55
3 - BOB. “ALL HOME”MCHJ NING BOZOR QIYMATINI
BAHOLASH
3.1. “All Home”MCHJ ning bozor qiymatini daromadli yondashuv
asosida baholash
Baholash shartnomasi shartlariga va baholash obyektining xususiyatlariga
qarab to‘la mulkdorlik huquqini yoki ayrim mulkiy huquqlarni baholash
belgilanishi mumkin.
Daromad yondashuvi - Baholash obyekti qiymatini daromadga oid
yondashuv bilan aniqlash uchun baholovchi baholash obyektidan kutilayotgan
daromadlarni baholash sanasida qiymatning yagona miqdoriga o‗zgartirishga
asoslangan quyidagi usullardan birini qo‘llaydi:
1. Pul oqimlarini diskontlash usuli - baholash obyekti qiymati baholash
sanasida diskontlash miqdorisi bo‘yicha keltirilgan prognoz davridagi va prognoz
davridan keyingi pul oqimlarini qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi;
2. Daromadni kapitallashtirish usuli - baholash obyekti qiymati ayrim davr
mobaynida olingan daromad miqdorini shu daromadga muvofiq bo‘lgan
kapitallashtirish miqdorisiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Korxona kapitalining tuzilishiga (xususiy kapital va jalb qilingan kapitalning
o‘zaro nisbatiga) qarab, baholovchi xususiy kapitalga olingan pul oqimidan yoki
investitsiyalangan kapitalga olingan pul oqimidan foydalanadi. Bu pul oqimlari
soliq to‘lanishidan oldingi yoki soliq to‘langanidan keyingi holatga ko‘ra, nominal
yoki real summalarda hisoblanadi.
Tugaganidan so‘ng:
- yo korxona daromadining o‘zgarish sur‘atlarini barqarorlashtirish;
- yo korxonani sotish yoki tugatish mo‘ljallanayotgan davr prognoz davri
sifatida olinadi.
Xususiy kapitalga olingan pul oqimi uchun diskontlash miqdori quyidagi
usullardan biri yordamida hisoblanadi:
56
- kapital aktivlarni hisoblash usuli;
- kumulyativ tuzish usuli;
- diskontlangan pul oqimini tahlil qilish usuli.
Investitsiyalangan kapitalga olingan pul oqimiga diskontlash miqdorisini
hisoblash uchun kapitalning o‘rtacha o‘lchangan qiymati usuli qo‘llaniladi.
Baholash obyektining joriy qiymati prognoz davri pul oqimlarining joriy
qiymatlari va biznesning prognoz davri tugaganidan keyingi joriy qiymati
yig‘indisi sifatida hisoblanadi. Baholovchi quyidagi yakuniy tuzatishlarni kiritadi
(yoki kiritishdan voz kechish sabablarini asoslaydi):
- pul oqimini shakllantirishda ishga solinmagan aktivlar mavjudligiga;
- xususiy aylanma kapitalning ortiqchaligi yoki taqchilligiga;
- agar baholash obyekti mulkdagi ulush bo‘lsa, nazorat va likvidlik
darajasiga.
Daromadni kapitallashtirish usulini qo‘llaganda baholovchi:
- o‘tgan davrdagi va joriy moliyaviy hisobotni tahlil qilish va zarur holda uni
me‘yorga solishni amalga oshirishi;
- kapitallashtiriladigan daromad turi va hajmini tanlashi;
- kapitallashtirish miqdorini hisoblash;
- baholash obyektining joriy qiymatini aniqlashi;
- yakuniy tuzatishlar kiritishi lozim.
Daromadning quyidagi turlaridan biri kapitallashtiriladigan daromad sifatida
olinadi:
- sof daromad;
- soliqlar to‘langunga qadar bo‘lgan daromad;
- realizatsiyadan kelgan tushum;
- sof pul oqimi;
- dividendlar.
Daromad nominal yoki real summalarda hisoblanadi.
57
Kapitallashtirilishi lozim bo‘lgan daromad hajmi sifatida baholash sanasidan
keyingi yil uchun bo‘lg‘usi daromad hajmi olinadi va u quyidagi usullardan biri
bilan hisoblanadi:
- joriy daromadlar usuli bilan;
- daromadning oddiy o‘rtacha hajmini hisoblash usuli bilan;
- daromadning o‘rtacha o‘lchangan hajmini hisoblash usuli bilan;
- trend usuli (statistik usul) bilan.
Kapitallashtirish miqdorisi tanlangan daromad turiga muvofiq bo‘lishi lozim
va u:
a) o‘xshash obyektlar bo‘yicha bitimlar yoki takliflar haqida ma‘lumotlar
mavjud bo‘lgan holda bozor ekstraktsiyasi usuli bilan;
b) diskontlash miqdorisida daromad o‘zgarishining doimiy sur‘atini hisobga
olish yo‘li bilan hisoblanadi.
Baholash
obyektining
qiymati
daromadning
tanlangan
hajmini
kapitallashtirish miqdorisiga bo‘lish yo‘li bilan hisoblanadi. Baholovchi quyidagi
yakuniy tuzatishlarni kiritadi (yoki kiritishdan voz kechish sabablarini asoslaydi):
- daromadni shakllantirishda ishga solinmagan aktivlar mavjudligiga;
- agar baholash obyekti mulkdagi ulush bo‘lsa, nazorat va likvidlik
darajasiga.
Baholash obyektidan kutilayotgandaromadni aniqlashni quyidagi 1-ilovada
tahlil qilishimiz mumkin. Baholash obyektidan kutilayotgan daromadni aniqlashda
bir qancha ko‘rsatkichlarga taqqoslash analoglari bilan solishtirgan holda
tuzatishlar kiritildi. Asosiy tuzatish joylashgan joyi bo‘yicha amalga oshirildi.
Baholanayotgan obyekt Toshkent shahrining 5 zonasida joylashgan bo‘lsa, 1 chi
taqqoslash analogi 4 zonada joylashganligi tufayli 5% tuzatish kiritildi. Amalga
oshirilgan ko‘chmas mulk bozori tahliliga ko‘ra, ishlab chiqarish ko‘chmas
mulklarining 1 oylik o‘rtacha ijara qiymati 67760 so‘mni tashkil qilishi aniqlandi.
Quyidagi
2-ilovada
baholanayotgan ko‘chmas mulkning qiymati
kapitallashtirish miqdorining ―bozor siqimi‖ usubi orqali aniqlandi.
58
2-ilovada baholanayotgan obyektni joylashgan joyi bo‘yicha 1 m
2
ning taklif
bahosi (364 956,0 so‘m), Toshkent shahri uchun o‘rtacha 1 m
2
ning 1 yillik ijara
miqdori (65 333,3 so‘m), hamda moliyaviy koeffitsientlardan foydalanilgan holda,
baholash obyektining bozor qiymati (817 584 848,7 so‘m) aniqlandi. ―Bozor
siqimi‖ uslubi orqali aniqlangan kapitallashtirish miqdori 17,9% ni tashkil
etdi.Shunday qilib, baholash obyektining daromad yondashuvida aniqlangan bozor
qiymati 817 584 848 ,7so‘mni tashkil qildi.
POD usulida prognoz davri ikki qismga bo‘linadi, ya‘ni pul oqimlari beqaror
bo‘lgan, pul oqimlari mufassal prognoz qilinadigan prognoz davri va pul oqimlari
barqaror holatga keladigan prognoz davridan keyingi davr. Prognoz davri
muddatining davomiyligi sifatida 5 yil qabul qilindi. Hisob-kitoblar O‘zbekiston
Respublikasi so‘mida real qiymatlarda aniqlandi.
Baholash obyektining asosiy faoliyati xalq ho‘jaligi uchun plastmassadan
tayyorlanadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishdan iborat. Baholash obyektining
yalpi daromadi plastmassa mahsulotlarini sotish, asosiy faoliyatdan olinadigan
boshqa daromadlar, hamda moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar hisobiga
shakllanadi. Baholanayotgan obyektning egasi tomonidan korxona daromadlari
bo‘yicha mufassal ma‘lumot taqdim qilinmaganligi bois, baholash obyekti yalpi
daromadining prognozi yiriklashtirilgan usul orqali amalga oshirildi. Pul
oqimlarini prognoz qilish uchun quyidagi ma‘lumotlar inobatga olindi:
- mulk egasi tomonidan taqdim qilingan biznes-reja (2015-2016 yillar
uchun);
- baholash obyekti moliyaviy hisobotining 2013-2015 yillar va 2016 yil 6
oyi holatigacha retrospektiv tahlili;
- baholanayotgan korxona mansub bo‘lgan tarmoqning baholash davrigacha
6 yillik retrospektiv o‘sish sur‘atlari;
Buyurtmachi tomonidan taqdim qilingan biznes-rejaga asosan korxonaning
kelgusidagi daromadlari, xarajatlari, soliq to‘lovlari quyidagicha prognoz qilingan
(6-jadvalga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |