaridan iborat
bo‘ladi. Har bir test topshirig‘i 0,2 bahodan baholanib, so‘ngra barcha berilgan
to‘g‘ri javoblar jamlanib, nazoratning umumiy bahosi quyidagi shkala asosida
qo‘yiladi:
5 (a‘lo)
4 (yaxshi)
3 (qoniqarli)
2 (qoniqarsiz)
4,6 – 5,0
3,6 – 4,4
3,0 – 3,4
3,0 dan kam
Oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlari kafedra professor-o‘qituvchilari
tomonidan ishlab chiqiladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Nazorat
turini o‘tkazish shakli esa kafedra tomonidan belgilanadi.
Oraliq nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning
bilimini baholash fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-
o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va
mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini
olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Yakuniy nazorat turi oliy ta‘lim muassasasining tegishli fakultet dekani yoki
o‘quv-uslubiy bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladigan hamda o‘quv ishlari bo‘yicha
prorektor tomonidan tasdiqlanadigan Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish jadvaliga
muvofiq o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |