Baholash ishi va investitsiyalar


    2- BOB. BIZNES QIYMATINI BAHOLASHNING HUQUQIY



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/69
Sana08.09.2021
Hajmi1,5 Mb.
#168802
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69
Bog'liq
biznes qiymatini baholashning nazariy va amaliy jihatlari

 


 
23 
 
2- BOB. BIZNES QIYMATINI BAHOLASHNING HUQUQIY 
MEXANIZIMI VA AXBOROTLAR TIZIMI 
 
2.1. Biznes qiymatini baholashning huquqiy mexanizmi 
 
O‗zbekistonda  mulk  qiymatini  baholashning  tashkiliy-huquqiy  asoslari 
amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  islohotlar  va  davlat  mulkini  bosqichma-bosqich 
davlat  tasarrufidan  chiqarish  jarayonlarining  chuqurlashuviga  muvofiq  tarzda 
rivojlanmoqda.  Hozirgi  vaqtda  bu  asoslar  qonun  va  qonun  osti  hujjatlari,  mulk 
qiymatini  baholash        standartlarining  milliy  tizimi  va  boshqaruv  organlarining 
boshqa tartibga soluvchi hujjatlari bilan namoyon etilgan.  
O‗zbekiston  Respublikasida  baholash  faoliyatining  vujudga  kelishi  va 
shakllanishi uning huquqiy-me‘yoriy asosini yaratish va takomillashtirish bilan bir 
vaqtda  olib  borilmoqda.  Yaratilgan  huquqiy  asoslarda  baholash      faoliyatining 
tartibga  solinishi  alohida  o‘rin  tutadi.  U  «baholovchilar  xizmatlarining  sifatini 
oshirishga  va  ularning  baholovchilarning  kasbiy  hamjamiyati  (o‗zini-o`zi  tartibga 
solish)  yoki  davlat  organlari  (davlat  tomonidan  tartibga  solish)  tomonidan  yoxud 
birgalikda  belgilanadigan    ma‘lum  bir  mezonlarga  mos  kelishiga  yo‘naltirilgan 
chora-tadbirlar va tartiblar tizimini» o‗zida namoyon qiladi. 
Bunday tartibga solish quyidagilarni o‗z ichiga oladi:  
-  baholashga  nisbatan  yondashuv  va  talablarni  aniqlash,  ular,  odatda 
baholash andozalarida ifodalanadi; 
-  baholovchining  mustaqilligi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  uning  axloqiy-etik 
xususiyatlariga  nisbatan  talablarni  aniqlash,  ular  kasb  etikasi  kodekslarida 
ifodalanadi; 
-  baholovchi  kasb  mahorati  darajasiga  va  amaliy  ish  tajribasiga  nisbatan 
talablarni  aniqlash,  ular  kasbiy  malakaga  nisbatan  qo‘yiladigan  talablarda 
ifodalanadi.  
 Mamlakatimizda baholash faoliyatini yo‘lga qo‘yish, uni tubdan joriy qilish 
va  takomillashtirish  maqsadida  bir  qator  me‘yoriy  hujjatlar:  qonunlar,  Prezident 


 
24 
 
qarorlari,  Vazirlar  Mahkamasi  qarorlari,  Davlat  mulkini  boshqarish  qo‘mitasi 
qarorlari  qabul  qilindi.  Jumladan,  baholash  faoliyatining  tubdan  joriy  qilish,  uni 
yo‘lga  qo‘yish  maqsadida  1999  yil  19  avgustda  ―Baholash  faoliyati  to‘g‘risida‖ 
Qonun  qabul  qilindi.  Bundan  tashqari,  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 
2008 yil 24 apreldagi ―Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish 
va  ko‘rsatilayotgan  xizmatlar  sifati  uchun  ularning  mas‘uliyatini  oshirish 
to‘g‘risida‖ PQ-843-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 8 maydagi 210-
sonli  ―Baholash  faoliyatini  litsenziyalash  to‘g‘risida‖gi  Qarori,  va  shu  qaror 
asosida  ishlab  chiqilgan  ―Baholash  faoliyatini  litsenziyalash‖  to‘g‘risida  Nizom, 
1998 yil 21 yanvardagi 18-sonli ―Jismoniy shaxslarga mulk huquqi tegishli bo‘lgan 
bino  va  inshootlar  bo‘yicha  ro‘yxatga  olish-baholash  ishlarini  amalga  oshirish 
to‘g‘risida‖  qarori,  2009  yil  21  dekabrdagi  ―Mol-mulkni  baholash  standartlarini 
ishlab  chiqish,  tasdiqlash,  ularga  o‗zgartirish  va  qo‘shimchalar  kiritish  tartibi 
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida‖gi qarori, 2008 yil 28 iyuldagi ―Baholash 
to‘g‘risidagi  hisobotlarning  haqqoniyligini  ekspertizadan  o‘tkazish  mexanizmini 
tasdiqlash haqida‖ qarori, Davlat mulki, 2009 yil 22 apreldagi ―Intellektual mulk 
obyektlarini  baholash  tartibi  to‘g‘risidagi  nizomni  tasdiqlash  haqida‖  qarori, 
―Mulkni baholash milliy standartlari‖ va boshqa bir qator me‘yoriy hujjatlar qabul 
qilingan. 
Bundan  tashqari,  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2009  yil  31 
dekabrdagi  343-sonli  qaroriga  asosan  davlat  tashkilotlari  va  davlat  unitar 
korxonalari  balansida  bo‘lgan  asosiy  vositalarni,  ya‘ni  ko‘char  mulklarni  sotish 
tartibi  belgilab  berildi.  Bu  esa  ko‘char  mulklarni  baholashga  bo‘lgan  talabini 
oshirdi. 
Mulk  qiymatini  baholashni  tashkil  etishda  O‗zbekiston  Respublikasining 
«Baholash  faoliyati  to‘g‘risida»gi  Qonuni  alohida  o‘rin  tutadi,  unda  baholash 
faoliyati,  baholash  obyektlari,  baholash  obyekti  qiymatning  turlari  va  ularni 
qo‘llash  sohalari  tushunchalari  bilan  bog‘liq  masalalarning  keng  doirasi  qonun 


 
25 
 
yo‘li  bilan  tartibga  solish  mexanizmlari  izohlangan
9
.  Qonunda  «baholash 
obyektining  bozor  qiymati»  (7-modda)  va  «baholash  obyektining  bozornikidan 
farqlanuvchi qiymati» (8-modda) tushunchalari  muhim hisoblanadi.  
Baholash  faoliyatini  tartibga  solish  bo‘yicha  qanchalik  me‘yoriy  hujjatlar 
ishlab  chiqilmasin  mamlakatimizda  bu  faoliyat  bo‘yicha  hali  hanuz  kamchilik 
mavjud.  Jumladan,  baholovchilar  tomonidan  yetarli  bilim  malaka  ega  emasligi, 
mas‘uliyatni xis qilmasligi, baholanayotgan obyektlarni yuzaki yondashgan holda 
baholanishi  natijada  mulklarning  haqiqiy  qiymati  buzilib,  mamlakatimiz  iqtisodiy 
taraqqiyotiga  salbiy  ta‘sir  ko‘rsatib  kelmoqda.  Shu  kamchiliklarni  oldini  olish 
maqsadida  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2008  yil  24  apreldagi 
―Baholovchi  tashkilotlar  faoliyatini  yanada  takomillashtirish  va  ko‘rsatilayotgan 
xizmatlar  sifati  uchun  ularning  mas‘uliyatini  oshirish  to‘g‘risida‖  PQ-843-son 
qarori  qabul  qilindi.  Bu  qarorda  quyidagilar  ko‘rsatib  o‘tilgan:  ―Ayni  vaqtda 
baholovchi tashkilotlarning amaliy faoliyati o‘sib borayotgan zamonaviy talablarni 
qoniqtirmayapti.  Baholash  ishlari  bir  qator  hollarda  yuzaki  va  past  professional 
darajada  o‘tkazilmoqda,  xususiylashtiriladigan  obyektlarning  haqiqiy  qiymati  va 
ko‘rsatiladigan  xizmatlarning  sifati  xolisona  baholanishi  uchun  baholovchi 
tashkilotlarning  zarur  darajadagi  mas‘uliyati  ta‘minlab  berilmayapti.  ―Baholash 
faoliyati to‘g‘risida‖ O‗zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq va mustaqil 
baholash  tizimini  yanada  rivojlantirish,  baholash  xizmatlarining  professional 
saviyasi  hamda  sifatini  oshirish,  baholovchi  tashkilotlar  faoliyatini  tartibga 
solishning  samarali  usullarini  tatbiq  etish,  baholash  ishlarining  natijalari  va 
xolisligi bo‘yicha ularning mas‘uliyatini kuchaytirish maqsadida...‖.
10
 
Ushbu  qarorda,  baholovchilar  mas‘uliyatini  oshirish,  ularga  berilgan 
litsenziya  bekor  qilinib,  litsenziya  talablariga  o‗zgartirishlar  kiritilib,  boshqatdan 
baholovchi  korxonalarga  faoliyat  yuritish  bo‘yicha  litsenziyalar  berish  tartibi 
yo‘lga qo‘yish ko‘rsatib o‘tilgan.  
                                                           
9
 O‘zbekiston Resupblikasining ―Baholash faoliyati to‘g‘risida‖gi qonuni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari 
to‘plami, 2009 y. 15-son, 178-modda. 
10
  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2008  yil  24  apreldagi  ―Baholovchi  tashkilotlar  faoliyatini  yanada 
takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas‘uliyatini oshirish to‘g‘risida‖ PQ-843-son 
qarori. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar to‘plami, 2008 y, 18-son, 145-modda. 


 
26 
 
Prezidentimizning ushbu qaroridan so‘ng baholash faoliyatini tartibga solish 
va  uni  nazorat  qilishga  qat‘iy  e‘tibor  berildi.  Bir  qator  me‘yoriy  hujjatlarga 
o‗zgartirishlar  kiritildi.  Jumladan,  O‗zbekitson  Respublikasining  ―Baholash 
faoliyati  to‘g‘risida‖gi  Qonuniga,  Vazirlar  Mahkamasining  ―Baholash  faoliyatini 
litsenziyalash to‘g‘risida‖gi qarori va uning nizomiga va boshqa bu sohaga mas‘ul 
bo‘lgan (Davlat mulk qo‘mitasi, Moliya vazirligi va boshqa) organlar qarorlari va 
me‘yoriy hujjatlariga o‗zgartirishlar kiritildi.  
O‗zbekistonda  baholash  faoliyatining  muvaffaqiyatli  amalga  oshirilishi 
uchun  faoliyatning  ushbu  turini  litsenziyalash  mexanizmi  yaratildi.  O‗zbekiston 
Respublikasining  «Faoliyatning  ayrim  turlarini  litsenziyalash  to‘g‘risida»gi 
Qonunning  5-moddasi  va  «Baholash  faoliyati  to‘g‘risida»gi  Qonunga  muvofiq 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 8 maydagi 210-sonli 
«Baholash  faoliyatini  litsenziyalash  to‘g‘risida»gi  qarori  bilan  «Baholash 
faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom» tasdiqlandi  
Xususan,  O‗zbekiston  Reslublikasining  Fuqarolik  kodeksi,  boshqa    
qonunchilik  va  me‘yoriy  hujjatlar,  shu  jumladan  xususiylashtirish,  bankrotlik, 
garov,  ipoteka,  ishonchli  boshqaruvga  doir  qonunchilik    va  me‘yoriy  hujjatlar 
shular jumlasidandir. 
Baholash faoliyatini qat‘iy belgilangan tartib asosida olib borilishi baholash 
faoliyati sifatining asosiy me‘zoni hisoblanadi. Bunda mulkni baholashning milliy 
standartlari  muhim  rol  o‘ynaydi.  O‗zbekiston  Respublikasining  Davlat  mulkini 
boshqarish  davlat  qo‘mitasi  tomonidan  qabul  qilingan  qarorlar  asosida  mulkni 
baholash  Milliy  standartlari  ishlab  chiqilgan  bo‘lib  bu  standartlar  bugungi  kunda 
baholovchilar tomonidan amal qilib kelinmoqda. Jumaladan 1-MBMS ―Baholashni 
umumiy  tushuncha  va  prinsiplari‖  (2006  yil  14  iyun),  2-MBMS  ―Bozor  qiymati 
baholash  bazasi  sifatida‖  (2006  yil  14  iyun),  3-MBMS  ―Bozor  qiymatidan 
farqlanuvchi baholash bazasi‖ (2006 yil 14 iyun), 4-MBMS ―Moliyaviy hisobot va 
turdosh hujjatlar maqsadida baholash‖ (2006 yil 14 iyun), 5-MBMS ―Ssuda, garov 
va qarz majburiyatlarini ta‘minlash uchun baholash‖ (2006 yil 14 iyun), 6-MBMS 
―Harbiy-texnik mulkni baholash‖(2008 yil 5 fevral), 7-MBMS ―Baholovchilar ishi 


 
27 
 
sifatini  nazorat  qilishning  ichki  qoidalariga  qo‘yiladigan  umumiy  talablar‖  (2008 
yil 5 sentyabr), 8-MBMS ―Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash‖ 
(2009 yil 6 oktyabr), 9-MBMS ―Biznes qiymatini baholash‖  (2009 yil 6 oktyabr), 
10-MBMS ―Ko‘chmas mulk qiymatini baholash‖. Bu milliy standartlarga baholash 
jarayonida  amal  qilishda  baholovchilar  tomonidan  yaxshi  o‘rganib  o‗zlashtirgan 
bo‘lishlari kerak. 
9-MBMS ―Biznes qiymatini baholash‖ quyidagi boblarni o‘z ichiga oladi: 
I bob. Umumiy qoidalar. Bu bob biznes qiymatini baholashga doir atamalar 
va tushunchalarni qamrab olgan. 
II  bob.  Qo‘llanish  sohasi.  Quyidagilar  9-son  MBMS  qoidalari  tatbiq 
etiladigan baholash obyektlari hisoblanadi: 
- biznes (korxona); 
- biznesdagi mulk ulushlari. 
Baholash  obyektining  bozor  qiymatini  aniqlashga  qaratilgan  biznesni  yoki 
undagi ulushni baholashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:  
- ishlab turgan korxona yoki korxonadagi mulk ulushi bilan oldi-sotdi qilish; 
- boshqaruv qarorlari qabul qilish; 
-  qayta  tashkil  etish  (qo‘shib  yuborish,  birlashtirish,  bo‘lish,  ajratib 
chiqarish); 
- korxona o‗z aksiyalarini qaytarib sotib olishi; 
- boshqa tashkilotning ustav fondiga aksiyalar paketini kiritish. 
Normativ hujjatlar yoki baholashga oid vazifada bozor qiymatini aniqlashga 
qaratilgan baholashning boshqa maqsadlari belgilanishi ham mumkin.  
III bob. Buxgalteriya hisobi standartlari bilan aloqadorlik. Biznes qiymatini 
aniqlashda  buxgalteriya  hisobi va  moliyaviy  hisobot  ma‘lumotlari  asosiy  axborot 
manbai  hisoblanadi  va  baholash  taomillari,  yondashuvlari  va  usullarini  tanlashga, 
shuningdek yakuniy qiymat haqidagi xulosaga jiddiy ta‘sir ko‘rsatishga qodir.  
Buxgalteriya hisobi milliy standartlari va mulkni baholash milliy standartlari 
ko‘zlaydigan maqsadlardagi tushunchalar apparatida, qiymatni aniqlash va aktivlar 
hisobini yuritishning turli xil usullarida ifodalanadigan farqlar buxgalteriya hisobi 


 
28 
 
va  moliyaviy  hisobot  ma‘lumotlariga  ulardan  kelgusida  biznes  qiymatini 
aniqlashda foydalanish uchun tuzatishlar kiritish zaruriyatini belgilaydi.  
Baholovchi  buxgalteriya  hisobi  atamalaridan  foydalanganda,  ularning 
mazmunini baholash to‘g‘risidagi hisobotda yoritib berishi lozim.  
IV bob. Standart talablari. Quyidagi talablarga ajratiladi: 
1.  Baholash  haqidagi  vazifani  belgilash.    Baholash  haqidagi  vazifa 
buyurtmachi  tomonidan  baholovchi  tashkilot  bilan  hamkorlikda  tuziladi  va 
baholash 
obyektini 
baholash  to‘g‘risidagi  shartnomaga  ilova  sifatida 
rasmiylashtiriladi. Baholashga oid vazifani belgilashda baholovchi baholash sanasi 
baholash  maqsadlaridan  kelib  chiqib  belgilanishini  hisobga  olishi  lozim. 
Baholovchi  faqat  baholash  sanasida  mavjud  bo‘lgan  holatlarni  va  baholash 
sanasiga qadar yuz bergan voqealarni e‘tiborga olishi kerak. Biznesni baholashda 
baholash  sanasi,  qoida  tariqasida,  baholash  o‘tkazilishini  belgilagan  voqea  yuz 
bergunga  qadar  tuzilgan  so‘nggi  moliyaviy  hisobot  sanasi  bilan  mos  keladi. 
Baholash  sanasi  (moliyaviy  hisobot  tuzilgan  sana  bilan  mos  kelmaydigan)  oraliq 
sanaga belgilanishi ham mumkin.  
Baholash obyektiga nisbatan uchinchi shaxslarning hujjat bilan tasdiqlangan 
mulkiy  huquqlari,  mazkur  obyektdan  foydalanishda  cheklashlar  va  unga  doir 
majburiyatlar  bo‘lmagan  holda,  uning  qiymatini  baholovchi,  agar  baholashga  oid 
vazifada  o‘zgacha  tartib  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa,  ko‘rsatilgan  huquqlar, 
cheklashlar  va  majburiyatlar  yo‘qligi  haqidagi  farazdan  kelib  chiqib  aniqlaydi. 
Baholash obyektining bozor qiymatini aniqlashga qaratilgan biznesni yoki undagi 
ulushni baholashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:  
- ishlab turgan korxona yoki korxonadagi mulk ulushi bilan oldi-sotdi qilish; 
- boshqaruv qarorlari qabul qilish; 
-  qayta  tashkil  etish  (qo‘shib  yuborish,  birlashtirish,  bo‘lish,  ajratib 
chiqarish); 
- korxona o‘z aksiyalarini qaytarib sotib olishi; 
- boshqa tashkilotning ustav fondiga aksiyalar paketini kiritish. 


 
29 
 
Normativ hujjatlar yoki baholashga oid vazifada bozor qiymatini aniqlashga 
qaratilgan baholashning boshqa maqsadlari belgilanishi ham mumkin.  
2.  Axborot  yig‘ish  va  uni  tahlil  qilish.  Baholovchi  baholash  yondashuvlari 
va  usullarini  asosli  ravishda  tanlash  va  qo‘llash  uchun  zarur  va  yetarli  bo‘lgan 
hajmda  baholash  obyekti  haqida  axborot  va  bozor  haqida  axborotni  yig‘ish  va 
tahlil  qilishni  amalga  oshiradi.  Baholovchi  yig‘ilgan  baholanayotgan  korxona 
haqidagi axborot asosida: 
- korxonaning rivojlanish tendensiyalarini aniqlaydi; 
- daromadlarni prognoz qiladi; 
-  baholanayotgan  biznesga  xos  bo‘lgan  nomuntazam  tavakkalchilik 
omillarini aniqlaydi. 
Baholovchi  makroiqtisodiy  axborotni  tahlil  qilish  chog‘ida  o‘rganishi  va 
baholash  to‘g‘risidagi  hisobotda  keltirishi  lozim  bo‘lgan  asosiy  ko‘rsatkichlarga 
quyidagilar kiradi:  
- iqtisodiy o‘sish (yalpi ichki mahsulotning o‘sish) sur‘atlari; 
- sanoat ishlab chiqarishi hajmi; 
- inflyatsiya darajasi; 
- milliy valyutaning ayirboshlash kursi; 
- foiz miqdorilari darajasi; 
- fond bozori ko‘rsatkichlari; 
- soliq solish strukturasi.  
Baholash obyektining xususiyati va baholash maqsadlariga qarab baholovchi 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning mazkur ro‘yxatini kengaytirishi mumkin.  
Baholash yondashuvlari va usullarini tanlash, asoslash va qo‘llash. Baholash 
obyektini baholashni amalga oshirishda baholovchi baholashning daromad haqida, 
qiyosiy va xarajat haqida yondashuvlaridan foydalanishi (yoki foydalanishdan voz 
kechish sabablarini asoslashi) lozim.  
Har  bir  baholash  yondashuvi  doirasida  belgilangan  usullarni  tanlashni 
baholovchi  baholash  maqsadi,  baholash  obyektining  xususiyati  va  rivojlanish 
imkoniyatlari, cheklovchi shartlar, axborot bazasi mavjudligi va uning to‘liqligini 


 
30 
 
hisobga  olib  mustaqil  amalga  oshiradi.  Qo‘llanilgan  yondashuvlar  doirasida 
olingan  natijalarni  muvofiqlashtirish  va  baholash  obyektining  yakuniy  qiymatini 
aniqlash.  Baholash  obyektining  yakuniy  qiymatini  aniqlash  uchun  baholovchi 
qo‘llanilgan yondashuvlar doirasida olingan natijalarni muvofiqlashtirishni amalga 
oshiradi.  
Turli  xil  yondashuvlar  bilan  olingan  baholash  natijalari  o‘rtasida  jiddiy 
tafovut mavjud bo‘lsa, baholovchi olingan tafovut sabablarining tahlilini baholash 
to‘g‘risidagi hisobotda keltirishi lozim. Baholash natijasining yuqori chegarasidan 
30  foizdan  ortiq  qiymatga  ega  bo‘lgan  tafovut  jiddiy  tafovut  deb  hisoblanishi 
lozim.  Muvofiqlashtirish,  qoida  tariqasida,  turli  baholash  yondashuvlari  bilan 
olingan  baholash  natijalari  uchun solishtirma  o‘lchovlarni  aniqlash  orqali  amalga 
oshiriladi, bunda baholovchi: 
- baholash maqsadini va baholash natijalaridan foydalanish mo‘ljalini; 
- baholanayotgan biznes va uning aktivlari xususiyatini;  
- qiymat turini; 
-  baholash  yondashuvlarini  qo‘llashda  foydalanilgan  axborot  hajmi  va 
sifatini; 
- mulk ulushi baholangan holda - qo‘shimcha tarzda bu ulush hajmi, nazorat 
darajasi va likvidlikni hisobga olishi lozim. 
Muvofiqlashtirish usuli va solishtirma o‘lchovlarning tanlanishi, shuningdek 
bunda  baholovchining  barcha  mulohazalari  va  farazlari  baholash  to‘g‘risidagi 
hisobotda  asoslanishi  lozim.  Baholash  obyektining  yakuniy  qiymati  pul  hisobida 
yagona kattalik sifatida ifodalanishi lozim.  
 Baholash  to‘g‘risidagi  hisobotni  tuzish.  Baholash  natijalari  baholash 
faoliyati  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  tuzilgan  va  baholovchi 
tashkilotning  baholash  obyekti  qiymati  xususidagi  yig‘ilgan  axborot  va 
hisoblashlar  asosida  tasdiqlangan  professional  mulohazasini  o‘z  ichiga  olgan 
baholash to‘g‘risidagi hisobot sifatida rasmiylashtirilishi lozim.  
Hisobot  baholash  milliy  standartlari  talablariga  muvofiqlik  haqidagi 
bayonotni va ulardan har qanday chetga chiqish haqidagi ma‘lumotlarni o‘z ichiga 


 
31 
 
olishi  lozim.  Baholash  to‘g‘risidagi  hisobotni  tuzishda  quyidagi  qoidalarga  rioya 
etish lozim: 
-  baholash  obyekti  qiymatini  aniqlash  uchun  yetarli  bo‘lgan  barcha  ochiq 
axborot hisobotda bayon etilishi lozim; 
-  baholash  to‘g‘risidagi  hisobotning  mazmuni  mazkur  hisobotdan 
foydalanuvchilarni chalg‘itmasligi, shuningdek har xil talqinlarga yo‘l qo‘ymasligi 
kerak; 
-  baholash  to‘g‘risidagi  hisobotda  ifodalangan  materiallar  tarkibi  va  ketma-
ketligi,  baholash  jarayoni  tavsifi,  hisoblashlar  va  ularga  izohlar  baholash 
to‘g‘risidagi  hisobotdan  foydalanuvchiga  qiymatni  hisoblashni  amalga  oshirish 
imkoniyatini berishi va uni ayni shu natijalarga keltirishi lozim; 
-  baholash  jarayonida  oraliq  va  yakuniy  natijalarni  aniqlashda 
foydalanilmagan  axborot,  agar  u  baholash  faoliyati  to‘g‘risidagi  qonun 
hujjatlarining  talablariga  binoan  majburiy  bo‘lmasa,  baholash  to‘g‘risidagi 
hisobotda keltirilishi mumkin emas. 
V  bob.  Fikr-mulohazalar.  Biznesda  mulk  ulushlari  qiymatini  aniqlashda 
quyidagi qoidalarni hisobga olish lozim: 
  biznesda  mulk  ulushlari  nazoratli  yoki  nazoratsiz  xususiyatga  ega 
bo‘lishi mumkin; 
  baholanayotgan  mulk  ulushining  nazorat  huquqini  aks  ettirish  uchun 
nazorat  darajasini,  mulkni  taqsimlash  samarasini,  mulkdorlar  ittifoqini  tuzish 
imkoniyatini, ovoz berish tartibini, dividendlar to‘lash bilan bog‘liq cheklashlarni, 
korxonaning  moliyaviy  ahvolini  hisobga  oluvchi  turli  xil  mukofotlar  va 
chegirmalar qo‘llaniladi;  
  kiritiladigan  chegirmalar  yoki  mukofotlar  hajmi  baholash  usullari 
bilan ham, korxona tipi (ochiq, yopiq) bilan ham belgilanadi.  
Xarajat  va  daromad  yondashuvlarning  usullari  bilan  hamda  qiyosiy 
yondashuvning tarmoqlar o‘zaro nisbati usuli bilan quyidagilar aniqlanadi: 
- mulkning mutlaq nazorat huquqiga ega bo‘lgan (75 foizdan ortiq) nazoratli 
ulushi qiymati, korxona xususiy kapitali qiymatining mutanosib qismi sifatida; 


 
32 
 
- mulkning mutlaq nazorat huquqiga ega bo‘lmagan nazoratli ulushi qiymati, 
nazorat  ayrim  elementlari  yo‘qligiga  skidka  chegirib  tashlangan  korxona  xususiy 
kapitali qiymatining mutanosib qismi sifatida; 
-  mulkning  nazoratsiz  ulushi  qiymati,  nazorat  yo‘qligiga  skidka  chegirib 
tashlangan korxona xususiy kapitali qiymatining mutanosib qismi sifatida. 
Qiyosiy yondashuvning bilimlar usuli bilan quyidagilar aniqlanadi: 
1)  mulkning  nazoratli  ulushi  qiymati.  Mulkning  baholanayotgan  ulushi 
hajmi  analoglardan  farq  qilgan  taqdirda,  olingan  qiymatga  nazorat  ayrim 
elementlari mavjudligi yoki yo‘qligiga mukofotlar yoki chegirmalar qo‘llanadi; 
2)  mulkning  nazoratsiz  ulushi  qiymati,  bunda  olingan  qiymatga  nazorat 
yo‘qligiga skidka qo‘llanadi.  
 Qiyosiy yondashuvning kapitallar bozori usuli bilan quyidagilar aniqlanadi: 
-  mulkning  nazoratli  ulushi  qiymati,  bunda  olingan  qiymatga  nazorat 
mavjudligiga mukofot qo‘llanadi; 
- mulkning nazoratsiz ulushi qiymati. 
Mulkiy majmua sifatidagi korxona yoki uning bir qismi qiymatini baholash 
faqat xarajat haqida yondashuv usullari bilan amalga oshiriladi. 
VI bob. Axborotni oshkor etishga qo‘yiladigan talablar. Baholash jarayonida 
qo‘llanilgan barcha axborot oshkor etilishi lozim, mahfiy xususiyatga ega bo‘lgan 
axborot  bundan  mustasno.  Mahfiy  axborotni  baholovchi  faqat  buyurtmachi  va 
(yoki) mazkur axborotni taqdim etgan shaxslar bilan kelishgan holda yoki sudning 
tegishli  qaroriga  binoan  oshkor  etadi.  Foydalanilayotgan  axborotning  mahfiylik 
darajasi  buyurtmachi  va  (yoki)  mazkur  axborotni  taqdim  etuvchi  yoki  unga 
bevosita aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidan belgilanadi. 
VII  bob.  Standartdan  chetga  chiqish  shartlari.  9-son  MBMSning  baholash 
jarayoni  va  olingan  natijani  bayon  etish,  baholashga  va  yakuniy  qiymat  haqidagi 
xulosaga daxldor bo‘lgan har qanday farazlar va cheklovchi shartlarni oshkor etish 
bilan bog‘liq talablaridan biron-bir tarzda chetga chiqilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Baholash  talablari  mazkur  standart  talablaridan  farq  qiladigan  normativ 
hujjatga  muvofiq  amalga  oshirilgan  taqdirda,  baholovchi  mazkur  farqlarni, 


 
33 
 
aniqlanayotgan  qiymat  turini  tanlashga  ularning  ta‘sirini  aniqlashi  va  olingan 
natijani qo‘llashga cheklashlar belgilashi lozim. 
Ilova.  9-son  MBMS  "Biznes  qiymatini  baholash"ni  qo‘llash  bo‘yicha 
uslubiy ko‘rsatmalar. ―Ilovalar‖ bo‘limi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
- baholash jarayonida foydalaniladigan hujjatlar (yoki ularning nusxalari)ni; 
- baholash obyektining fotosuratlarini (zarur holda); 
-  baholash  faoliyati  bilan  shug‘ullanish  huquqini  beradigan  litsenziya 
nusxasini; 
-  baholash  to‘g‘risidagi  hisobotni  tayyorlashda  ishtirok  etgan  baholovchilar 
malaka sertifikatlarining nusxalarini; 
-  baholovchi  tashkilotning  fuqarolik  javobgarligini  sug‘urtalash  haqidagi 
sug‘urta polisi nusxasini; 
- boshqa ma‘lumotlarni.  
Baholash  to‘g‘risidagi  hisobotning  pirovard  tuzilishi  (bo‘limlar  va  kichik 
bo‘limlar  soni  va  ularning  ketma-ketligi  tartibi,  ularning  nomi)  va  hajmi 
baholovchi  tomonidan  baholash  obyektining  xususiyati,  baholash  maqsadlari, 
baholash to‘g‘risidagi hisobotning ehtimol tutilgan foydalanuvchisi hamda qonun 
hujjatlarining talablariga qarab belgilanadi. 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish