Yuqoridagi barcha tamoyillar kontekstida quyidagi tamoyillar ham ahamiyatli:
Baholash maqsadli vazifa hisoblanadi va qo'yilgan aniq maqsad talablariga bog’liq bo'ladi.
Hisoblash yo'li bilan aniqlangan mulk obyekti qiymatining baholash sanasi haqqoniy bo'ladi, chunki ushbu qiymat mulk bozori kon'yunkturasi, undan foydalanish ko'lami, ma'naviy eskirishi va shunga o‘xshashlarga bog’liq holda o'zgarib turishi mumkin.
Baholanayotgan mulk obyekti baholanishining boshlanishigacha va kutilayotgan foyda tahmin qilinguniga qadar mulk obyekti turi identifikatsiyalangan bo'lishi kerak.
Quyidagilar mulk obyekti qiymatini baholashning tayanch mezoni hisoblanadi: turmush davri, sotuv hajmi, baholanayotgan mulk obyektidan foydalangan holda mahsulotni ishlab chiqishga va realizatsiya qilishga ketgan harajat, pul oqimi, balans va sof foyda oqimlari, korxonaning baholanayotgan ob'ektdan foydalanish jarayonida olingan yoki olinishi mo'ljallanayotgan boshqa moliyaviy ko'rsatkichlari.
Mulk obyekti qiymati kelajakda baholanayotgan mulkdan foydalangan holda ishlab chiqilgan mahsulotni sotishdan olinadigan daromadning (foydaning) qismi sifatida hisob-kitob qilinishi kerak;
Qiymatning narx emasligini, ularning ekvivalentligini, o'zaro davriy transformatsiyalanishi va transferlanishini hisobga olish lozim.
O'zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g’risida”gi Qonunning 11-“Baholashni o'tkazishning majburiyligi” - moddasida belgilanishicha, “Baholashni o'tkazish davlatga to'la yoki qisman qarashli baholash obyektlari bitim tuzishga jalb etilgan takdirda, shu jumladan:
baholash obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, hususiylashtirnsh, ishonchli boshqaruvga toshiirish yoki ijaraga berish maksadida ularning qiymati aniqlanayotganda;
baholash ob'ektlaridan garov narsasi sifatida foydalanilayotganda;
baholash obyektlari sotilayotganda yoki o’zga shaxsga boshqacha tarzda o’tkazilayotganda;
baholash obyektlari bilan bog’liq qarz majburiyatlaridan boshqaning foydasiga voz kechilayotganda;
baholash obyektlari yuridik shahslarniig ustav fondlariga ulush tariqasida berilayotganda majburiydir.
Baholashni o'tkazish baholash obyektining qiymati bo'yicha nizo chiqqan taqdirda ham, shu jumladan:
mol-mulk natsionalizatsiya qilinayotganda;
ipoteka krediti berilayotganda;
taraflardan birining talabiga binoan er-xotinning mol-mulki bo'linayotganda;
mol-mulk mulkdorlardan davlat ehtiyojlari uchun sotib olinayotganda yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha tarzda olib qo'yilayotganda;
soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar to‘g’ri to'lanishi ustidan nazorat o'tkazilayotganda majburiydir”.
Do'stlaringiz bilan baham: |